2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning dostlik va ahil qoshnilikni mustahkamlash togrisida Qoshma bayonoti

 

 

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 9-10-mart kunlari davlat tashrifi bilan Tojikiston Respublikasida boldi.

Ochiq, dostona va konstruktiv muhitda otgan samarali muzokaralar davomida davlat rahbarlari Ozbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi ortasidagi munosabatlarning hozirgi holatidagi muhim masalalarni, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollarini, shuningdek, ozaro qiziqish uygotadigan dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolarni batafsil muhokama qildilar.

Davlat rahbarlari songgi yillarda erishilgan davlatlararo muloqotning yuqori darajasini, shuningdek, ikki mamlakat ortasidagi hamkorlikni rivojlantirishda kuzatilayotgan ijobiy osish suratini mamnuniyat bilan qayd etgan holda,

ikki mamlakat xalqlari ortasida dostlik, ahil qoshnilik va ozaro hurmat tamoyillariga qatiy asoslangan kop asrlik tarixiy va madaniy umumiylikdan kelib chiqib,

Ozbekiston bilan Tojikiston ortasidagi konstruktiv va ozaro manfaatli hamkorlik ikki mamlakat xalqlarining uzoq muddatli manfaatlariga javob berishiga, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va izchil rivojlanishni taminlashda asosiy omil bolishiga ishonch bildirgan holda,

xalqaro huquqning umumetirof etilgan prinsiplari va normalariga, shuningdek, BMT Nizomi maqsad va prinsiplariga, shu jumladan, mustaqillikni ozaro hurmat qilish, suverenitet, hududiy yaxlitlik, chegaralarning daxlsizligi, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, teng huquqlilik va ozaro manfaatdorlik prinsiplariga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqlab,

Ozbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga, erishilgan kelishuvlarni oz vaqtida va toliq amalga oshirilishini taminlashga intilgan holda,

quyidagilar togrisida bayonot beradilar:

1. Davlat rahbarlari tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash, butun mintaqa taraqqiyoti va ravnaqini taminlashda yuksak masuliyatlarini chuqur anglab, 2000-yil 15-iyunda imzolangan Ozbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi ortasida abadiy dostlik togrisida Shartnoma qoidalariga tayangan holda, ananaviy dostlik, ahil qoshnilik va hamkorlik munosabatlarini imkon qadar yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga qatiy tayyor ekanliklarini tasdiqlaydilar.

Davlat rahbarlari tashrif davomida imzolangan Ozbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi ortasida ozbek-tojik Davlat chegarasining alohida uchastkalari togrisida Shartnoma bunga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Davlat rahbarlari Ozbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi ortasidagi Davlat chegarasini dostlik, ahil qoshnilik va hamkorlik chegarasiga aylantirishning muhimligini hamda bu ikki qardosh xalqlarning hayotiy muhim manfaatlariga javob berishini takidladilar.

2. Tomonlar ikki davlat ortasidagi munosabatlarni izchil kengaytirish uchun konstruktiv siyosiy muloqotning muhimligini qayd etgan holda, oliy, yuqori va boshqa darajalarda aloqalarni yanada kengaytirish tarafdori ekanliklarini takidladilar.

Prezidentlar uzoq muddatli hamkorlikning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish va hamkorlikning barcha yonalishlaridagi mavjud yuksak salohiyatni imkon qadar tola royobga chiqarish maqsadida yaqin istiqbolda ikki davlat ortasida Strategik sheriklik togrisidagi shartnomani ishlab chiqishga kelishib oldilar.

3. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ozbekistonda amalga oshirilayotgan, mamlakat salohiyatini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, xalq farovonligini oshirish va mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan keng kolamli ozgarishlarni qollab-quvvatlashini bildirdi.

Tojikiston Respublikasi rahbariyati mintaqaviy hamkorlikni faollashtirish, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuvlari boyicha uchrashuvlarni muntazam tashkil qilish yuzasidan Ozbekiston Respublikasi tashabbuslarini qollab-quvvatlashini bildirdi.

4. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning Tojikiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taminlash va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash boyicha say-harakatlarini qollab-quvvatlashini bildirdi.

Ozbekiston rahbariyati Tojikistonning 2018-2028-yillarda Suv barqaror rivojlanish uchun xalqaro harakatlar on yilligi togrisidagi tashabbusini qollab-quvvatlashini bildirdi.

5. Prezidentlar Ozbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi ortasida ozaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishning strategik xususiyatini qayd etdilar.

Tomonlar ozaro savdoda kuzatilayotgan ijobiy osish suratini mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda ikki tomonlama tovar aylanmasi nomenklaturasini diversifikatsiya qilish va yaqin yillarda uning hajmini 500 mln. dollarga yetkazish uchun ulkan salohiyat mavjudligini takidladilar.

