2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Qishloq xojaligi mashinasozligini rivojlantirish yuqori hosildorlik omili

 

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 mart kuni qishloq xojaligi mashinasozligini rivojlantirish va sohani zamonaviy texnikalar bilan taminlash boyicha ishlar natijadorligi, mavjud muammolar va eng dolzarb vazifalar tahliliga bagishlangan yigilish bolib otdi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalari qatori qishloq xojaligida ham muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xojaligi ekinlaridan mol va sifatli hosil olish, tarmoqni ilgor usullar asosida rivojlantirishda sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mashina-traktor parklarini zamonaviy texnika va agregatlar bilan taminlash muhim orin tutadi.

Shu maqsadda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 noyabrdagi Ozagrotexsanoatxolding aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida qishloq xojaligi mashinasozligi tizimi tubdan qayta tashkil etildi.

Tarmoqning texnikaviy bazasini takomillashtirish maqsadida Ozagrotexsanoatxolding, qishloq xojaligi texnikasini ishlab chiqarish boyicha Ozagrotexmash, lizing asosida yetkazish boyicha Ozagrolizing, servis va mexanizatsiya xizmatlari korsatish uchun Ozagroservis jamiyatlari tuzildi. Mashina-traktor parklarining budjet oldidagi qarzlarini tolash muddati 2 yilga kechiktirildi.

Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Namangan viloyatlarida fermerlar uchun lizing muddati 10 yildan 12 yilga, mashina-traktor parklari uchun 7 yildan 10 yilga uzaytirildi. Fermerlar va mashina-traktor parklariga qishloq xojaligi texnikasini sotib olish uchun 5 foizli imtiyozli kreditlar ajratildi.

Korilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda qishloq xojaligi texnikasi ishlab chiqarish va lizing xizmatlari 1,7 barobar, mexanizatsiya xizmatlari 2,5 barobar ortdi.

Yigilishda qishloq xojaligi texnikasi ishlab chiqarish, servis xizmatini yaxshilash, importni optimallashtirish, eksportni kengaytirish boyicha muayyan kamchiliklar mavjudligi, qishloq xojaligi texnika bilan 85 foiz taminlangani, malum qismi eskirgani, ularni oz vaqtida yangilash choralari korilmagani qattiq tanqid qilindi. Belgilangan vazifalarning ijrosini oz vaqtida nazorat qilmagani uchun Bosh vazir orinbosari Ozagrotexsanoatxolding aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N.Otajonovga hayfsan berildi. Ishda yol qoygan sustkashligi va jiddiy xatolari uchun Ozagrotexsanoatxolding aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi orinbosarlari Ozagroservis aksiyadorlik jamiyati bosh direktori R.Ahmedov, Ozagrolizing aksiyadorlik jamiyati bosh direktori H.Imomov, Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil departamenti mudiri A.Rafiqov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Bugungi kunda tarmoqda 172 mingdan ortiq texnikaga talab bolgani holda, 146 mingta texnika mavjud yoki 26 mingta texnika yetishmaydi.

Fermer xojaliklarining yuqori unumli haydov traktorlari bilan taminlanishi 75 foizni, galla orish kombaynlari 86 foiz, paxta terish mashinalari 28 foiz, qoshqator chigit ekish seyalkalari 60 foiz, don ekish seyalkalari bilan taminlanishi 25 foizni tashkil etadi. Umuman, yetishmaydigan va eskirgan texnikani hisobga olganda, jami 82 mingta yangi qishloq xojaligi texnikasiga talab mavjud.

Dasturga muvofiq joriy yilda 16 mingta, jumladan, birinchi yarim yillikda 5 ming 800 texnikani kredit asosida yetkazib berish belgilangan.

Yigilishda qishloq xojaligi texnikasiga talabni toliq taminlash maqsadida Ozagrotexsanoatxolding aksiyadorlik jamiyati, Moliya va Qishloq xojaligi vazirliklariga ikki oy muddatda 2018-2021 yillarda qishloq xojaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish boyicha dastur ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Bunda qishloq xojaligi texnikasini xaridorlarga yetkazib berishni moliyalashtirish boyicha chora-tadbirlarni ham nazarda tutish zarurligi takidlandi.

Davlatimiz rahbari paxtachilik, bogdorchilik va uzumchilikda bahorgi dala ishlari boshlanay deb turgan bolsa-da, 5 ming 800 ta texnikadan faqat 1 ming 200 tasi fermerlar va mashina-traktor parklariga yetkazib berilganiga etibor qaratdi. Shuningdek, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida qoshimcha ajratilgan 4 mingta texnikaning 30 foizi oz egalariga yetkazilgan.

