2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston va Qozogiston: kuch birdamlikda

 

 

Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot uchun Ozbekiston va Qozogiston zimmasida alohida masuliyat mavjud. Har ikki davlat salmoqli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega, ularni umumiy tarixiy, jogrofiy, madaniy, diniy va lisoniy ildizlar hamda 2203 kilometrdan iborat cheraga bir-biriga boglab turadi.

Mintaqa taqdirida muhim orin tutishini teran anglagan Ozbekiston va Qozogiston oz mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlaboq kopgina yonalishlarda yaqin ozaro muvofiqlikni amalga oshirib kelmoqda. Turli darajalardagi muntazam uchrashuvlar va samarali muloqot muhim masalalarga birgalikda yechim topish imkonini bermoqda. Songgi ikki yil Ozbekiston va Qozogiston davlat rahbarlari aloqalarining faollashgani nuqtai nazaridan ilgari kuzatilmagan, alohida davr boldi: bu vaqt oraligida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev olti marotaba tashrif almashdilar. Davlatlar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning anjumanlari doirasida ham uchrashdilar. Bundan tashqari, turli voqealar munosabati bilan telefon orqali muloqotlar va murojaatnoma almashuvlari boldi.

2017 yil martida imzolangan Ozbekiston Respublikasi bilan Qozogiston Respublikasi ortasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qoshnichilikni mustahkamlash togrisidagi Qoshma deklaratsiya istiqboldagi hamkorlikning ustuvor yonalishlarini belgilab bergani holda ozaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy zaminini sezilarli darajada boyitdi. Turli mazmunga ega bolgan bunday hujjatlarning soni 212 tani tashkil etadi.

Otgan yili Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlarini muntazam otkazish tashabbusini kotarib chiqqan edi. Bu goya mintaqa mamlakatlarida yakdillik bilan qollab-quvvatlandi, Qozogiston esa birinchi sammitni Ostonada tashkil etishni taklif qildi. Bu Markaziy Osiyoda bir-birini ozaro togri tushunishni mustahkamlash masalalarida nuqtai nazarlar mushtarak ekanligining tasdigi boldi.

Siyosiy jabhadagi muloqotning rivoji iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish uchun qulay muhit yaratadi. Ozbekiston Qozogistonning mintaqadagi eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. 2017 yili birgalikdagi say-harakatlar bilan ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini 2 milliard AQSh dollariga yetkazishga muvaffaq bolindi. Bu songgi marra emas: tomonlar 2020 yili bu korsatkichni 5 milliard AQSh dollariga yetkazishni moljallamoqda. Bu yonalishda sheriklar tayanadigan jihatlar talaygina: songgi yillarda qishloq xojaligi mahsulotlari, metallurgiya, neft tarmogi, qurilish sanoatidagi ozaro savdo hajmlari izchillik bilan osib bormoqda. Mamlakatlarimiz ortasida tolaqonli erkin savdo rejimining amal qilayotgani ham buning uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Respublikamizda shakllangan ishbilarmonlik muhitini yuqori baholagan qozogistonlik biznesmenlar Ozbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida 260 ta korxona barpo etilishiga sarmoya kiritdilar. Mutaxassislarning fikr bildirishlaricha, valyuta siyosatining liberallashuvi sharoitida yaqin yillar ichida bu korsatkichni eng kamida ikki barobarga oshirish uchun Ozbekistonda barcha asoslar mavjuddir. Oz navbatida, Ozbekiston fuqarolari qoshni davlatda faoliyat korsatayotgan 105 ta biznes-subektning tasischilari yoki hammuassislari hisoblanishadi. 2017 yili Qostanayda MDH mamlakatlari bozorlarida katta talabga ega bolgan Ozbekistonning Ravon brendi ostidagi yengil avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.

Ishbilarmon doiralarning uchrashuvlari va sanoat korgazmalarining otkazilishi har ikki tomon uchun xosdir. Muntazam tus olgan bunday tadbirlar ozaro aloqalarni yolga qoyish va qoshma loyihalar yuzasidan ahdlashib olish uchun samarali minbar bolib qoldi. Xususan, 2017 yil mart oyida Ostonada, osha yilning sentyabrida esa Toshkentda bolib otgan biznes-forumlarning yakunlari boyicha umumiy qiymati 1,2 milliard dollar hajmidagi bitimlar imzolandi.

