Yangiliklar


          2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Buxoro: yangi marralar sari dadil qadamlar

    

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 2018-yilning 16-fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari 2017-yil 10-11-mart kunlari viloyatga tashrifi chogida barcha sohalarni rivojlantirish boyicha keng kolamli rejalarni belgilab bergan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik subektlari tashkil etildi. Mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmi oshdi. Transport va servis infratuzilmasi rivojlanib, sayyohlar oqimi kopaydi. Qishloq xojaligida foydalanilmagan imkoniyatlar ishga solindi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy obektlar bunyod etildi.

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband majmuasi ziyoratidan boshladi.

Yurtimiz qadimiy qadamjolarga boy. Bu zaminda buyuk allomalar, diniy va dunyoviy ilm egalari yashab, ijod qilgan. Prezidentimiz tomonidan milliy madaniy merosimizni asrab-avaylash, rivojlantirish, yurtimizdagi tarixiy obida va yodgorliklarni tiklash, organish va kelajak avlodlarga yetkazish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari 2017-yil 10-mart kuni Bahouddin Naqshband majmuasida bolib, bu yerni yanada obod maskanga aylantirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish borasida mutasaddilarga tegishli korsatmalar bergan edi.

Prezidentimiz otgan vaqt mobaynida qilingan ishlarni kozdan kechirdi.

Taomilga binoan otganlar ruhiga Quron tilovat qilindi.

Prezidentimizning 2017-yil 11-iyuldagi Abduxoliq Gijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik korish hamda uni otkazish togrisidagi farmoyishi ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shavkat Mirziyoyevga mazkur sanalar munosabati bilan amalga oshiriladigan manaviy-marifiy, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish boyicha yol xaritasi haqida malumot berildi.

Davlatimiz rahbari mazkur tadbirlarni yuqori saviyada otkazish, buning uchun barcha manbalardan foydalanish lozimligini takidladi.

Bahouddin Naqshband, Abduxoliq Gijduvoniy, Orif Revgariy, Ali Romitaniy, Boboyi Samosiy, Mahmud Fagnaviy, Sayyid Amir Kulol kabi memoriy majmualarni oz ichiga olgan yetti pir ziyoratgohi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyo musulmonlari uchun tabarruk maskanlar hisoblanadi.

Prezidentimizga mazkur majmualarni rekonstruksiya qilish va yangi sayyohlik yonalishlarini ochish boyicha qilinadigan ishlar haqida malumot berildi. Unga muvofiq, bu majmualar qayta tamirlanib, qoshimcha bino va inshootlar quriladi. Atrofi obodonlashtirilib, mehmonxona, choyxona, savdo majmualari, avtoturargohlar barpo etiladi.

Mazkur majmualar ortasidagi umumiy masofa 122 kilometr. Shavkat Mirziyoyev majmualar orasidagi yollar boyida zamonaviy infratuzilma tashkil qilish boyicha korsatma berdi. Buxoro davlat universiteti huzurida Buxoro tarixini oqitadigan maxsus fakultet ochish kerakligini takidladi.

Yetti pir yotgan qadamjolar orasidagi yollar boyida ular haqidagi malumotlar aks etsin. Ziyoratga kelganlar keng malumotga ega bolsin. Buning uchun kadrlar tayyorlashga etibor berish kerak, dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari tashrif davomida Buxoro tumanidagi Buxoro baliq sanoat masuliyati cheklangan jamiyatida boldi.

Mamlakatimizda aholining baliq mahsulotlariga ehtiyojini taminlash, tarmoqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan xojaliklar moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida etibor qaratilmoqda.

Keyingi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, jumladan, sifatli baliq mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish boyicha bir qancha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Xususan, Prezidentimizning 2017-yil 1-maydagi Baliqchilik tarmogini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilinib, Ozbekbaliqsanoat uyushmasi tashkil etildi. Uyushma tomonidan tabiiy va suniy suv havzalarini baliqlantirish uchun qimmatli baliq turlarini kopaytirishni yolga qoyishda baliqchilik tarmogi tashkilotlariga komaklashish, lichinka yetishtirish boyicha yangi inkubatsiya sexlari tashkil etish, baliq chavogi yetishtirish hajmini kopaytirish, chavoq hovuzlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish boyicha qator ishlar amalga oshirildi.

