2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan uchrashuvdagi nutqi

 

 

Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar! 

Hurmatli dostlar! 

Hammamiz orziqib kutgan mana shu gozal bahor kunlarida, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida siz, azizlar bilan uchrashib turganimdan goyat mamnunman.  

Avvalo, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ana shu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etib, ozimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishga ijozat bergaysiz.  

Bu qutlug ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinchi navbatda muqaddas va motabar Ona siymosiga tazim qilamiz. 

Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bolib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk sanat asarlari, qoshiq va qasidalar, memoriy obidalar ayollar shaniga bagishlangandir. 

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va korki bolgan xotin-qizlarni ezozlash, ularga hurmat va ehtirom korsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bolib kelgan va shunday bolib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz gozal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. 

Hech shubhasiz, Ozbekiston deb atalgan jonajon Vatanimizda har qaysi mard yigit avvalo mehribon onasi, oilasi, farzandlari baxtli bolishini albatta istaydi, hazrat Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, bu yolda ozining butun borligini bagishlashga tayyor turadi. 

Bugungi bayramni biz Ozbekiston oglonlari, mardi maydonlari avvalo, dilimizda, qalbimizda sizlarga bolgan mehr va muhabbatimizni yana bir bor izhor etish imkonini beradigan ayyom, deb qabul qilamiz. 

Aziz va muhtarama opa-singillar! 

Bugungi kunda Ozbekistonni yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan maqsad va vazifalarga erishishda siz, azizlarning beqiyos hissangiz bor. Buning uchun sizlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi, albatta. 

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 400 ga yaqin opa-singillarimiz rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda. Ulardan 17 nafari senator, 16 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bolib, 1 ming 75 nafari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tarkibida faoliyat yuritmoqda. 

Onlab opa-singillarimiz Ozbekiston Qahramoni, Ozbekiston fan arbobi, Ozbekiston xalq oqituvchisi, Ozbekiston xalq shoiri, Ozbekiston xalq artisti singari davlatimizning yuksak faxriy unvonlariga, orden va medallariga  sazovor bolgan. Ularning orasida 500 nafardan ziyod fan doktorlari va akademiklar, minglab fan nomzodlari oz bilimi va istedodi bilan Vatanimiz ravnaqiga astoydil xizmat qilib kelmoqda. 

Bugungi davramizda ana shunday muhtarama ayollarimizni, ularning davomchilari bolgan istedodli qizlarimizning munosib vakillarini korib turganimdan xursandman. 

Qadrli dostlar! 

Sizlarga yaxshi malum, hurmatli opa-singillarimizning jamiyat hayotidagi orni va nufuzini oshirish maqsadida yaqinda Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident farmoni qabul qilindi. 

Farmonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, qonuniy manfaatlarini taminlash, qobiliyat va salohiyatini royobga chiqarish, oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan koplab chora-tadbirlar belgilandi. 

Hech kimga sir emas, Xotin-qizlar qomitasidan, uning joylardagi bolimlaridan kop narsalarni talab qilar edik. Lekin, ochiq aytish kerak, buning uchun ularda yetarlicha imkoniyat bormi-yoqmi, bu haqda kopincha oylab kormas edik. Bu qomita ayollarning muammolarini bilgani bilan, ularni hal etish boyicha deyarli amaliy choralar korolmas edi. 

Shularning barchasini hisobga olib, avvalo Ozbekiston xotin-qizlar qomitasi va uning hududiy bolinmalarining yangilangan tuzilmalari tasdiqlanib, shtat birliklari hamda xodimlarining oylik ish haqi oshirildi. Ularga qoshimcha vakolat va imkoniyatlar berilib, samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. 

Farmonga binoan shu yil 1 apreldan boshlab fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda manaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boyicha mutaxassis lavozimi joriy etilmoqda. 

Shunga etibor bering, endi 8 ming 800 ta bilimdon, jonkuyar mutaxassis ayollar oilaviy munosabatlarni yaxshilash, nizoli vaziyatlar, ajralishlar, barvaqt nikohlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarning manaviy-axloqiy tarbiyasi boyicha doimiy ish olib boradi. 

