2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston: Ezgulik nuri yogilgan marifat yurti

 

   

Ozbekiston butun islom olami uchun muhaddislar, olimu ulamolar yetishtirib bergan muqaddas yurt sifatida dunyoda shuhrat qozongan. Islom dini garchi Arabistonda qaror topgan bolsa-da, u ozbek zaminidan quvvat olganini dunyo musulmonlari yakdil etirof etishadi. Qadimdan Samarqandu Buxoro shaharlaridagi madrasalarda diniy hamda dunyoviy fanlardan birdek saboq berilgani bois bu yerga kelib oqishni islom olami yoshlari orzu qilishgan. Toshkent, Termiz, Nasaf kabi shaharlarda ham ilm-fan, manaviyat va marifat, adabiyot, sanat ilohiyotshunoslikka yogrilgan holda gurkurab rivojlangani haqida tarixiy malumotlar guvohlik beradi.

Malum bir vaqtlar oraligida etiqodu imon sinovdan otib turishi rad etib bolmas haqiqat ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Islom dini sobiq shoro rasmiylarining tazyiqlariga uchrab, ayrim din peshvolarining ateizm degan fan bilan shugullana boshlaganlari ham bor gap. Oshanday murakkab paytlarda ham Ozbekistonda, xususan, Buxoro, Toshkent shaharlarida ozbek ulamolari bir qator diniy maktablarni saqlab qolishga erisha olgan edilar. Sozimning isboti sifatida istibdod ayni kuch olgan davrlarda Buxorodagi Mir Arab, Toshkentdagi Baroqxon madrasalari hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti faoliyat olib borganini aytishim mumkin. Mavjud hokimiyatning qarshiligi, turli tazyiqu nazoratlar ostida bu dargohlarda osha davrlarda ham tolibu ilmlarga islom dinining asosiy aqoidu arkonlari haqida chuqur bilimlar berishga erishilar edi.

Jumladan, Imom Termiziy va Imom Buxoriyning hadis toplamlari, Abu Muin Nasafiyning aqida ilmiga oid Aqoid an-Nasafiy, Abu Barokot Nasafiyning Quron tafsiri ilmiga oid Madorik at-tanzil va haqoiq at-tavil (Tafsir an-Nasafiy), Nizomiddin Shoshiyning fiqh ilmiga oid Usul ash-Shoshiy kabi nodir manbalarining asl matnlari mazmun-mohiyati haqidagi saboqlarni men ham Toshkentda, 1971 yilda muhaddislar sultoni Imom Buxoriy hazratlarining 1225 yillik tavalludi munosabati bilan tashkil etilib, 1974 yildan buyon Imom Buxoriy nomi berilgan Toshkent islom oliy oquv yurtida olganman. Sobiq ittifoqdagi yagona bu oliy dargohda Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon, Sibir hamda boshqa joylardan ham talabalar kelib oqishardi. Chuqur ilohiy bilimlarga ega ozbek ulamolari bu yerda bizga Quroni karim qiroati va tafsiri, fiqh, hadis ilmi, balogat ilmi, arab tili hamda shu kabi mutaxassislik fanlarini zor ishtiyoq bilan orgatishardi.

Mening shayxulislom bolib yetishishimda ozbek xalqining, ateizm hukm surgan osha murakkab davrda ham menda yuksak manaviyat, bagrikenglik, bosiqlik, ahillik kabi fazilatlarni tarbiyalagan ozbek zaminining katta hissasi bor. Aynan shu yerda biz, shoro davri musulmonlari insoniyatga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik keltiruvchi chinakam islom ruhi bilan kamol topdik. Ozbekistonning islom tamadduniga qoshgan hissasi xususida soz ketar ekan, biz muhtaram ozbek ustozlariga hurmat korsatishni muqaddas burchimiz, deb hisoblaymiz. Men ozimni muftiy Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon, Yusufxon Shokirov, Abdulgani Abdullayev, Maxtum Sattiyevning shogirdi, deb bilishdan faxrlanaman. Ularni Alloh rahmatiga olgan bolsin.

Shu sababli bolsa kerak, bu muqaddas dargohda saboq olgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Usmonxon Alimov (Ozbekiston), Ahmad Qodirov (Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasi), Talat Sofi Tojiddin, Ravil Gaynutdin (Rossiya), Ismoil Berdiyev (Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkes Respublikasi) singari ulamolar, siyosatchilar dinu diyonat masalalariga etibor berila boshlangan paytlarda turli respublikalarda islom dinining qaddini yana tiklash yolida jonbozlik korsatdilar. Xalqlarni imon-etiqod, manaviyat-marifat, odob-axloqqa davat etuvchi kitoblar yozib, Quroni karim, hadisi sharifni tarjima qilish hamda tafsirlash bilan mashgul boldilar. Shu bois ularning ayrimlari hozir hayot bolmasalar ham, amalga oshirgan ezgu va savobli ishlari bilan zamondoshlari xotirasida mangu qoldilar.