Buxoro baliq sanoat masuliyati cheklangan jamiyatida ham bu borada ibratli ishlar qilinmoqda. Bu yerda baliqni qayta ishlash, dudlash, baliq ozuqasi ishlab chiqarish, inkubatsiya sexi va yopiq suv aylanma tizimi ishga tushirilgan.

Umumiy maydoni 90 gektar bolgan xojalikda 40 gektarlik suv havzasi bolib, yangi loyihaga kora, qolgan 50 gektari rekonstruksiya qilinadi.

Prezidentimiz baliqchilik xojaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Baliq yetishtirish hajmini oshirishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Ayni paytda aholining baliq va baliq mahsulotlariga bolgan talabini qondira olayotganimiz yoq. Bu kabi xojaliklarni Buxoroning har bir tumanida tashkil qilish zarur.

Davlatimiz rahbari Buxoro tumaniga tashrifi davomida bir qator iqtisodiy loyihalar bilan ham tanishdi.

Malumotlarga kora, sobiq Buxoroteks AJ negizida paxta tolasidan kompakt ip-kalava ishlab chiqarish boyicha Indorama Bukhara Textile xususiy korxonasini tashkil etish loyihasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 60 million, ikkinchi bosqichda 55 million dollar miqdoridagi investitsiya kiritiladigan korxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Bu 650 kishining bandligini taminlash imkonini beradi.

Prezidentimizga Buxoro viloyatida mavjud yaylovlardan samarali foydalanish togrisida ham malumot berildi. Ushbu malumot oz-ozidan viloyatda qorakolchilikni rivojlantirish loyihasiga ulandi. Viloyatda azaldan qorakolchilik rivojlangan. Lekin songgi yillarda sohaga yetarlicha etibor berilmagani sababli qorakol teri ishlab chiqarish keskin pasaydi. Sohadagi mavjud muammolar haqida batafsil malumot berilar ekan, ilmiy yondashuvning yoqligi bois qoylarning nasli buzilgani qayd etib otildi. Bundan tashqari, yaylovlarning qisqarishi, sugorish tizimlaridagi kamchiliklar, zarur texnika vositalari yoqligi asosiy omillar sifatida sanab otildi.

Davlatimiz rahbari muammolarning yechimi bilan qiziqdi. Mutaxassislar qorakolchilikni rivojlantirish boyicha oz takliflarini aytdi.

Shavkat Mirziyoyev ayni paytda faoliyat yuritayotgan xojaliklar, olimlar, seleksionerlarni qollab-quvvatlash boyicha soha rahbarlariga tegishli korsatmalar berdi.

Shu yerda Komteks pposh MChJ tomonidan qoy junini sanoat usulida qayta ishlash klasteri taqdimoti bolib otdi. Loyiha qiymati 24 milliard som bolib, yiliga 1500 tonna tozalangan jun, 425 tonna tayyor ip-kalava, 100 ming dona odeyal ishlab chiqarishni kozda tutadi. (OR MB kursi 19.02.2018 da, 1$= 8182,73 som)

Shuningdek, 2018-yilda viloyatda amalga oshiriladigan parrandachilik loyihalari togrisidagi malumot taqdim qilindi. Bu yonalishda 32 ta loyiha amalga oshirilib, 252 ish orni yaratiladi.

Loyihalar asosan qishloq xojaligini rivojlantirishga qaratilgan bolib, istiqbolli maqsadlarni ozida aks ettirgani bilan ahamiyatlidir. Pilla yetishtirish, asalarichilik, naslli echki boqishga ixtisoslashgan echkichilik kompleksi, zamonaviy issiqxonalar, agrosanoat logistikasi va savdo logistikasi markazlari tashkil etish loyihalari asosiy etiborda boldi.

Loyiha tashabbuskorlari oz rejalari haqida batafsil sozladi. Oz navbatida, davlatimiz rahbari ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi.

Gijduvon tumanida tut bargidan choy tayyorlash loyihasi Prezidentimiz etiborini tortdi. Bunday choyning afzalliklari unda kofein va tanin moddasi yoqligidadir.

Bu eng samarali ishlab chiqarish loyihasi boladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Sababi, uning noyobligi va inson salomatligi uchun goyat foydaliligidir.