Hammamiz yaxshi tushunamiz, bugungi tez ozgarayotgan, ziddiyatli davrda oilaviy masalalarni ilmiy asosda chuqur organmasdan turib, ijtimoiy hayotdagi koplab murakkab savollarga javob topish qiyin. Shuning uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bolinmalari tashkil qilindi va ularning ish faoliyatini samarali yolga qoyish, bino va zarur jihozlar bilan taminlash choralari korilmoqda. 

Shu bilan birga, ilgari Adliya vazirligi tasarrufida bolib kelgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish idoralari, eskicha aytganda, ZAGS idoralari tuman yoki shahar hokimi orinbosari Xotin-qizlar qomitasi raisiga boysundirildi. Endi ular nafaqat nikoh munosabatlariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish, balki oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish boyicha ham faol ish olib boradi. Masalan, oila universitetlarini tashkil etish, nikohdan otadigan shaxslar bilan suhbatlar olib borish, toy-marosimlarni tartibli otkazish, ajralishlarning oldini olish va boshqa muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. 

Shu fursatdan foydalanib, siz, muhtarama opa-singillarimizdan toy va marakalarimizni  ixcham va mazmunli otkazish boyicha oz fikrlaringizni bildirib, uni hal qilib berishlaringizni iltimos qilaman. 

Farmonga asosan Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qollab-quvvatlash jamoat fondi tuzilib, uning faoliyatini samarali tashkil etish uchun hozircha 300 milliard som (OR MB kursi 09.03.2018 da, 1$= 8163.46 som)mablag ajratilmoqda. 

Ana shu mablag hisobidan xotin-qizlar bandligini taminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandlikka keng jalb etishga alohida etibor qaratiladi. Bu boradagi say-harakatlar faol tadbirkorlikni rivojlantirish, ayollarning oiladan, farzand tarbiyasidan ajralmagan holda kasanachilik, tomorqachilik bilan shugullanishi uchun zarur sharoit yaratadi.

Qabul qilingan Farmonga muvofiq, kam taminlangan, shaxsiy uy-joyga muhtoj oilalarga uy-joy olish uchun ajratiladigan kreditlarning boshlangich badallarini tolab berishda ham fond mablaglaridan foydalanish belgilangan. 

Farmonda yana bir muhim yangilik kozda tutilgan. Unga binoan bu yildan etiboran Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini on tort yoshga tolgan va ottiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga berish boyicha yangi tartib joriy etildi. 

Endi har yili Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan  qizimizga bu mukofot beriladi. 

Bu yil 28 nafar istedodli qizimiz Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor boldi. Bugun ularga ana shu mukofotlarni sizlarning huzuringizda tantanali ravishda topshiramiz. 

Albatta, Farmonda belgilab berilgan dolzarb vazifalar haqida yana uzoq gapirish mumkin. Lekin, hammamiz yaxshi tushunamiz, bu vazifalar hali maqsad, reja, xolos, ularni samarali amalga oshirish uchun hammamiz, avvalo, siz, hurmatli xotin-qizlarimiz bilan birgalikda faol ish olib borishimiz kerak. 

Muhtaram yigilish ishtirokchilari! 

Xabaringiz bor, otgan bir yil davomida biz xalqimiz, jumladan, xotin-qizlar bilan muloqot olib borishni davlat siyosati darajasiga kotardik. Shu asosda qishloq va shaharlarimizda uyma-uy yurib, ijtimoiy-manaviy muhitni organish, bu boradagi muammolarni hal etish boyicha samarali tizim yaratildi. Hozirgi vaqtda ana shu tizimning muhim bir qismi sifatida markazdan tortib eng olis tumanlargacha jamoatchilik nazorati guruhlari faoliyat korsatmoqda. 