Turkiy xalqlarning faxri bolgan qirgiz adibi Chingiz Aytmatov bir paytlar ozbek xalqining Markaziy Osiyoga tasirini qadim Vizantiyaning Yevropaga tasiriga tenglashtirgan edi.

Islom diniga munosabat masalasida ham ozbek xalqi turli murakkab davrlarda imon-etiqodini, dinu diyonatini pok saqlab qolib, zamonaviy dunyoda islom madaniyatini targib etishda jonbozlik korsatdi, deb ishonch bilan ayta olaman.

Ozbekiston mustaqillikni qolga kiritgach, tez orada xalqning azaliy qadriyatlari qayta yuz ochdi. Muqaddas kitobimiz Quroni karim osha yillardayoq Alouddin Mansur tarjimasida ozbek tilida chop etildi. Fiqhga oid Muxtasar, Hadis kitoblari, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marginoniy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Mahmud Zamahshariy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk zotlarning boy merosi xalq ongidan qaytadan joy olishi bu zaminga ilohiy nurlarini yogdirdi. Otmishdagi yuksak manaviy-marifiy nufuzini bugungi kunda qayta tiklagan Ozbekistonda islom diniga munosabat masalasida uzoq sozlash mumkin bolsa-da, ularning ayrimlariga toxtalib otishni joiz topdim.

Bu yerda islom ulamolari, avliyo-anbiyolarning qisqa fursat ichida obod qilingan maqbaralari aholi uchun ziyoratgoh, yoshlar uchun tarbiya maktabi, chet ellik sayyohlar uchun osoriatiqa sifatida yanayam qadrli bolib bormoqda. Tevarak-atrofi bog-roglar bilan qurshalib, zamonaviy mehmonxonalar, oshxonalar barpo etilgan mazkur muqaddas qadamjolar Ozbekistonda nafaqat sayyohlik sohasining yanada rivojlanishiga, balki islom madaniyati targibotiga xizmat qiladi.

Ozbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining Nyu-York shahrida bolib otgan 72-sessiyasida sozlagan nutqida islom dinining dunyo miqyosidagi orniga yuksak baho berdi hamda Marifat va diniy bagrikenglik deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusini kotarib chiqdi. Takidlash orinliki, Ozbekistonda mazkur yonalishda aniq maqsadga yonaltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi. Ozbekiston tomonidan ilgari surilgan, ilmning hamma uchun ochiqligini taminlash, din masalasidagi jaholatga barham berishni kozda tutuvchi Jaholatga qarshi marifat prinsipial yondashuvi ornak olsa arzigulik.

Diniy va manaviy merosni saqlash, mavjud fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun mahalliy hamda xorijiy tadqiqotchilarga zarur sharoitlar yaratish, tarixiy-madaniy meros namunalarini har tomonlama organish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorni qabul qildi. Endilikda Ozbekistonda qadimgi qolyozmalar, litografiya kitoblari, tarixiy hujjatlar, ilmiy va diniy maktablarga oid qadimgi merosni organish yanada samarali yolga qoyiladi.

Shu orinda bir muhim jihatga etibor qaratish lozim. Bugungi kunda dunyoda yechimi murakkab tuyulgan fojialarning hal etilishi aslida u qadar qiyin emas, aksariyatining javobi qadimiy qolyozmalar sahifalarida mujassam. Ularni sinchiklab oqib-organish, taqqoslash, xulosalar chiqarish kopgina chigal masalalarning hal etilishiga olib kelishi muqarrar. Bu boradagi ishlar Ozbekistonda tizimli ravishda olib borilayotgani alohida etiborga sazovor. Chunki mazkur xayrli hamda savobli say-harakatlar islom dinining ezgulik va marifatparvarlikka yogrilgan talimotini bashariyat ongiga sofligicha yetkazishi, uning mohiyatini missionerlar, soxta siyosatchilaru xudbin faylasuflar buzib talqin etishiga yol qoymayotgani bilan ulugvor hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori mana shu uzviylikning mantiqiy davomi, desak, ayni haqiqat boladi. Bu yurtda qadimda bolgani kabi mazkur Akademiya tufayli diniy ilm-fan va talim yanada taraqqiy topadi. Shu sababli, oylaymanki, Shavkat Mirziyoyev mazkur Akademiyaning asoschisi sifatida uning birinchi akademikligiga loyiq hisoblanadi.

