2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Davlat xizmatlari korsatish tizimini takomillashtirish masalalariga bagishlandi

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yilning 4-aprel kuni aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari korsatish borasidagi ishlar tahlili va galdagi eng muhim vazifalarga bagishlangan yigilish otkazildi.

Ilgari tadbirkorlikni yolga qoymoqchi, biror firma yoki korxona ochmoqchi bolgan odam hujjat togrilash jarayonida sarson-sargardon bolardi. Notarius, arxiv yoki kadastr idorasidan, gaz, elektr, suv taminoti tashkilotidan yoki mahalladan oddiy bir malumotnoma olish uchun ham bazan kun boyi navbatda turishga togri kelardi.

Bugun ham qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va malumotlar bazasi mavjud emasligi davlat xizmatlari korsatishda muayyan qiyinchiliklar tugdirmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining past darajada ekani va qogoz hujjatlar aylanmasining saqlanib qolgani asossiz moliyaviy xarajatlarga, fuqarolarning ortiqcha kutib qolishi va navbatlar yuzaga kelishiga, bu esa, oqibatda bazan korrupsiya va byurokratiya holatlariga olib kelmoqda.

Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida inson manfaatlari bosh mezon sifatida belgilangani hamda Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan ulugvor goya ilgari surilgani davlat organlari tomonidan korsatiladigan xizmatlarni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-dekabrdagi Aholiga davlat xizmatlari korsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari togrisidagi farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. 2018-yil 1-yanvardan yagona darcha markazlari Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirildi.

Bugungi kunda mazkur markazlar tomonidan bolalarni maktabgacha talim muassasalariga qabul qilish boyicha ariza berish, fuqaroni jamgarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoyish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, loyiha hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga, yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus istemol qilish uchun ruxsat berish kabi xizmatlar korsatish yolga qoyilgan. Bosh prokuratura va Adliya vazirligiga markazlar orqali korsatiladigan davlat xizmatlari turini yanada kopaytirish boyicha korsatmalar berildi.

Davlat xizmatlarining har bir turi Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi tamoyiliga kora, vakolatli davlat organlari, tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga soddalashtiriladi.

Albatta, odamlarning mushkulini oson qiladigan, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan bu tizim xalqimizga katta qulaylik yaratmoqda. Lekin hali joylarda ayrim kamchiliklar borligi tezkor va sifatli xizmatlar korsatishda qiyinchilik tugdirmoqda.

Masalan, ayrim vakolatli organlarda davlat xizmati korsatish boyicha elektron axborot tizimi toliq joriy etilmagan, idoralararo elektron axborot almashuvi yolga qoyilmagan. Ayrim Davlat xizmatlari markazlari optik tolali internet tarmogiga ulanmagan.

Yigilishda bu muammolar tanqidiy tahlil qilinib, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga 50 ta davlat xizmatlari boyicha elektron axborot tizimi va elektron malumotlar bazasini yaratish, barcha davlat xizmatlari markazlarini optik tolali internetga ulash boyicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, barcha markazlarda elektron navbat tizimini ishga tushirish, uyali telefonlar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradigan dasturlar yaratish zarurligi takidlandi.

Davlat xizmatlari markazlari binosining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy qilib qurish, bu borada investorlarga imtiyozlar berish vazifasi qoyildi.

Malumki, tadbirkorlikka doir 35 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar hukumat tomonidan beriladi. Bunday ota markazlashish tadbirkorlik rivojiga tosqinlik qiladi. Shu bois, Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili Davlat dasturiga muvofiq, litsenziyalar va ruxsat berish tartib-qoidalarini keskin qisqartirish va soddalashtirish boyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Kadastr va qurilish sohalarida davlat xizmatlari korsatish qoniqarsiz ahvolda ekani jiddiy tanqid qilindi. Ergeodezkadastr qomitasiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda kochmas mulk obyektlarining kadastr hujjatlarini elektron tartibda yuritish, kadastr guvohnomalarini qogozda emas, balki elektron reyestrdan kochirma shaklida berish amaliyotini joriy etish vazifasi topshirildi. Shuningdek, barcha ruxsatnoma va litsenziyalarni elektron tizim orqali taqdim etish imkonini beradigan Litsenziya axborot kompleksini joriy yil may oyiga qadar toliq ishga tushirish zarurligi takidlandi.

Yigilishda takidlanganidek, 2021-yilgacha 5 milliondan ziyod haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish zarur. Biroq bu boyicha har bir viloyatda 3-4 ta, mamlakatimizda jami 49 ta tuzilma bor, xolos. Endilikda haydovchilik guvohnomalarini almashtirib berish ham Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. Buning uchun ushbu markazlarga yol harakati xavfsizligi vakili biriktiriladi.

Sayyor qabullarda bildirilgan takliflarni inobatga olib, Adliya vazirligiga Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavr bosqichiga hujjatlarni joylardagi davlat xizmatlari markazlari orqali topshirishni tajriba tariqasida joriy qilish boyicha korsatmalar berildi.

Yigilishda sohaga masul rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Davlat xizmatlari korsatish tizimini takomillashtirish boyicha muhim vazifalar belgilab berildi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018