Hali salohiyati tola ochilmagan hududlararo sheriklik alohida etiborga sazovordir. Foydalanilgan bunday imkoniyatlarning ornini qoplash zarurligini teran anglagan tomonlar ushbu yonalishda faol harakat qilmoqda. Masalan, birgina otgan yilning ozida Jizzax, Toshkent, Sirdaryo viloyati va Toshkent shahri delegatsiyalari qoshni davlatga borib, juda samarali uchrashuvlar otkazdi. Oz navbatida, Janubiy Qozogiston, Qostanay, Jambil, Qizilorda, Sharqiy Qozogiston viloyatlarining vakillari ozbek zaminida boldi. Bunday togridan-togri aloqalar boshqaruvning quyidan yuqoriga tamoyilini samarali amalga oshirish uchun asos bolib xizmat qilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari (hokimlari) biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasi (Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu uyushmani tuzishning tashabbuskori hisoblanadi) mintaqalar ortasida tovar almashuvining osishi va kooperatsiyaning kuchayishi uchun institutsional asos bolmogi lozim.

Dengiz kommunikatsiyalari orqali chiqish yoliga ega bolmagan Ozbekiston va Qozogiston uchun tolaqonli ravishda tashqi bozorlarga kirish imkoniyatini yaratish maqsadida bir-birining tranzit va transport imkoniyatlaridan foydalanish hayotiy ota muhim masala hisoblanadi. Shu bois umumiy masofasi 85 kilometrdan iborat Toshkent Samarqand Buxoro Nukus Atirau - Astraxan xalqaro yolagining bir qismi bolgan Beyneu Akjigit Ozbekiston chegarasi avtomobil yolining rekonstruksiyasi boshlangani Ozbekistonga Kaspiyboyi mintaqasiga hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga chiqish imkoniyatini yaratishini qayd etish orinli boladi.

Ozbekiston Qozogiston chegarasida qoshimcha otish punktlarining ochilishi, Toshkent Ostona yonalishi boyicha aviaqatnovlar sonining oshishi, ikki mamlakat shaharlari ortasida avtomobil va temir yol qatnovlarining yolga qoyilishi nafaqat savdo aylanmasi hamda sarmoyalar hajmlarining salmoqli osishini, balki madaniy-gumanitar aloqalarning rivojlanishini ham kafolatlaydi.

Shu orinda otgan yilning sentyabrida davlatlarimiz rahbarlari 2018 yili Qozogistonda Ozbekiston yili va 2019 yili Ozbekistonda Qozogiston yilini otkazishga kelishib olganlarini yodga olish maqsadga muvofiq boladi. Ushbu yaqin hamkor mamlakatlar yillarining dasturlari qardosh xalqlarimiz ortasidagi yaxshi qoshnichilik rishtalarini mustahkamlashga yonaltirilgan turli sohalardagi aniq-ravshan tadbirlarga boy.

Ikki mamlakat ilmiy va oquv muassasalari ortasida ham samarali ozaro aloqalar yolga qoyilgan, oqituvchi va talabalar, oquv-uslubiy materiallar almashuvida togridan-togri aloqalar qollab-quvvatlanmoqda. Qoshni respublikada otkaziladigan tanlov va festivallarda Ozbekiston kino ustalari muntazam ishtirok etishmoqda, Qozogiston firma va kompaniyalari esa Ozbekistonda tashkil etiladigan sayyohlik korgazmalari va yarmarkalarining doimiy qatnashchilari hisoblanadi. Ozbek va qozoq diasporalari ikki dost xalqning yanada yaqinlashishida alohida orin egallaydi har ikki respublikada oz madaniyati va oziga xosligini asrashni kozda tutadigan milliy markazlar, teatr, folklor va estrada ansambllari tuzilgan.

Ozbekiston va Qozogistonning imkoniyatlari hamda salohiyatini hisobga olgan holda ishonch bilan aytish mumkinki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga buyurajak tashrifi hamda Ozbekiston Qozogiston munosabatlarining yanada mustahkamlashishi butun Markaziy Osiyoning rivojlanishi tarixida juda muhim omil bolib qoladi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018