2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Mehnat migrantlarining mushkuli oson boladi

 

 

BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boyicha boshqarmasi malumotiga kora, dunyo aholisi yiliga 83 million kishiga kopaymoqda.

Ana shu osish suratlari natijasida sayyoramiz nufusi 2050 yilga borib, hozirgi 7,6 milliarddan 9,8 milliard nafarga yetishi mumkin.  Ozbekistonda ham tugilish korsatkichlari kam emas. Davlat statistika qomitasi axborotida keltirilishicha, ayni kunda yurtimiz aholisi soni 32,6 million nafardan ziyod. Birgina otgan yilning ozida osish korsatkichlari 1,7 foizni tashkil etgan.

Albatta, mazkur omillar odamlarning yangi-yangi ish orinlariga bolgan ehtiyojini kuchaytirishi tabiiy. Qolaversa, qonuniy mehnat migratsiyasi dunyo iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylanib borayapti. Shundan kelib chiqib, keyingi yillarda davlatimiz mazkur yonalishda bir qator xorijiy mamlakatlar bilan kelishuvlarga erishmoqda. Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi say-harakati bilan yurtdoshlarimizni chet elda uyushgan holda ishga joylashtirish, huquqiy himoyasini taminlash choralari korilayotgani, albatta, tahsinga loyiq.

Biroq...

Muammoning ildizi qayerda?

Joriy yilning 18 yanvar kuni Qozogiston Respublikasi hududida 57 nafar yolovchi bilan harakatlanayotgan avtobus yonishi oqibatida hamyurtlarimizning halok bolgani haqidagi xabar barchamizni larzaga soldi. Bir kunning ozida 52 ta qabr olov ichida qolgan yigitlar jasadini bagriga oldi. Afsuski, bunday fojiali holatlar shu bilan yakun topgani yoq. Qoshni davlatlar hududidan xorijga yol olgan transport vositalari bilan bogliq halokatli hodisalar tez-tez kuzatilmoqda.

Xosh, buning asosiy sabablari nimada?

Mutaxassislar fikriga kora, uzoq masofaga qatnovchi avtobuslar texnik jihatdan soz, xavfsizlik va qulaylik talablariga javob berishi shart. Biroq songgi vaqtlarda qoshni mamlakatlar hududida fuqarolarimizni xorijga tashiyotgan yolovchi avtobuslari ana shu meyorlarga javob bermaganligi tufayli bir qator noxush holatlar kelib chiqayapti. Respublikamizda esa xalqaro yolovchi tashish reyslarini amalga oshiruvchi avtotransport yolovchi tashuvchilar deyarli mavjud emasligi muammoning ildiz otishiga olib kelgan omillardandir.

Bu masalaning bir jihati. Boshqa tomondan, yurtimizda temir yol va aviachiptalar narxi avtomobil transporti xizmatlariga nisbatan birmuncha qimmatligi ham fuqarolarimizning qoshni respublikalardagi muqobil transport xizmatlariga murojaat qilishiga sabab bolayapti.

Endi-chi? Bu muammolar qanday hal etiladi?

Chiptalar chegirma bilan sotiladi

2018 yil 5 martda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taminlash chora-tadbirlari togrisidagi qarori imzolandi. Mazkur hujjat yuqoridagi kabi noxush holatlarning oldini olish, yurtdoshlarimizga qoshimcha qulayliklar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Hujjatga muvofiq, joriy yilning 1 aprelidan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga platskart vagonlarga temir yol chiptalari narxlariga 20 foizgacha chegirma taqdim etiladi, deydi Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati Tarif bolimi bosh mutaxassisi Shahnoza Aliyeva.   Qolaversa, shu yili Rossiya va Qozogiston hududlari hamda shaharlariga yangi temir yol yonalishlari joriy etish, mehnat migrantlari tomonidan talab yuqori bolgan yonalishlarda yangi yolovchi poyezdlarini qoyish hamda platskart vagonlar sonini kopaytirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bularning barchasi xorijda vaqtincha ishlash istagidagi fuqarolarimiz uchun katta qulayliklar yaratadi.

Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari R. Ibragimovning takidlashicha, xuddi shunday imtiyozlar Ozbekiston havo yollari MAKning iqtisodiy (ekonom) klass aviachiptalarini sotib olishda ham qollaniladi. Shu bilan birga, qarorda temir yol va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun bunday yurtdoshlarimizga Aloqabank tomonidan bir yilda bir marta 300 ming som (OR MB kursi 01.02.2018 da, 1$= 8140,06  som) miqdorida begaraz tolov amalga oshirilishi ham qayd etilgan.

Albatta, qay bir yurtda bolmasin, halol mehnat, peshona teri bilan pul topishning aybi yoq. Aksincha, qonuniy migratsiya dunyo boylab keng ommalashayotgan jarayon. Ammo xorijiy mamlakatga yetib borishdan tortib, ozga yurtdan turarjoy topish, yeyish-ichish va boshqa sarf-xarajatlar uchun malum miqdorda mablag zarur.

Xosh, bunga qurbi yetmaganlar-chi?

Pulingiz yoqmi? Kredit oling!

Davlatimiz bu borada ham yurtdoshlarimizga yaqindan komak berishni oz zimmasiga olmoqda, deydi Ozbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi orinbosari E. Muhitdinov. Chunonchi, Prezidentimiz qaroriga kora, Aloqabank tomonidan soddalashtirilgan ochish shartlari bilan VISA-migrant plastik kartalari joriy etilishi kozda tutilgan. Ipoteka-bank esa vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga 1000 AQSh dollari ekvivalentida kredit ajratadi. Shu bilan birga, Ozagrosugurta aksiyadorlik jamiyati Rossiya Federatsiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni kompleks sugurta qilish boyicha Rossiyada oz vakolatxonalarini ochish, imtiyozli tariflar asosida temir yol va aviachiptalar sotishga ixtisoslashtirilgan kassalarida ushbu xizmat boyicha sugurta agentlarini joylashtiradi.

Chindan ham, ishlayman deganga imkoniyat keng. Shu manoda, vaqtincha mehnat qilish uchun safarga yol olayotgan yurtdoshlarimizga bu borada qoshimcha qulaylik va imtiyozlar yaratilayotgani tahsinga sazovordir.

Islohotlar samarasini esa vaqt korsatadi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018