Shu munosabat bilan Tomonlar ozaro savdo nomenklaturasini yanada kengaytirish muhimligini tasdiqladilar. Tomonlar sanoat kooperatsiyalarini rivojlantirish, qoshma korxonalar va savdo uylarini yaratish, tashqi savdo infratuzilmalari va eksport-import operatsiyalarini qollab-quvvatlash mexanizmlarini faol rivojlantirish, shuningdek, ozarolik asosida biznes-forumlar va sanoat mahsulotlarining milliy korgazmalarini tashkil qilish uchun ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdilar.

Tomonlar ikkala mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va ragbatlantirish boyicha birgalikdagi say-harakatlarini amalga oshiradilar. Shu munosabat bilan davlat rahbarlari Ozbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati ortasida investitsiyalarni ragbatlantirish va ozaro himoya qilish togrisida Bitim imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etadilar.

Tomonlar ishbilarmon doiralar ortasida aloqalarni kengaytirish hamda salmoqli savdo bitimlari va shartnomalarni tuzishga komaklashgan ozaro milliy korgazmalar va biznes-forumlar 2017-yilda Toshkent va Dushanbe shaharlarida muvaffaqiyatli otkazilganligini qayd etdilar.

Bolib otgan oliy darajadagi tashrif doirasida Dushanbe shahrida tashkil qilingan Ozbekistonda ishlab chiqarilgan korgazmasi va Ozbekiston-Tojikiston qoshma biznes-forumiga yuqori baho berildi.

Ikki davlat rahbarlari 2018-yil 10-yanvarda Dushanbe shahrida bolib otgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiyaning beshinchi yigilishi yakunlarini ijobiy baholadilar hamda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish boyicha barcha masalalarni hal qilishda, shuningdek, hamkorlikning yangi istiqbolli yonalishlarini aniqlashda uning samarali mexanizm sifatidagi rolini yanada kuchaytirish zarurligini takidladilar.

Tomonlar mazkur tashrif davomida imzolangan Ozbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati ortasida mintaqalararo hamkorlik togrisida Bitimga muvofiq savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki davlat mintaqalari ortasidagi aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirish zarurligini qayd etdilar.

6. Davlat rahbarlari ikki mamlakatning umumiy transport-kommunikatsiyaviy imkoniyatlari va tranzit salohiyatidan imkon qadar tola foydalanishga alohida ahamiyat bergan holda, transport qatnovi sohasidagi hamkorlikni jadallashtirish va mavjud avtomobil, temir yol, havo qatnovi tranzit yonalishlarini qayta tiklash va yangilarini yaratish masalalarini ishlab chiqish yuzasidan tegishli idoralarga topshiriq berdilar.

Prezidentlar tomonidan 2017 yilning aprel oyida Toshkent shahri bilan Dushanbe shahri ortasida togridan-togri aviaqatnovning ochilishi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar ikki mamlakat shaharlari ortasida mavjud avtomobil, temir yol va havo qatnovi yonalishlarini qayta ishga tushirish va yangilarini ochish Ozbekiston bilan Tojikiston ortasida madaniy-gumanitar va savdo-iqtisodiy munosabatlarning faollashuviga komaklashishini takidladilar.

Ozbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi temir yollari ishtirokida tashqi savdo yuklarini tashishda raqobatbardosh tariflarni shakllantirish masalalari boyicha yanada keng hamkorlik qilish amaldagi transport yolaklarini samarali ish yuklamasi bilan taminlashga imkon yaratishi qayd etildi.

Shu munosabat bilan ikki davlat rahbarlari Galaba - Amuzang uchastkasida temir yol qatnovining qayta ishga tushirilganini mamnuniyat bilan takidladilar.

7. Ikkala davlat rahbarlari madaniy-gumanitar sohada, ilmiy muassasalar, oquv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va sport jamoalari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari, kasaba uyushmalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari ortasida togridan-togri aloqalar va tajriba almashinuvni rivojlantirish boyicha hamkorlikning ustuvor xususiyatini qayd etdilar.

Davlat rahbarlari tomonidan 2017 yilda Tojikiston Respublikasida Ozbekiston Respublikasi madaniyati kunlari va Ozbekiston Respublikasida Tojikiston Respublikasi madaniyati kunlari muvaffaqiyatli otkazilganiga yuqori baho berildi.

Davlat rahbarlari talim va fan sohasida ozaro aloqalarni, shu jumladan, ikki mamlakat oliy oquv yurtlari va fanlar akademiyalari ortasida hamkorlikni rivojlantirish orqali kengaytirish zarurligini qayd etdilar.

