2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Davlat arxitektura va qurilish qomitasi bazasida Ozbekiston Qurilish vazirligi tashkil etildi.

 

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2 apreldagi farmoni bilan Davlat arxitektura va qurilish qomitasi bazasida Ozbekiston Qurilish vazirligi tashkil etildi.

Farmonda qayd etilishicha, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi subektlarning innovatsion goyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga tosqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi.

Xususan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini korsatishning maksimal shaffofligi va samaradorligi taminlamayapti.

Kopchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks qurishga, ishlab chiqarish va infratuzilma obektlarini joylashtirishga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy tasir korsatmoqda, shuningdek, qurilish jarayonida puxta oylanmagan qarorlarni qabul qilishga sabab bolmoqda.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qollash etiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va obektlarni qurish sifatiga salbiy tasir korsatmoqda.

Qurilish ishlarini tashkil etish, innovatsion goyalar va ishlanmalarni joriy qilishda ayrim hollarda tor idoraviy manfaatning ustunlik qilishi budjet mablaglaridan oqilona foydalanmaslikning sabablaridan biri hisoblanadi.

Farmonga muvofiq, Ozbekiston Davlat arxitektura va qurilish qomitasi huzuridagi Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilindi.

Rivojlantirish va moddiy ragbatlantirish jamgarmasi hamda Talim muassasalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi bazasida Vazirlik faoliyatini qollab-quvvatlash jamgarmasi tashkil etildi.

Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni taminlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;

respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;

shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yonalishlari boyicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va orta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;

loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qollaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;

arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan talim muassasalarida oquv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga komaklashish.

Aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarga qatiy muvofiq ravishda kompleks qurilishi, aholi punktlarini rejalashtirish va qurish, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik togrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma, qoida va standartlariga sozsiz rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek buyurtmachi texnik nazorat va loyiha tashkilotlari mualliflik nazorati olib borishi ustidan monitoring otkazish vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat boyicha inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Farmon bilan qurilish-montaj tashkilotlari reyestrini yuritish togrisidagi talab bekor qilindi. Barcha tadbirkorlik subektlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ozbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgarmasidan moliyalashtiriladigan obektlar qurilishi doirasida tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish boyicha tanlov (tender) savdolarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqi berildi.

Ikki hafta muddatda qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashning soddalashtirilgan mexanizmi tasdiqlanadi.

Akkreditatsiya mexanizmini joriy etish orqali, jumladan, akkreditatsiya organining mustaqilligini taminlash, subektlarning malaka talablariga muvofiqligini baholash tartibini belgilashni nazarda tutgan holda, qurilish sohasida texnik nazoratga oid davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga otkazish rejalashtirilmoqda.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018