Zamonaviy texnika dehqonga suv va havodek zarur bolib turgan shu kunlarda bu boradagi ehtiyoj bor-yogi 25 foiz taminlanganini qanday tushunish mumkin, dedi Prezident. Texnika fermerning qol-qanoti. Unga talab taminlansagina moddiy manfaatdorlik oshib, xarajatlarni keskin kamaytirishga erishiladi.

Shundan kelib chiqqan holda, bahorgi agrotexnik tadbirlar uchun rejalashtirilgan texnikani 15 aprelga qadar toliq yetkazib berish boyicha kunlik nazorat ornatish va ijrosi haqida axborot berish topshirildi.

Ayni paytda mashinasozlik korxonalari tomonidan butlovchi qismlar va materiallarning muayyan qismi chetdan olib kelinib, yirik uzelli yigish asosida qishloq xojaligi texnikasi ishlab chiqarilmoqda. Haydov traktori, plug, seyalka kabi texnikani tayyor holda import qilsa, bizda ishlab chiqarilganiga nisbatan arzon bolishini tarmoq rahbarlari nima deb tushuntiradi, dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz raisligida import boyicha yaqinda otkazilgan yigilishda 2018 yilda qishloq xojalik mashinasozligida importni 160 million dollarga qisqartirish, bu borada eksport salohiyatini oshirish boyicha aniq topshiriq berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, Ozagrotexsanoatxolding aksiyadorlik jamiyati va Ozagrotexmash mexanika zavodi bilan hamkorlikda bir oy muddatda transmissiya, turli korpus detallari va agregatlarni yurtimizda ishlab chiqarish orqali qishloq xojaligi texnikasini mahalliylashtirishni 45 foizga yetkazish boyicha alohida dastur ishlab chiqib, ijrosini taminlash topshirildi.

Davlatimiz rahbari 2018 yilda lizing va kredit asosida jami 3,2 trillion somlik (OR MB kursi 15.03.2018 da, 1$= 8140.06 som) 16 mingta qishloq xojaligi texnikasini yetkazib berishni moliyalashtirish masalasiga ham alohida toxtaldi.

Hozirgi kunda 5 ming 800 texnika uchun Moliya vazirligi tomonidan 1,5 trillion som ajratilgan. Qolgan 1,7 trillion somni ajratish, jumladan, lizing asosida 1,5 trillion somlik texnikani moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalasini hal etish zarurligi qayd etildi.

Qishloq xojaligi texnikasini eksport qilish muhim mezon hisoblanadi. Ammo bu borada korilayotgan choralar ham qoniqarsizligi korsatib otildi.

Otgan yili 19 million dollarlik 844 ta texnika eksport qilingan. Yigilishda Ozagrotexmash aksiyadorlik jamiyatiga bundan tegishli xulosa chiqarib, 2018 yilda kamida 30 million dollarlik qishloq xojaligi texnikasini eksport qilish, Turkmaniston, Tojikiston, Qozogiston, Pokiston, Ozarbayjon, Afgoniston bozorlariga kirish boyicha ishlarni jadallashtirish topshirigi berildi.

Ozagroservis tizimidagi mashina-traktor parklarining mamlakatimiz boyicha jami mexanizatsiya xizmatlaridagi ulushi 2016 yilda 14 foizni tashkil etgan bolsa, 2017 yilda 26 foizga yetgan, joriy yilda 41 foiz bolishi kutilayotir. Bu sohada ijobiy osishga erishilayotganidan dalolatdir. Biroq bu natijalar bilan qanoatlanib qolmay, mexanizatsiya xizmatlari hajmini oshirish, bunda qishloq xojaligi texnikasiga servis xizmati korsatish, ehtiyot qismlarni maxsus shoxobchalar orqali oz vaqtida yetkazib berish uchun jamiyatning joylardagi filiallarini kopaytirish kerakligi qayd etildi.

Yigilishda fermer xojaliklariga qishloq xojalik mahsulotlari yetishtirish uchun beriladigan imtiyozli kredit tarkibida mexanizatsiya xizmati ulushini oshirish boyicha asoslangan takliflarni kiritish topshirildi.

Shuningdek, mashina-traktor parklari tomonidan korsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob tizimini takomillashtirish, mexanizatsiya xizmatlarining har bir yonalishi boyicha qatiy narxlarni belgilashga oid meyoriy hujjat loyihasini ishlab chiqish, tarmoqni jadal rivojlantirish uchun dolzarb masalalarni oz vaqtida hal qilish, eng muhimi, fermerlarni zamonaviy texnika va agregatlar bilan uzluksiz taminlash, ularning manfaatdorligi va roziligini oshirish yuzasidan korsatma va topshiriqlar berildi.

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018