2017-yilda 5 milliondan ortiq xonadondagi muhit organilib, 15 million fuqaro bilan muloqot otkazildi, aholi tomonidan kotarilgan 500 mingdan ziyod muammoning 72 foizi joyida hal etildi, 14 mingdan ortiq oiladagi notinch vaziyat bartaraf qilindi. Shular qatorida yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bolmagan 1 ming 100 dan ortiq shaxsga Ozbekiston fuqaroligi berildi. Ular orasida yuzlab ayollar ham borligi va ularga nisbatan adolatning tiklangani, hech shubhasiz, inson huquq va erkinliklarini taminlash yolidagi muhim qadamdir. 

Mamlakatimizda shu paytgacha xotin-qizlarni eng kop bezovta qilib kelgan masala maktabgacha talim muassasalarini rivojlantirishga ham alohida etibor berilmoqda. Bu chuqur oylangan siyosat bolib, yurtimizda uzluksiz talim va tarbiya tizimini mukammal shakllantirish imkonini beradi. 

Shu nuqtai nazardan qaraganda, Kelajak bogchadan boshlanadi degan shior balandparvoz gap emas. Aslida vatanparvarlik, el-yurtga fidoiylik bir qarashda oddiy, lekin hayot talabi bolgan ana shunday dolzarb ishlardan boshlanadi. 

Biz bu yil 3 mingdan ziyod bolalar bogchasini tashkil etishni rejalashtirganmiz. Shundan 1 ming 200 ta bogcha yangitdan quriladi, 1 ming 360 ta bogcha mavjud binolarda va 470 ta bogcha esa uy bogchasi sifatida tashkil etiladi. Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlari asosida hududlarga biriktirilgan tijorat banklari va tadbirkorlar imkoniyatlarini keng ishga solamiz. 

Men hududlarga borganimda shahar va tumanlarimizda barpo etilayotgan yangi bogchalar, ulardagi sharoitlar bilan tanishishga alohida etibor beraman. Eng asosiysi, bunday ishlardan onalar, ayollarimiz, jajji farzandlarimiz mamnun bolmoqda. 

Ayni vaqtda bu sohada hal qilishimiz zarur bolgan masalalar ham kop. Masalan, ushbu tizimda faoliyat korsatayotgan qariyb 60 ming tarbiyachining atigi 21 foizi oliy malumotli, qolgani esa orta maxsus malumotga ega. 

Ana shu masalani hal qilish uchun 2018-2019-oquv yilidan boshlab oliy oquv yurtlarida maktabgacha talim yonalishi boyicha kunduzgi bolimda bakalavrlar tayyorlaydigan 3 yillik tizimni joriy etmoqdamiz. Shuningdek, bu yonalish boyicha sirtqi va kechki talim shaklida bakalavrlar tayyorlash tizimi ham yolga qoyiladi. 

Mart oyidan boshlab hududlarimizdagi universitet va pedagogika institutlari bazasida bogcha pedagoglari va shu sohada mutaxassis bolmagan kadrlar uchun yarim yillik oquv dasturlari asosida qayta tayyorlash kurslari tashkil etilmoqda. 

Xabaringiz bor, biz ushbu soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini ragbatlantirish maqsadida yaqinda alohida qaror qabul qildik. Unga kora, shu yil 1 martdan boshlab bogcha xodimalarining ish haqi ikki bosqichda sezilarli ravishda oshirib boriladi. Ana shu maqsadlar uchun 2018-yilda davlat byudjetidan 386 milliard som qoshimcha mablag ajratiladi. 

Bundan tashqari, 2023-yilning 1-yanvarigacha Qoraqalpogiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatidagi iqtisodiy ahvoli ogir bolgan ayrim tumanlarda maktabgacha talim muassasalarida bogcha tolovlari miqdori 50 foizga kamaytirildi. 

Qadrli yurtdoshlar! 

Mamlakatimizda onalik va bolalikni himoya qilish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash maqsadida tibbiyot sohasini, xususan, shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, dori-darmon taminotini yaxshilash boyicha kop ishlar qilinmoqda. Ana shu ishlarni yangi bosqichga kotarish uchun joriy yilda byudjet mablaglari hisobidan qariyb 1 trillion som mablag ajratilib, bu borada yangi qadamlar qoyiladi. 