Buxoro shahri Orta asrlardayoq Islom olamining quvvati deb nom olgan. Osha zamonning ilgor dorilfununlari sanalgan madrasalarda tahsil korgan yoshlar keyinchalik ulug olimu fuzalolar bolib yetishishgan. Ular tafsir, fiqh va boshqa diniy ilmlar qatorida riyoziyot, handasa, jugrofiya, ilmi nujum singari dunyoviy bilimlarda ham yuksak kamolot kasb etishardi. Mirzo Ulugbek Buxoro hamda Samarqandda ozi bunyod qilgan madrasalar peshtoqlariga barcha zamonda ibrat olsa arziydigan oyatlar va hadislarni oz davrining mashhur xattotlari tomonidan yozdirib qoygani ham bejiz emas. Bu yozuvlar bugungi Ozbekiston yoshlari uchun ham ibratdir. Yuksak sanat darajasidagi ushbu yozuvlar mazmun-mohiyatining ozi islom madaniyatini dunyoga sof hamda tiniq tarzda korsata olishga arziydi.

 Otgan yili oktabr oyida Ozbekistonda Islom hamjihatligi: Ozbekiston va Ozarbayjon misolida mavzuida xalqaro konferensiya otkazildi. Ushbu tadbirni tashkil etishga komaklashganlardan behad mamnunman. Ayniqsa, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Geydar ogli Aliyevga mazkur ota muhim tadbirni otkazish tashabbusini qollab-quvvatlaganliklari, shuningdek, konferensiya qatnashchilariga yollagan tabrigidagi iliq fikrlari uchun alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu davlat rahbarlari tomonidan xalqlarimizning diniy qadriyatlariga yuksak etibor korsatilayotganidan dalolat beradi.

Shu munosabat bilan bu qutlug zaminga qadam qoyar ekanman, qalbimni cheksiz hayajon, surur egalladi. Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari delegatsiyamizni qabul qilar ekan, mazkur anjuman millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikka xizmat qilishini takidladi. Konfessiyalararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik tobora kengayib borayotgani, bugungi kunda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan xalqaro terrorizm hamda ekstremizmga qarshi kurashda islom dinining asl qadriyatlari, insonparvarlik goyalari samarali vosita ekanligini qayd etdi. Toshkentdagi muhtasham Simpoziumlar saroyida otkazilgan nufuzli tadbirda Ozbekiston, Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina, Turkiya, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Irlandiya, Germaniya va boshqa davlatlar olimlari hamda diniy konfessiyalar vakillari qatnashdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning maqsadi nechogli ezgu hamda dolzarbligini men konferensiya davomida chuqur his etdim. Bugungi kunda global jarayonlar, xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan tobora kuchayib borayotgan tahdid hamda xatarlarga qarshi say-harakatlarni birlashtirish, konfessiyalararo hamkorlik va muloqotni rivojlantirishni taqozo qilayotganini anjuman qatnashchilari ham etirof etishdi. Bu yerda muhokama qilingan millatlararo totuvlik, diniy bagrikenglik, talimni rivojlantirish, yoshlarning axloqiy tarbiyasi singari masalalar, oylaymanki, millatiyu etiqodidan qati nazar, gayriaxloqiy munosabatlar shakllanib halokat yoqasiga ketayotgan mamlakatlar uchun ham muhimdir.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Janobi Oliylarining ishtirokchilarga yollagan tabrigida islom dinining tinchlik-osoyishtalik, bagrikenglik, hamjihatlik singari jihatlariga etibor qaratildi. Ozbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Turkiya Respublikasi Diniy boshqarmasi raisi Doktor Ali Erbash, Ozarbayjon Respublikasining Diniy tashkilotlar bilan ishlash qomitasi raisi Muboriz Qurbonli, Islom hamkorlik tashkiloti qoshidagi Islom tarixi, madaniyati va sanati tashkilotining Istanbuldagi markazi (IRCICA) bosh direktori, doktor Xalit Eren, Ozarbayjon milliy akademiyasi prezidenti, akademik Akif Alizoda, Milliy Majlis deputati, Parlamentdagi ozarbayjon-ozbek dostligi guruhi rahbari Eldor Ibrohimov, Milliy Majlis deputati, Parlament qomitasi raisi Siyovush Navrozov, Qorachoy-Cherkes Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi rahbari, Shimoliy Kavkaz musulmonlarining muvofiqlashtiruvchi markazi raisi, muftiy Ismoil Berdiyev chiqishlarida ham islomning insonparvarlik roliga alohida etibor qaratildi. Men bu anjumanda sozlagan nutqimni Tinchlikni saqlashda dinning orni deb nomladim.

Ozbekistonning buyuk, qardosh hamda dost ozbek xalqini chin dildan sevib, hurmat qilgan holda, unga Alloh irodasi bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Janobi Oliylari timsolida yurtdoshlarini yuksak muvaffaqiyatlar sari yetaklashga qodir, ozbek xalqining qadimiy tarixi, manaviy merosi, milliy hamda axloqiy ananalariga sodiq, dono va uzoqni kozlovchi rahbar yuborilganidan mamnunman.