Loyiha boyicha ishlar boshlab yuborilgan. Mahsulot 2019-yildan eksportga chiqarilishi moljallanmoqda.

Sistanxe va isiriq yetishtirishga alohida etibor berilgani viloyatda oziga xos yangilik boldi. Sistanxe ildizi dorivor hisoblanib, xavfli osma kasalliklarining oldini oladi. Shamollashga qarshi, immunitetni oshiruvchi xususiyatga ega. Yaponiyalik olimlarning takidlashicha, bu osimlik jenshendan besh barobar samarali hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Qozogiston Markaziy Osiyoda bu osimlikni eksport qiluvchi yagona davlat bolib, yiliga 100-150 tonnagacha xorijga sotadi. Yangi loyihada mazkur osimlikni yetishtirish va qayta ishlash kozda tutilgan. 3 ming gektar yerda shunday osimlik yetishtirish 400 kishining bandligini taminlaydi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbariga 2018-2020-yillarda viloyatda irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish dasturi, Buxoro shahrida rekonstruksiya qilinayotgan kanallar haqida malumot berildi.

Prezidentimizning 2017-yil 1-iyundagi Ozbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qomitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarorini Buxoro viloyatida bajarish choralari togrisida ham sozlab berildi. Jumladan, aholiga sifatli gosht yetkazib berish, chorvachilikda qollaniladigan vaksina va antibiotiklar, hayvonlarni sotish, sotib olish va ozaro ayirboshlashda soglom va ishonchli muhit yaratish masalalari xususida fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev loyihalarni oz vaqtida va sifatli amalga oshirish boyicha mutasaddilarga tegishli korsatmalar berdi.

Mamlakatimizda maktabgacha talim tizimini takomillashtirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlashga alohida etibor qaratilmoqda. Shavkat Mirziyoyev hududlarga tashrifi davomida bunday muassasalarda bolib, muammolarni oz vaqtida hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar beradi.

Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi 2017-2021-yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda bunday muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bogchalar qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-sentyabrdagi "Maktabgacha talim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida"gi farmoni bilan esa Maktabgacha talim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlikning asosiy vazifalari bosqichma-bosqich barcha bolalarni maktabgacha talim tizimiga qamrab olish, yurtimizda ozaro raqobat qiluvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmogini yaratish, maktabgacha talim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini amaliyotga joriy etishdan iborat.

Mazkur hujjatlar ijrosi yuzasidan Buxoro viloyatida ham keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda viloyatda 343 maktabgacha talim muassasasi mavjud bolib, ularning 7 tasi nodavlat, 1 tasi ichki ishlar boshqarmasi tasarrufida. Ularda 46 mingdan ziyod, yani viloyatdagi bolalarning 35,1 foizi talim-tarbiya olmoqda.

Buxoro shahridagi 54-maktabgacha talim muassasasi 280 oringa moljallangan. Bogcha binosi otgan yili kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlandi. Bu yerda 31 nafar pedagog va tarbiyachi faoliyat korsatadi.

Davlatimiz rahbari bogchada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi.

Prezidentimizga bogchada tajriba tariqasida tashkil etilgan qisqa muddatli boshlangich rivojlantirish markazi faoliyati haqida malumot berildi. Yangi tizimning afzalligi qisqa muddatli guruhlarda bolalarga mantiq, mental arifmetika, ingliz tili, amaliy va tasviriy sanat turlari interfaol usullarda orgatiladi. Markaz hududdagi bogchaga qamrab olinmagan bolalarni maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha talimga bejiz bunchalik etibor qaratayotganimiz yoq, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bolalar ayni bogcha yoshida bilimni tez va oson ozlashtiradi, bir umrga eslab qoladi. Shuning uchun ushbu tizim rivoji bilan bogliq masalalar doim diqqatimiz markazida bolishi kerak.

Prezidentimiz mazkur muassasani viloyatdagi bogchalar uchun metodik tajriba almashish markaziga aylantirish, sohani yetuk mutaxassislar bilan taminlash, xususan, pedagogika kollejini tugatgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslariga yuborib, ularni MTMlarga ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrining tarixiy qismida viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Buxoro ozining betakror tarixiy obidalari, osori-atiqalari, asrlar osha davom etib kelayotgan milliy hunarmandlik ananalari bilan yurtimiz turistik jozibadorligini oshirishda ulkan salohiyatga ega.

