2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Toshkentda oziq-ovqat sanoati korgazmasi ochiladi

 

Joriy yil 4-6 aprel kunlari Ozekspomarkaz milliy korgazmalar majmuida oziq-ovqat sanoati sohasiga ixtisoslashgan WorldFood Uzbekistan 2018 xalqaro korgazmasi bolib otadi.

On sakkizinchi bor tashkil etilayotgan korgazmada 26 davlatdan 200 ga yaqin kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida ilk bor Belarus Respublikasi sanoatchilari ham qatnashadi. Bu haqda korgazmaoldi matbuot anjumanida malum qilindi.

Bu yil korgazma ish dasturi juda qiziqarli va keng qamrovli bolishi kutilmoqda, deydi Iteca Exhibitions xalqaro korgazma kompaniyasi bosh direktori orinbosari Oyimxon Bobojonova. Korgazma avvalida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatlash Sifat ustasi tanlovi otkaziladi. Unda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari sifati hakamlar hayati tomonidan baholanadi va goliblar turli nominatsiyalar boyicha taqdirlanadi.

Korgazma doirasida Ozbekiston Belarus sanoatchilari xalqaro forumi otkazilishi belgilangan. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oziq-ovqat sanoati boyicha ozaro tajriba almashadi, savdo aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etiladi. Xalqaro tadbirda qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash sohasidagi yangi texnologiyalar namoyish etiladi.

Yana bir yangilik Ozbekistonda ilk bor Riteyl markaz oz ishini boshlaydi. Bu markaz oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari va savdo tarmoqlari ortasida mahsulot yetkazib berish boyicha bevosita muzokaralar maydoni vazifasini otaydi.

WorldFood Uzbekistan 2018 xalqaro korgazmasi Ozbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Ozbekoziqovqatxolding xolding kompaniyasi, Ozbekoziqovqatzaxira uyushmasi, Ozsharobsanoat AJ, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etiladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018