Barcha hududlarda perinatal yordam sifatini yaxshilash, onalar va bolalarga korsatiladigan tibbiy xizmat darajasini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlarining yordamini ham jalb etish kozda tutilmoqda. 

Mamlakatimizda xotin-qizlarning dam olishi, salomatligini tiklashiga ham katta etibor berilmoqda. Bu haqda gapirganda, bir raqamga diqqatingizni qaratmoqchiman. Har yili kasaba uyushmalariga qarashli sanatoriylarda dam olayotgan aholining 60 foizini ayollar tashkil etmoqda. 2017-yilda 75 mingga yaqin ayol ana shunday maskanlarda imtiyozli yollanmalar asosida soglomlashtirildi. 

Shu bilan birga, qishloq vrachlik punktlari faoliyatini, profilaktika va patronaj tizimini yanada takomillashtirish borasida keng kolamli ishlar olib borilmoqda. 

Ayni vaqtda hammamiz yaxshi bilamiz, bu sohada ham muammolar yoq emas. Xususan, homilador ayollarni skrining korigidan otkazish ishlari talab darajasida emas. Bu boradagi jiddiy kamchiliklarga barham berish maqsadida oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida qizlarimiz, ayollarimiz uchun alohida tibbiy maslahatxonalar tashkil etilmoqda. 

Bu masalalarning ahamiyatini sizlar ona sifatida, tarbiyachi va murabbiy sifatida, oylaymanki, boshqalardan kora yaxshiroq tushunasiz. 

Biz xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, kop yillar davomida ogir masala bolib kelgan uy-joy muammosini hal qilishga kirishdik. 

Bu borada ayniqsa ipoteka kreditlari asosida qurilayotgan arzon uy-joylar kopchilikka maqul bolmoqda. 

Otgan yili shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va kop qavatli uy-joylar barpo etilib, minglab yurtdoshlarimiz yangi, zamonaviy turarjoylarga ega bolishdi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bolgan fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, ularga imtiyozli uylar ajratish boyicha yangi tizim joriy etilgani ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. 

2017-yilning ozida 1 ming 207 nafar muhtoj, nogiron ayolga arzon uy-joylar berildi. Ularning 972 nafariga homiy tashkilotlar tomonidan tikuv mashinalari olib berilib, kasanachilik bilan shugullanishi uchun sharoit yaratildi. 

Joriy yilda bu yonalishdagi ishlarimiz yanada kengaytirilib, 10 mingdan ortiq ijtimoiy yordamga muhtoj, nogiron ayollar ish orinlari bilan taminlanadi. 2018-yilda aholi, ayniqsa, yosh oilalarning ehtiyojini hisobga olib, arzon uy-joylarni qurish hajmi 1,5-2 barobar oshiriladi.  Bu maqsadlar uchun 5 trillion  286 milliard som mablag yonaltiriladi. 

Shu bilan birga, ogir maishiy sharoitda yashayotgan, boquvchisini yoqotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga 242 milliard som mablag ajratiladi. 

Otgan yili mamlakatimiz boyicha 120 mingdan ortiq tadbirkor xotin-qizlarga jami 2 trillion 700 milliard somlik kreditlar berildi, 84 mingdan ziyod xotin-qizlarimiz doimiy ish joylari bilan taminlandi, ayollarni kasbga oqitish kurslari tashkil etilib, ularda minglab opa-singillarimiz turli kasblarga orgatildi. 

Sizlarga malumki, biz 2018-yilni yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvatlash yili, deb elon qildik. Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturi doirasida tadbirkor ayollarga bu yil 2 trillion 800 milliard somlik kredit mablaglari ajratish moljallanmoqda. 

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish boyicha ikki yillik moratoriy elon qilingani oilaviy biznes, kasanachilik, xususiy tadbirkorlik rivoji uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda. 

