2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Qishloq xojaligidagi ishlar natijadorligi muhokama qilindi

 

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 mart kuni qishloq xojaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish boyicha ishlar natijadorligiga bagishlangan yigilish bolib otdi.

Videoselektor tarzida otkazilgan yigilishda Bosh vazir, uning orinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, Qoraqalpogiston Respublikasi rahbariyati, viloyatlar hokimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz qishloq xojaligi sohasida keng kolamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ekinlardan mol va sifatli hosil olish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnika va agregatlar bilan taminlashga alohida etibor qaratilmoqda.

Yigilishda yuqori hosildorlikka erishishda agrotexnik tadbirlarni oz vaqtida va sifatli otkazish muhimligi qayd etildi. Oz vaqtida mineral ogit bergan va sugorgan fermerlarning dalalarida gallaning holati qoniqarli bolib, baravj rivojlanmoqda.

Shunga qaramay, mamlakatimiz boyicha bir necha ming gektar maydonda galla yetishishi kechikmoqda. Jumladan, Toshkent, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlaridagi ayrim galla maydonlarida shunday holatlar mavjud.

Buning asosiy sababi viloyat va tumanlardagi rahbarlar va irrigatsiya tizimi xodimlari suvdan samarali foydalanish ishlarini togri tashkil etmagan. Oqibatda gallaga ajratilgan suvning katta qismi boshqa ekinlarni sugorishga sarflanmoqda. Joylardagi hokimlar va irrigatsiya tizimi rahbarlariga suvdan samarali foydalanish, ekin maydonlarini oz vaqtida sugorish boyicha ishlarini togri tashkil etish topshirildi.

Majlisda gallani bargidan oziqlantirish, yani suspenziya sepish, galla maydonlariga mahalliy ogit solishda belgilangan meyorlarga amal qilish hosildorlikning oshishida muhim rol oynashi qayd etildi. Bu muhim agrotexnik tadbir mineral ogitlar samaradorligini 6-8 barobar oshiradi va osimlikning suvga bolgan talabini 20-25 foizgacha kamaytirish imkonini beradi.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari galla maydonlariga himoya vositalari, jumladan, fungitsid va gerbitsid aralashmasi sepishni 30 martgacha toliq yakunlash, galla maydonlariga mart oyida yana bir marta va aprel oyida kamida ikki marta suspenziya sepishni qatiy nazoratga olish vazifasi yuklandi.

Yigilishda galla orim-yigimiga tayyorgarlik masalasi ham muhokama qilindi. Mavsumga tayyorgarlik yuzasidan texnika vositalari sozligini taminlash, mavjud kombaynlarni texnik korikdan otkazish kozda tutilgan. Bu boradagi mavjud kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish boyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yigilishda chigit ekishni sifatli otkazish va toliq kochat olish masalasi ham muhokama qilindi.

Takidlanganidek, joriy yilda 1 million 71 ming gektardan ortiq maydonga chigit ekish belgilangan. Bu 2017 yilga nisbatan 135 ming, 2016 yilga nisbatan esa 184 ming gektar kamdir. Kam hosil beradigan paxta maydonlarini qisqartirish hisobiga xaridorgir sabzavot va poliz ekinlari ekish belgilandi.

Chigit ekish mavsumini qisqa muddatda otkazish, toliq va soglom kochat undirib olish uchun hududlarda jami 3 ming 432 ta yer tayyorlash va chigit ekish otryadi tashkil qilingan. Joriy yilda yogingarchilik nisbatan kam bolayotgani sababli chigitni tuproqning tabiiy namiga undirib olish kerak. Buning evaziga 1 milliard metr kub suv tejaladi. Bugun Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida tuproqda yetarli harorat bolib, chigit ekish uchun juda qulay va optimal sharoit yuzaga kelgan.

Lekin bugungacha Surxondaryoda bor-yogi 8 ming gektar yoki 11 foiz, Qashqadaryoda esa 5 ming gektar yoki 3,5 foiz maydonga chigit ekilgan. Kunlik ekish surati ham 1 foiz atrofida bolmoqda. Vaholanki, ushbu hududlarda chigit ekishning kechikib ketishi gozaning hosil toplash davri aynan issiq kunlarga togri kelib, hosilning katta qismini garmselga yoki hasharotga oldirib qoyishga sabab bolishi barchaga malum.