Viloyatda 2018-yilda turizmni yanada rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, 61 loyihani hayotga tatbiq etish kozda tutilgan. Jumladan, 32 mehmonxona, 12 motel, 10 istirohat bogi barpo etilib, Buxoro Palas, Varaxsha va Zarafshon mehmonxonalari rekonstruksiya qilinadi. Bundan tashqari, turizm boyicha xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, restoranlar qurish, sayyohlarga xizmat korsatuvchi transport vositalari xarid qilish, madaniy meros obektlarini tadbirkorlarga ijaraga berish, havo sharida sayohatni tashkil qilish, Gijduvon, Shofirkon, Vobkent va Jondor tumanlarida qishloq turizmini yolga qoyish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalar ijrosi natijasida viloyatga kelayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini sezilarli darajada kopaytirishga erishish mumkin. Tarmoqda xizmatlar eksporti hajmi ortib, koplab yangi ish orinlari tashkil etish imkoniyati paydo boladi.

Davlatimiz rahbari viloyatga otgan yilgi tashrifi chogida Buxoro shahrining sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida uning tarixiy qismida hunarmandlar mavzesi qurish, Haqiqat va Xoja Nurobod kochalarini kengaytirib saylgohga aylantirish, Poyi Kalon va Mir Arab madrasalarini qayta tamirlash boyicha topshiriqlar bergan edi.

Shunga muvofiq, Haqiqat kochasi kengaytirilib, 1,5 metr qalinlikdagi tuproq qatlami olib tashlandi, tarixiy obidalar atrofi ochildi. Kocha boylab birinchi qavatida dokon va ustaxonalar bolgan, ikkinchi qavatida hunarmandlar oilalari yashaydigan uylar qurishga kirishildi. Natijada kocha shaharning tarixiy qismiga monand saylgohga aylanib bormoqda. Viloyatga kelayotgan sayyohlar bu yerga ham tashrif buyurib, usta-hunarmandlar ishi bilan tanishmoqda, ipak gilamlar, kashtalar, zarbof tonlar, turli kiyim-kechak, uy-rozgor buyumlari, suvenirlar xarid qilib, Buxoroning qadimiy dovrugini dunyoga yanada keng yoyishga munosib hissa qoshmoqda.

Joriy yilda Poyi Kalon majmuasidagi tarixiy obidalarni tamirdan chiqarish boyicha loyihalar ishlab chiqildi. Xoja Nurobod kochasida joylashgan Abdulazizxon va Ulugbek madrasalarida tamirlash va tiklash ishlari amalga oshiriladi. Ark qorgoni majmuasi atrofi obodonlashtirilib, uning ichkarisidagi bino va inshootlar tamirlanadi. Mir Arab madrasasini qayta tiklash va uning yangi oquv binosini qurish ishlari olib boriladi. Shu kochaning ozida hunarmandlar rastasi quriladi.

Shavkat Mirziyoyev eski shahar qismining turizm infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari bilan tanishar ekan, ushbu hudud tom manoda Buxoroning yuragi bolishi kerakligini takidladi.

Davlatimiz rahbariga shaharning tarixiy qismidagi madaniy meros obektlarini tamirlash va tiklash, ulardan samarali foydalanish, tarixiy obidalarni qamrab olgan Buxoro shahar kichik halqa yoli hamda piyodalar yolaklari qurish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan mamlakatimizda zamonaviy kinoteatrlar tarmogini barpo etish loyihalari haqida malumot berildi.

Prezidentimiz har bir loyiha yuzasidan oz taklif va tavsiyalarini berdi. Mir Arab madrasasi bino va inshootlari, turistlarga xizmat korsatuvchi avtoulovlar, infratuzilma obektlarini kozdan kechirdi.

Shu kuni Peshku tumani hokimligida viloyat faollari ishtirokida yigilish bolib otdi. Unda Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi va ularni ish bilan taminlash masalalariga alohida etibor qaratildi.

Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida kozdan kechirilgan istiqbolli loyihalar, bolib otgan uchrashuv va suhbatlar Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yilida yangi marralar sari dadil qadamlar qoyilib, aholi farovonligini oshirishda muhim yutuqlar qolga kiritilayotganining yana bir yorqin tasdigi boldi.

Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

 

Manba: OzA

 


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018