Otgan yili madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish boyicha qilingan ishlar ham xotin-qizlarning hayotiy manfaatlariga bevosita daxldor, deb oylayman. Jumladan, Qoraqalpogiston Respublikasi va bir qator viloyatlarda oliy oquv yurtlarining filiallari, istedodli ogil-qizlarimiz uchun ulug adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari hamda Temurbeklar maktablari, Ulugbeklar maktablaribarpo etildi. 

Albatta, miqyosi va kolami tobora kengayib borayotgan bunday ezgu ishlarimiz haqida yana koplab misollar keltirish mumkin. Lekin biz bu ishlarning barchasini katta yoldagi dastlabki qadamlar, deb bilamiz. Hayotimizni yangilash, onalarimiz, opa-singillarimizni rozi qilish maqsadida boshlagan ishlarimiz biz kutgan amaliy natijalarni berishi uchun kelgusida ularni yanada kuchaytiramiz. 

Hurmatli yurtdoshlar! 

Bugungi kunda xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muammolar kuchayib borayotgani butun insoniyatni, jumladan, bizni ham qattiq xavotirga solmoqda. Bunday murakkab sharoitda yurtimizda va mintaqamizda tinchlik va osoyishtalikni asrash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. 

Biz bu borada qoshni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida etibor bermoqdamiz. 

Mana, erta-indin Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan boramiz. Yaqin qoshnimiz bolgan bu mamlakat bilan ham koplab muhim masalalarni ozaro muhokama qilib, ularni amaliy jihatdan hal etish niyatidamiz. 

Biz xorijiy mamlakatlarda qonuniy asosda mehnat qilayotgan, talim olayotgan fuqarolarimizga nisbatan munosabatni tubdan ozgartirdik. 

Yurtimizdan maxsus delegatsiyalar borib, chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar otkazayotgani, ularning mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash, haq-huquqlarini taminlash boyicha mahalliy boshqaruv idoralari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlar korilayotganidan, oylaymanki, sizlar xabardorsiz. Jumladan, xorijiy davlatlarda muvaffaqiyatli ishlab yurgan yuqori malakali olim va mutaxassislarimiz, vrachlar, salohiyatli investorlarni ularning orasida istedodli opa-singillarimiz ham kop yurtimizga taklif etib, oz bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqi yolida ishlatishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqdamiz. Chunki bu insonlar ham bizning vatandoshlarimiz, Ozbekiston fuqarolaridir. Shuning uchun biz bu ishlarni kelgusida yanada kuchaytiramiz. 

Malumki, mamlakatimizda ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirish maqsadida diniy-ekstremistik oqimga mansub shaxs sifatida hisobda turadigan fuqarolarga nisbatan munosabatimizni butunlay ozgartirdik. Bunday shaxslarni ozimizga yaqin olib, dardiga quloq tutganimiz bugun oz natijasini bermoqda. Hozirgi vaqtda ana shunday minglab  fuqarolar soglom turmush tarziga qaytarildi. 

Bu dunyoda eng yomon narsa nima? Tanayu malomat emasmi? Shu nuqtai nazardan qaraganda, bu insonlarning oilasi, farzandlari Bu falonchining xotini, Bu falonchining bolasi degan har xil tanalardan qutulgani eng katta ish boldi. Endi ular mahallada, maktabda, kocha-koyda boshini kotarib, ijtimoiy hayotimizda faol qatnashish imkoniga ega boldi. Bugungi kunda ana shu fuqarolarning hayotiy muammolarini hal etish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik bilan shugullanish istagini bildirganlariga bank kreditlari ajratish boyicha aniq choralar korilmoqda. 

Yurtimizda togri yoldan adashgan insonlar umuman bolmasligi uchun bu boradagi ishlarni susaytirmasdan, izchil davom ettirishimiz kerak. Oz faoliyatimizni jaholatga qarshi marifat asosida tashkil etishimiz lozim. 

Ozbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-marifiy muassasalar ham ayni shu maqsadlarni kozlab tashkil etilgani barchangizga yaxshi malum, deb oylayman. 

