2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Maktabgacha talim ertangi kunimizga zamin

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni maktabgacha talim tizimini isloh qilish va rivojlantirish boyicha korilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazildi. 

Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bogini bolgan maktabgacha talim tizimini rivojlantirishga alohida etibor qaratmoqda. 2017-yil 16-avgust va 19-oktabr kunlari bolib otgan yigilishlarda bu masala atroflicha muhokama qilingan edi. 2017-yil 30-sentabrda Prezidentimiz tomonidan Maktabgacha talim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmon hamda Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi faoliyatini tashkil etish togrisidagi qaror qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari chogida otkazilgan majlislarda ham bu borada koplab vazifalar belgilab berildi. 

Yigilishda joylardagi maktabgacha talim muassasalarining ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bolgan eng kichik jihatlarigacha etibor qaratdi. 

Dastlab bu masalada Andijon, Namangan, Samarqand, Fargona va Jizzax viloyatlarida otkazilgan organishlar natijalariga etibor qaratildi. Masalan, Andijon viloyatidagi 87 ta mahallada bironta ham bolalar bogchasi yoqligi, 84 ta bogcha filialini mustaqil muassasaga aylantirish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogchalarini tashkil etish boyicha tuman hokimliklari tomonidan aniq choralar belgilanmagani tanqid qilindi. 

Viloyatda mavjud 451 ta maktabgacha talim muassasasidan 200 tasida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun maxsus ombor yoq, sovutkich, shkaf va stol-stullar yetishmaydi. Shuningdek, hanuzgacha 123 ta bogchaga ichimlik suvi tashib keltiriladi, 71 tasining atrofi oralmagan, 134 tasida musiqa xonalari jihozlanmagan, 420 tasida kichik kutubxonalar tashkil etilmagan. 

Shunday kamchiliklar Namangan, Samarqand, Fargona va Jizzax viloyatlarida ham kuzatilgan. 

Barcha hududlarda uchraydigan bu kabi kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, maktabgacha talim muassasalarini yaxshilash maqsadida davlatimiz tomonidan katta mablag va resurslar yonaltirilmoqda. 2018-yil uchun tasdiqlangan Investitsiya loyihalari royxatiga muvofiq, 771 milliard som byudjet mablaglari hisobidan 60 ta bogcha yangidan quriladi, 295 tasi rekonstruksiya qilinadi va 176 tasi mukammal tamirlanadi. 

Yigilishda joriy yilda davlat maktabgacha talim muassasalari qurish, tamirlash va jihozlash boyicha manzilli royxatni tasdiqlash, bolalar bogchalarining moddiy-texnik holatini organib, mebel, oshxona jihozlari, oyin maydonchalari va sport inventarlariga bolgan talabni aniqlash hamda yaqin 2 yilda mamlakatimizdagi barcha bogchalarni jihozlash boyicha hujjatlarni tayyorlash zarurligi takidlandi. 

Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bogchalarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatsiz tayyorlash, qurilish va tamirlash ishlarini oxiriga yetkazmaslik, bazilarini tamirlamasdan qoldirib ketish holatlari kop uchrayotgani tanqid ostiga olindi. 

Masalan, otgan yili Xorazm viloyati Urganch shahridagi 14-bogchada qurilish-tamirlash ishlari sifatsiz bajarilgan, muhandislik tarmoqlariga toliq ulanmagan, jihozlar toliq yetkazib berilmagan. Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi 3-, Nishon tumanidagi 20-, Koson tumanidagi 32-bogchada tamirlash ishlari nihoyasiga yetkazilmagan. Buxoro shahridagi 3-, Buxoro tumanidagi 19-, Romitan tumanidagi 11-, Qorakol tumanidagi 7-bogchalarda pardozlash ishlari sifatsiz bajarilgan, jihozlarning 50 foizi yetkazib berilmagan. Koplab loyihalarda nazarda tutilmagani sababli bogchalar hududini obodonlashtirish, atrofini orash, tashqi kommunikatsiya tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmay qolmoqda. 

Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish uchun hokimliklar, Maktabgacha talim vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qomitasiga tegishli topshiriqlar berildi. Maktabgacha talim muassasalarining loyiha-smeta hujjatlarida yordamchi binolarni ham tamirlash va jihozlashni nazarda tutish, ularni aholi uchun qulay va muhandislik-kommunikatsiya tarmogi mavjud hududlarga joylashtirish zarurligi qayd etildi. Namunaviy loyihalarni qayta korib chiqib, yangi quriladigan bogchalar uchun sarflanadigan xarajatlarni arzonlashtirish vazifasi qoyildi. 

Navbatdagi muhim masala, dedi Shavkat Mirziyoyev, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogchalar tarmogini kengaytirishdir. Hududlarga biriktirilgan tijorat banklari va tadbirkorlar tomonidan 2018-yilda jami 222 ming nafar bolaga moljallangan 3 mingdan ziyod nodavlat bolalar bogchasini tashkil etish rejalashtirilgan. Shundan 1 ming 200 tasi yangi quriladigan binoda, 1 ming 360 tasi mavjud binolarda va 470 tasi uy bogchasi sifatida tashkil etiladi. 

Joylarda bu borada qator ishlar boshlangani, lekin Qoraqalpogiston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida sust borayotgani qayd etildi. Ayrim rahbarlarning uzoqni kora olmasligi va davlat siyosatini tushunmasligi oqibatida ishlab turgan davlat bogchalarini xususiylashtirish va tadbirkorlarga berib yuborishga urinish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa aholining orinli va jiddiy etiroziga sabab bolmoqda. 