Har gal Ozbekistonda bolar ekanman, bu muqaddas yurtning gullab-yashnayotganiga guvoh bolib, ozbek xalqi hayotidagi xayrli ozgarishlarni kuzatib, mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, Shavkat Mirziyoyev Ozbekistonni yanada yuksak marralarga eltuvchi munosib rahbar. Uning boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli Ozbekistonning Markaziy Osiyodagi yetakchilik maqomini mustahkamlovchi muhim tarixiy ozgarishlar roy bermoqda. Jumladan, biz, ozarbayjonliklar Prezident Mirziyoyevning mamlakatimizga tashrifini jonajon birodarimiz, samimiy va qadrdon dostimiz hamda dono shaxs sifatida intiqlik bilan kutayapmiz. Men Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarini ozim uchun shunday kashf etdim va uni ayni sababdan dildan hurmat qilaman.

Har bir xalqning obro-etibori uning tarixi, ulug siymolarining insoniyat tamadduniga qoshgan hissasi bilan olchanadi. Shu manoda, ozbek xalqining otmishda bolgani kabi bugungi kunda ham dunyoga ezgulik va marifat taratgan islom dinini yuksak ezozlayotgani amaliy say-harakatlarda namoyon bolib turibdi. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi 2016 yil 18-19 oktabr kunlari Toshkentda Talim va marifat tinchlik va bunyodkorlik sari yol shiori ostida otkazilgani, Hazrati Imom majmuida Islom sivilizatsiyasi markazini barpo qilish boyicha olib borilayotgan ulkan amaliy ishlar fikrimizning dalilidir.

Ozbek va ozar xalqlari dost-qardoshligi azaldan ozaro turmush tarzimiz, urf-odatlarimiz oxshashligida aks etib kelmoqda. Ozbeklar Navoiyxonlik, Bedilxonlik, Mashrabxonlik qatori Fuzuliyxonlikni ham jonu dili bilan xush korishadi. Umuman, tilimiz yaqin, qardoshu qarindoshmiz, dinimiz bir bugungi kunda dunyo hamjamiyatida oz orniga ega bolib borayotgan mustaqil davlatlarning fuqarolarimiz. Qarangki, 2007 yilda Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb elon qilingan bolsa, 2017 yil Ozarbayjonda Islom birdamligi yiliga aylandi.

Ozbekiston musulmonlari idorasi bilan Kavkaz musulmonlari idorasi ortasidagi munosabatlar hamda aloqalardan mamnunmiz. Qadrdon birodarim, muftiy Usmonxon Alimov bilan birgalikda bizning qardosh xalqlarimiz ortasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda rivojlantirish uchun barcha say-harakatni ishga solamiz. Otgan yili Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boyicha qomita raisi Ortiqbek Odilovich Yusupov va muhtaram muftiy Usmonxon Alimovning Ozarbayjonga tashriflari xalqlarimiz manaviy birdamligining yuksak namunasi boldi. Bu esa hayotning barcha jabhasi, jumladan, davlat din munosabatlaridagi hamkorlikning yuqori darajasini korsatib turibdi. Oz navbatida, bu xalqlarimiz hamda davlatlarimizning yanada taraqqiy etishiga kuchli turtki beradi. Shubhasiz, davlat rahbarlari tomonidan davlat din munosabatlarini mohirona tartibga solish, ularning dindorlar ehtiyoj va orzu-umidlariga etibor qaratishi jamiyatda manaviy-axloqiy barqarorlikni taminlashda muhim jihatlardan biridir.

Allohga shukronalar bolsinki, Ozbekistonda ham, Ozarbayjonda ham aynan shunday yondashuvning guvohi bolib turibmiz. Rahbarlarimiz manaviyatning yuksalishiga, milliy hamda madaniy qadriyatlarni asrab-avaylashga katta etibor qaratishmoqda.

Aminmanki, har ikki qardosh mamlakatning yetakchilari Shavkat Miromonovich va Ilhom Geydar ogli ozlarining dono sozlari hamda amaliy say-harakatlari bilan mintaqalarimizda tinchlik-barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, xalqlarimizning muloqot va hamkorligini yanada chuqurlashtirishga katta hissa qoshishadi. InshaAlloh, mamlakatlarimiz kelgusida bundan-da gullab-yashnashi hamda baxt-saodatga erishishi azaldan taqdiri tutash Ozbekiston va Ozarbayjonning munosabatlari bundan-da mustahkamlanishi hamda taraqqiy topishini Yaratgandan iltijo qilaman.

Birdamligimizga koz tegmasin, Alloh ezgu niyatlarimizga madadkor bolsin!

Shayxulislom Ollohshukur POShShOZODA,

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi,

MDH Dinlararo kengashi hamraisi,

Kavkaz xalqlari Oliy diniy kengashi raisi

Manba: Xalq sozi gazetasi


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018