Siz, hurmatli ayollarimiz ozingizning onalik mehringiz, hayotiy bilim va tajribangiz bilan farzandlarimizni turli xavf-xatarlardan asrashda, ularni mustahkam irodali, manaviy-intellektual jihatdan yetuk, jonajon Vatanimizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashda bundan buyon ham kuch-gayratingizni ayamaysiz, deb ishonaman. Ayniqsa, qiz bolalarni hayotga tayyorlash, ularni zamonaviy bilimlar, kasb-hunarlarga orgatishda biz avvalo sizlarga suyanamiz. 

Xabaringiz bor, otgan yili kopchilik ota-onalar, yoshlarimiz, keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni hisobga olib, umumtalim maktablarida 11 yillik tizimni tikladik. Bunday qarorni qabul qilishda birinchi navbatda sizlarning fikringizni etiborga olganimiz, qizlarimizning taqdiri, kelajagi haqida oylaganimiz buyam ayni haqiqat. Chunki qiz bola uzoq shahar yoki tumandagi kollejga bormasdan, ota-onasining bagrida turib, ozining qadrdon maktabida oqishni davom ettirsa, uning ozi ham, oilasi ham tinch-xotirjam boladi. 

Farzandlar tinchligi, ularning baxti, kamoli jamiyatning eng katta boyligi. Buning ahamiyatini ota-ona bolgan odam biladi. Ayniqsa, hozirgi notinch, murakkab zamonda bu haqiqatni yanada chuqurroq anglash bu ham hayot talabidir. 

Hurmatli anjuman qatnashchilari! 

Bugungi davramizda muhtaram mehmonlarimiz Amerika Qoshma Shtatlari elchisi Pamela Spratlen xonim, Xitoy Xalq Respublikasi elchisi Szyan Yan xonim, Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim, Misr Arab Respublikasi elchisi Amani Eletr xonim, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ozbekistondagi vakolatxonasi boshligi Xelena Freyzer xonimlar ishtirok etib, bayram quvonchini biz bilan baham korishmoqda. Bu aziz mehmonlarimizni sizlarning nomingizdan, oz nomimdan samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida katta yutuq va omadlar tilashga ruxsat bergaysiz.  

Qadrli opa-singillar! 

Biz shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimizni yanada ravnaq toptirish, xalqimiz hayotini munosib darajaga kotarish boyicha qanday reja va dasturlar qabul qilsak, avvalo siz, azizlarning orzu-niyatlaringiz va manfaatlaringizni royobga chiqarishni oz oldimizga vazifa qilib qoyganmiz. Hozirgi kunda bu borada katta amaliy ishlarni boshlamoqdamiz. 

Butun mamlakatimiz boyicha zamonaviy loyihalar asosida ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada ayniqsa Obod qishloq dasturi muhim ahamiyatga egadir. Bu avvalo ayollarimizning turmush sharoitini yaxshilash, ularning kayfiyati, dunyoqarashini yuksaltirishga juda katta ijobiy tasir korsatadigan dasturdir. Ana shunday dasturlarimiz asosida yollar, talim va tibbiyot, madaniyat, sport maskanlari, uy-joylar yangilanmoqda. Minglab zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, kichik biznes, turizm va xizmat korsatish obyektlari barpo etilmoqda. 

Ayniqsa, ichki turizm boyicha yaratilayotgan imkoniyatlar yurtimiz boylab sayohat qilish, oz tariximiz va madaniyatimizni yanada chuqur bilishga qaratilgani bilan etiborlidir. 

Oylaymanki, Navroz bayrami munosabati bilan belgilangan qoshimcha dam olish kunlarida sizlar oilangiz, farzandlaringiz bilan ana shunday sharoitlardan foydalanib, mazmunli dam olish imkoniga ega bolasiz. 

Aziz opa-singillar! 

Sozimning oxirida barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. 

Mening tilagim, mening maqsadim bitta oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog-omon bolinglar! 

Nega deganda, ayollarimizning baxti xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir. 

Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. 

Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardogida bolish hammangizga nasib etsin! 

Katta rahmat sizlarga. 

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018