2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Buxoroda joriy yilda 8,6 ming tonnadan ziyod baliq yetishtiriladi

 

 

Buxoro viloyatida 240 fermer xojaligi va boshqa subyektlarga qarashli 1 ming 600 gektardan iborat suniy hovuzda baliq parvarishlanmoqda. Ular orasida tashkil etilganiga hali bir yil ham tolmagan Buxorobaliqsanoat masuliyati cheklangan jamiyati alohida orin tutadi.

Uni cohaning oziga xos kichik klasteri ham deyish mumkin. Boisi, mazkur korxonada baliq yetishtirish bilan bogliq jarayonlar uzviy, yani yagona texnologik zanjir asosida boglangan.

Prezidentimiz 2017-yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chogida baliqchilikni rivojlantirish boyicha qator tavsiyalar bergan edi. Shunga muvofiq, otgan vaqt mobaynida Buxoro tumanida Buxorobaliqsanoat masuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Ipotekabank viloyat filialining krediti va ulushi, loyiha tashabbuskorlarining jami 7 milliard somlik (OR MB kursi 05.02.2018 da, 1$= 8171.64 som) mablagi hisobidan 90 gektarlik maydonning 70 gektarida hovuz qazildi. Hovuz yonida zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish majmuasi ham barpo etildi. Shuningdek, hududda 5 gektar bog yaratildi.

Joriy yilning 16-17 fevral kunlari Prezidentimiz islohotlarning borishi va ishlab chiqilgan loyihalarning amalga oshirilishi jarayoni bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida mazkur baliqchilik xojaligida bolib, bu yerdagi ishning tashkil etilishini yuqori baholadi.

Baliqchilikda ham naslchilik muhim rol oynaydi, deydi Buxorobaliqsanoat masuliyati cheklangan jamiyatining ilmiy maslahatchisi, biologiya fanlari nomzodi Davron Niyozov. Bizda bu masalaga alohida etibor qaratiladi. Inkubatsiya seximizda yiliga 60 million chavoq yetishtiriladi. Bu yerda biroz etiborsizlik ham baliqlarning zaiflashuviga sabab bolishi hech gap emas. Shuning uchun chavoqlar parvarishi, xona harorati motadil bolishi qatiy nazoratga olingan.

Inkubatsiyadan chiqarilgan chavoqlar yopiq binodagi kichik hovuzlarda vazni 1,5-2 grammga yetguncha boqilib, ochiq havza hududidagi har qaysisi 1 gektarlik tortta maxsus hovuzda bosqichma-bosqich yozlik parvarish davrini otaydi. Ular vazni 35-50 grammga yetgach, maxsus hovuzda qishlaydi. Bahorda esa katta suvga qoyib yuboriladi. Kuzga borib galvir suvdan kotariladi.

Yana bir muhim jihati, majmuada yopiq suv aylanma tizimi ham yolga qoyilgan. Unda qishda intensiv usulda mol baliq yetishtiriladi.

Korxonada mahsulotni tozalash, qisqa muddatga muzlatish va 200 tonna sigimga ega sovutgichlarda uzoq vaqt saqlash uchun maxsus sexlar ham faoliyat korsatadi. Shuningdek, bu yerda baliqni qayta ishlash, yani dudlash texnologiyasi ham mavjud. Xullas, mahsulot bozorga muzlatilgan va tayyor mahsulot holida chiqariladi. Agar inkubatsiyadan chiqarilgan 60 million chavoqning 48 millioni shartnoma asosida turdosh xojaliklarga yetkazib berilishi nazarda tutilsa, korxona qoshimcha daromad manbaiga ega boladi.

Albatta, suniy hovuz mahsuldorligi ozuqaga juda bogliq. Bu masala yechimi puxta oylangan. Korxona yillik quvvati 2 ming tonnadan ziyod ozuqa ishlab chiqaradigan zamonaviy sexga ega. Bu yerda tarkibi makkajoxori doni, protein, turli vitamin va boshqa aralashmalar bilan boyitilgan ozuqalar tayyorlanadi. Bundan tashqari, ovlangan baliqlarni tozalashda hosil bolgan chiqindilar qayta ishlanib, ulardan ikkilamchi yemish olinadi.

Bahor baliqchilar uchun ham masuliyatli davr, deydi Buxorobaliqsanoat masuliyati cheklangan jamiyati rahbari Qayum Salomov. Kichik hovuzlarda sazan, oq amur, oq dongpeshona, chipor dongpeshona, Afrika laqqasi kabi baliq chavoqlarini parvarish qilishni boshlaymiz. Rejaga kora, kuzda 300 tonnaga yaqin baliq ovlaymiz. Kelgusi yilda mehnat samarasi bundan-da ziyod boladi. Otgan yili kuzda Buxoroga kelgan vetnamlik hamkasblar taklifiga binoan fevral oyi boshlarida Xanoy shahrida boldim. Baliq yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni qollagan holda katta yutuqlarga erishayotgan xorijliklar bilan hamkorlik aloqalarini yolga qoyishga kelishib olindi. Istiqbolda korxonamiz negizida qoshma korxona ham tashkil etmoqchimiz.

Bugungi kunda Buxoro viloyatida umumiy maydoni 56 ming gektar bolgan 8 tabiiy kol va bitta suv ombori, 1 ming 600 gektar suniy hovuzlarda baliq yetishtirish yolga qoyilgan. Joriy yilda ulardan otgan yilgiga nisbatan deyarli ikki barobar kop, aniqrogi, 8,6 ming tonnadan ziyod mahsulot olinishi kozda tutilgan. Bunda baliqchilik xojaliklari davlat tomonidan qollab-quvvatlanayotgani muhim omil bolmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Buxoro viloyatida baliqchilikni rivojlantirish loyihalariga 2018-2019 yillarda 100 milliard som miqdorida kredit mablagi ajratilishi ham soha istiqboliga xizmat qilishi shubhasiz.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018