Tomonlar ilmiy va pedagogik kadrlarni tayyorlash, tadqiqotchilar, mutaxassislar, professor-oqituvchi kadrlar va talabalar bilan almashinuv, shuningdek, talim togrisidagi hujjatlar, malaka va ilmiy darajalarni ozaro tan olish masalalari boyicha axborot almashinuvi sohalarida hamkorlik qiladilar va qulay sharoitlar yaratadilar.

8. Tomonlar bundan buyon ham ikki davlat hududida milliy madaniy markazlar faoliyati uchun ona tili, madaniyati, anana va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirishda qulay sharoitlar yaratib beradilar, bir davlat hududidagi boshqa davlat fuqarolarining huquq va manfaatlarini taminlash boyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.

Ikki mamlakat Prezidentlari ozbek tilini Tojikistonda hamda tojik tilini Ozbekistonda organish va orgatishni takomillashtirish, ozbek va tojik tillarida oqitiladigan umumiy talim oquv muassasalari tizimini kengaytirish, oquv va badiiy adabiyotlar, davriy va ilmiy nashrlar bilan almashinuv boyicha hamkorlik ornatish, ikki mamlakatning mumtoz adabiyot vakillari va zamonaviy mualliflari asarlarini tarjima qilishni qollab-quvvatlash masalalariga alohida etibor qaratadilar.

Tojikiston tomoni Samarqand shahrida ikki xalqning buyuk vakillari A.Navoiy va A.Jomiyga yodgorlik ornatilishini, shuningdek, Samarqand shahridagi zamonaviy tojik adabiyotining asoschisi S.Ayniy muzeyining rekonstruksiya qilinishini mamnuniyat bilan qarshi oldi.

Ozbekiston tomoni, oz navbatida, Tojikiston Respublikasi Hukumatining Dushanbe shahrida A.Navoiy nomidagi parkni barpo qilish va unda A.Navoiy va A.Jomiyga yodgorlik ornatish haqidagi qarorini mamnuniyat bilan qarshi oldi.

9. Tomonlar Ozbekiston-Tojikiston Davlat chegarasidan otkazish punktlari faoliyatining qayta tiklanganini mamnuniyat bilan etirof etib, ularning tolaqonli faoliyat yuritishi ikkala xalq manfaatlariga xizmat qilishini hamda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishini takidladilar.

Davlat rahbarlari Ozbekiston va Tojikiston xalqlari ortasidagi aloqalarni mustahkamlashga komaklashadigan, ikki davlat fuqarolarining 30 kunga qadar ozaro safarlari uchun vizasiz rejimning joriy qilinayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

10. Prezidentlar terrorizm va ekstremizm, narkotrafik, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy qurol savdosi, ommaviy qirgin qurollarini tarqatish, noqonuniy migratsiya hamda boshqa mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka oid xuruj va tahdidlarga qarshi kurashishda ham ikki tomonlama, ham xalqaro formatlarda hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, oz hududlarida Tomonlarning milliy xavfsizlik manfaatlariga qarshi qaratilgan noqonuniy faoliyatni amalga oshirishga yol qoymaslikka tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Ushbu maqsadlarda Ozbekiston va Tojikiston tegishli idoralarining maslahatlashuvlarini otkazish orqali hamkorlikni takomillashtirish boyicha barcha zaruriy choralar koriladi.

11. Ikki davlat rahbarlari harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda, shuningdek, harbiy talim sohasida ozaro manfaatli asoslarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

12. Prezidentlar ikki mamlakatning chegaraoldi hududlarida muhandislik tosiqlari uchastkalarini zararsizlantirish masalasi boyicha Ozbekiston-Tojikiston qoshma ishchi guruhi tuzlishini mamnuniyat bilan etirof etdilar va mazkur ishlarni 2018-2019 yillarda yakunlash lozimligini qayd etdilar.

13. Prezidentlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf qilish sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va aniq tadbirlarni amalga oshirish muhimligini takidladilar.

14. Tomonlar Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va izchil rivojlanishni taminlashga doir dolzarb masalalar boyicha pozitsiyalarining bir-biriga mos kelishi yoki yaqinligini tasdiqladilar.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyoda barcha ichki mintaqaviy muammolarni hal etish mintaqa davlatlarining faqatgina ozlari tomonidan ochiq va konstruktiv muloqot orqali teng huquqlilik, ozaro manfaatdorlik va bir-birlarining manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshirilishi mumkin va lozimligini takidladilar.

15. Prezidentlar Markaziy Osiyo farovonligining asosiy omillaridan biri mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika resurslaridan kompleks foydalanish ekanligini takidladilar. Ochiq muloqot, ozaro anglashuvni mustahkamlash va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish, ozaro maqbul, adolatli va oqilona yechimlarni topish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish sohasida mintaqaviy sheriklikni rivojlantirishdan ozaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar hamda Markaziy Osiyo uchun suv-energetika muammolarini hal etishda mavjud va barpo etilayotgan gidroenergetik inshootlar muhim ahamiyatga ega ekanligini takidladilar.