Eng asosiysi, qishloq xojaligida barcha muammolarni birma-bir yechib, bir tonna paxtaning ortacha narxini 3 million 250 ming som (OR MB kursi 24.02.2018 da, 1$= 8118.07 som) qilib belgilab qoydik. Endi har yilgi chigit ekishga mablag yetmayapti, yoqilgi yoq degan bahonaga orin qolmadi, ajratilayotgan mablaglar barcha tadbirlar uchun yetadi, dedi davlatimiz rahbari.

Paxta va galla yetishtirishni moliyalashtirish masalasi ham diqqat markazida boldi. Mavsum davomida fermerlarga ozgarmas va cheklangan narxda mineral ogit va yoqilgi-moylash mahsulotlari yetkazib berish zarurligi takidlandi. Yaqinda qabul qilgan qarorga muvofiq paxta-gallaning xarid narxini xarajatlarni qoplaydigan va foydani taminlaydigan qilib belgilab berildi. Shuningdek, joriy yil paxta hosili uchun ajratiladigan imtiyozli kredit 6 trillion somni tashkil etib, bu otgan yilga nisbatan 3 barobarga kopdir. Eng asosiysi, fermerlarga beriladigan imtiyozli kreditlarda mineral ogit va yoqilgi-moylash mahsulotlari uchun xarajatlarni 100 foiz qoplaydigan miqdorda mablaglar kozda tutilgan.

Ilgari imtiyozli kredit aniq yonalish boyicha ajratilib, fermer oz pulini mustaqil sarflay olmasdi. Endi esa kreditlarni taqsimlash fermerlarning buyurtmalari asosida tuman darajasida hal qilinadi, dedi Prezident. Fermerga faqat zarar olib keladigan, hosildorligi 15 sentnerdan past bolgan yerlarga paxta ekishdan mutlaqo voz kechdik. Endilikda bunday maydonlarga yuqori daromadli eksportbop ekinlar ekiladi.

Yigilishda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etishga ham alohida etibor qaratildi. Ozbekiston Fermerlar kengashi faoliyati talabga javob bermagani uchun tugatilib, uning orniga Ozbekiston fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tashkil etildi. Kengashning aholi va dehqon xojaliklariga tegishli unumdor tomorqa yerlaridan foydalanishni tashkil etish boyicha ishlari mutlaqo talabga javob bermasligi takidlandi. Mahalliy hokimliklar ham bu sohaga yetarli etibor qaratmayotgani korsatib otildi.

Yaqinda Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida tomorqa yer maydonlaridan foydalanish holati organilgani qayd etildi. Ushbu viloyatlarning bazi tumanlarida tomorqa yerlaridan samarali foydalanilmayotgani aniqlangan. Aksariyat aholining 8-10 sotix tomorqa yeri bolsada, hech narsa ekmagan.

Davlatimiz rahbari kichik tomorqadan mol hosil olib, oilasini boqayotgan, katta daromad topayotgan mehnatsevar odamlarni ornak qilib korsatdi.

Chop suqsang, kokaradigan yerimiz bor, mehnatsevar xalqimiz bor. Lekin tomorqa yerlaridan shunday katta rezervdan foydalanmayapmiz. Shuning uchun bugundan boshlab Tomorqaga ekin ekish oyligini elon qilib, har bir tomorqaga ekin ekishni tashkil etish kerak. Agar hozir ekmasak, keyin kech boladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu borada aholiga komaklashish maqsadida barcha tumanlarda Tomorqa xizmati korxonalarini tashkil etish, ular orqali tomorqalar uchun kochat, mineral ogit, kimyoviy preparatlar yetkazib berish, mexanizatsiya va boshqa servis xizmatlari korsatish boyicha tizim yaratish yuzasidan topshiriq berildi. Shu xizmatlar yetishtirilgan hosilni xarid qilish, qayta ishlash, saqlash va eksport qilish bilan ham shugullanadi.

Yigilishda meva-sabzavot, kartoshka, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirish bilan bogliq ishlar ham muhokama qilindi. Joriy yilda 2017 yilga nisbatan 24 foiz kop mahsulot yetishtirish rejalashtirilgani qayd etildi.

Ushbu rejadagi meva-sabzavotlarni sifatli yetishtirish, xalq istemoli uchun gamlash, belgilangan qismini eksport qilishni taminlash boyicha korsatmalar berildi.

Yigilishda yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni oz vaqtida bartaraf etish, barcha turdagi ekanlardan mol-kol hosil olish yuzasidan mutasaddilarga tegishli korsatma va topshiriqlar berildi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018