Shu bois tadbirkorlarga ishlamay turgan bogchalarni berish, binoni tamirlab va jihozlab ishlatish vazifasini qoyish zarurligi takidlandi. 

Xususiy bogcha uchun yaxshi joydan yer, bino va imtiyozli kredit olib, qurilgan yoki tamirlangan binodan 1-2 yildan keyin boshqa maqsadda foydalanaman, degan xomxayol bilan yurgan qoshtirnoq ichidagi tadbirkorlar ham bor, dedi Prezidentimiz. Shu sababli hokimliklar xususiy bogchalar uchun yer va bino ajratish, banklar esa kredit berish togrisidagi oz qarorlarida bunday binolardan kamida 15-20 yil davomida bogcha sifatida foydalanish zarurligi togrisidagi shartlarni nazarda tutishi kerak. 

Davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bogchalar tashkil etish boyicha ham qator vazifalar belgilandi. 

Moliya vazirligiga Nodavlat maktabgacha talim muassasalarini rivojlantirish jamgarmasini tuzish, Jamgarma mablaglarini nodavlat bolalar bogchalari uchun bino va inshootlarni xarid qilish, yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va tamirlash ishlariga imtiyozli stavkada kredit ajratishga yonaltirish topshirildi. 

Maktabgacha talim vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida bogchalarni tashkil etish modellari, davlat va xususiy sherikning xuquqlari va majburiyatlari, bogchalarni malakali kadrlar bilan taminlash boyicha nizom loyihasini ishlab chiqishni tezlashtirish vazifasi qoyildi. 

Hokimliklar va banklarga 2018-yilda tashkil etiladigan 3 mingdan ziyod xususiy bogchaning har biri boyicha yer, bino va kredit ajratish, bogchalarni ishga tushirish muddatlari aniq belgilangan jadvallarni ishlab chiqish va tasdiqlatish yuzasidan korsatma berildi. 

Hal etishimiz zarur bolgan yana bir muhim muammo, dedi davlatimiz rahbari, bogchalarda bolalarni belgilangan meyorlar asosida togri va sifatli ovqatlantirishni tashkil etishdir. 

Afsuski, bolalarga sut mahsulotlari va meva tasdiqlangan normadan kam miqdorda berilmoqda, baliq mahsulotlari esa deyarli berilmayapti. 

Yigilishda bu borada berilgan topshiriqlarga muvofiq, bolalarni sifatli ovqatlantirish, korpa, yostiq va choyshablarini belgilangan muddatlarda almashtirish, dori-darmon va yuvish vositalari uchun ajratiladigan mablaglar miqdori yetarli ekani aniq hisob-kitob qilinadi. 

Maktabgacha talim vazirligi va uning joylardagi bolinmalari rahbarlari bogchalarda bolalarning belgilangan meyorlar asosida soglom va togri ovqatlanishini tashkil etishga shaxsan masul boladi. 

Sogliqni saqlash vazirligi bogchalarda taomlarni tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va saqlashda sanitariya normalari va gigiyena qoidalariga qatiy rioya etilishini nazorat qiladi. 

Yigilishda maktabgacha talim muassasalari tarbiyachilarining saviyasi, bilimi va konikmalari masalasiga alohida etibor qaratildi. Tizimda faoliyat yuritayotgan qariyb 60 ming tarbiyachining atigi 21 foizi oliy malumotli, 79 foizi esa orta maxsus malumotga ega ekani qayd etildi. 

Bolalar tarbiyasi jarayoniga oz ishini puxta biladigan, malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog-kadrlarni jalb qilgan holda, ularni godakligidan ongi va tafakkurini togri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, bilim va manaviyatga ega bolgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin boladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Bu boradagi organishlar natijasida kelgusi 3 yilda maktabgacha talim tizimida 47 ming 300 dan ziyod oliy malumotli pedagog kadrlar, jumladan, 28 ming 300 nafar tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbariga ehtiyoj paydo bolishi aniqlangan. Shu bois, 2018-2019-oquv yilidan boshlab, oliy talim muassasalarida Maktabgacha talim yonalishida kunduzgi shaklda 3 yillik bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. Bunda ilgor xorijiy tajriba, jumladan, Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari tajribasi asosida yangi oquv rejasi va dasturlari ishlab chiqiladi. 

Shuningdek, yangi oquv yilidan boshlab, oliy talim muassasalarida sirtqi va kechki shaklda bakalavrlar tayyorlash tizimi yolga qoyiladi. Joriy yil mart oyidan boshlab, viloyatlardagi universitet va pedagogika institutlari bazasida bogchalarning pedagog va nomutaxassis kadrlari uchun yarim yillik oquv dasturlari asosida qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi. 

Bu haqda soz yuritar ekan, Prezidentimiz Janubiy Koreyaning Puchon universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Maktabgacha talim universitetini tashkil etish zarurligini takidladi. 

Yigilishda yuqori malakali, oliy malumotli kadrlarni ragbatlantirish, maktabgacha talim muassasalari pedagog xodimlarining oylik ish haqini oshirish boyicha korsatmalar berildi. Imkoniyati cheklangan va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalarga moljallangan bogchalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlariga ham etibor qaratildi. 

Muhokama qilingan masalalar boyicha mutasaddi rahbar va hokimlarning axborotlari tinglandi. 


OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018