Shu munosabat bilan Ozbekiston tomoni Tojikiston Respublikasida gidrotexnik inshootlar, shu jumladan, Rogun gidroelektr stansiyasining qurilishida umumtirof etilgan xalqaro normalar va mazkur obektlarni qurish boyicha standartlarga rioya qilinishini hisobga olgan holda ishtirok etish imkoniyatini har tomonlama korib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.

Davlat rahbarlari mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda konstruktiv muloqot ornatishga komaklashadigan Markaziy Osiyo transchegaraviy suv resurslaridan kompleks tarzda va samarali foydalanish boyicha huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurligini takidladilar.

Tomonlar Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi (Toshkent, 2018 yil 5-8 iyun) va 2018-2028 yillarda Suv barqaror rivojlanish uchun xalqaro harakatlar on yilligi boyicha oliy darajadagi xalqaro konferensiya (Dushanbe, 2018 yil 20-22 iyun) otkazilishini mamnuniyat bilan etirof etadilar.

16. Prezidentlar xalqaro masalalarda har qanday qarama-qarshilik va kelishmovchiliklarni faqatgina siyosiy yol bilan, muzokaralar va boshqa tinch vositalar orqali hal qilish mumkin, degan yakdil fikrdalar.

Tomonlar xalqaro maydonda ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlash uchun salmoqli salohiyat mavjudligini qayd etdilar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida Ozbekiston va Tojikiston hamkorligini yanada rivojlantirishga ozaro intilishlarini bildirdilar.

Prezidentlar BMT global xavfsizlikni saqlashga komaklashadigan yetakchi universal xalqaro tuzilma, shuningdek, davlatlararo va xalqaro muammolarni hal qilish uchun asosiy maydon bolib qolmoqda, degan yakdil fikrdalar. Tomonlar xalqaro munosabatlarda uning markaziy muvofiqlashtiruvchi rolini mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.

Tomonlar Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik nomli Afgoniston boyicha oliy darajadagi xalqaro konferensiya (Toshkent shahri, 2018-yil 26-27-mart) hamda Terrorizm va radikalizmga qarshi kurashish masalalari boyicha oliy darajadagi xalqaro konferensiya (Dushanbe shahri, 2018-yil 3-4-may) otkazilishini mamnuniyat bilan etirof etadilar.

Tojikiston tomoni Ozbekiston tomonining BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlash boyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va Marifat va diniy bagrikenglik rezolyutsiyalarini, shuningdek, Yoshlar huquqlari togrisida BMT konvensiyasini ishlab chiqish va ilgari surish boyicha tashabbusini qollab-quvvatladi.

Tomonlar Tojikistonning 2018-yilda MDHga raislik qilishini hisobga olgan holda, Hamdostlikni ozaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun tasirchan maydonga aylantirish maqsadida uning mexanizmlaridan yanada samarali foydalanishdan ozaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Ozbekiston tomoni Tojikiston tomonining Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Antinarkotik markazini tashkil qilish togrisidagi tashabbusini qollab-quvvatladi.

Tojikiston tomoniga Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari temir yol mamuriyatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini otkazish hamda ShHT azo-davlatlari rahbarlarining yoshlarga qoshma murojaatini qabul qilish togrisidagi Ozbekiston tomoni tashabbusini qollab-quvvatlaganlik uchun minnatdorlik bildirildi.

Prezidentlar Islom hamkorlik tashkiloti doirasida ikki mamlakatning konstruktiv hamkorligiga yuqori baho berdilar. Tojikiston tomoni Tashkilotning Fan va texnologiyalar boyicha ikkinchi sammitini 2020-yilda Ozbekistonda otkazish togrisida Ozbekiston tomonining taklifini qollab-quvvatladi.

17. Davlat rahbarlari Tomonlar ortasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni oz vaqtida va vijdonan bajarishga sodiq ekanliklarini bildirdilar hamda ozaro qiziqish uygotadigan sohalarda Ozbekiston-Tojikiston munosabatlarini jadallashtirish uchun shartnomaviy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligini takidladilar.

Tomonlar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi natijalarini mamnuniyat bilan etirof etdilar hamda bolib otgan muzokaralar va tashrif davomida imzolangan hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama ozaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga yangi turtki berishini, shuningdek, davlatlararo munosabatlarni har tomonlama chuqurlashtirishga salmoqli hissa qoshishini takidladilar.

18. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonga va butun Tojikiston xalqiga Ozbekiston delegatsiyasiga korsatilgan mehmondostlik, samimiy va dostona qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonga davlat tashrifi bilan Ozbekistonda bolishni taklif qildi. Tashrifning aniq muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon

 

Dushanbe shahri, 2018-yil 9-mart

Manba: Ozbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018