2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekistonga qiziqish ortmoqda

 

 

 

Nafaqat ekspertlar, balki kopchilik xalqaro hamjamiyatga dadil kirib borayotgan Ozbekistondagi tub ozgarishlarni diqqat bilan kuzatmoqda. Birinchi Prezident Islom Karimov vafotidan song Ozbekistonning siyosiy rahbariyati almashgach muayyan bezovtalik paydo bolgandi. Tajribaning korsatishicha, hozirgi vaziyatda har qanday Prezident saylovlari mamlakatda ahvolni ijobiy tomonga ozgartiradigan jarayondir.

Masalan, bunday tadbir tigiz siyosiy ixtiloflar sharoitida otishi, pirovardida barcha sohaga, iqtisodiyot va odamlar turmushiga salbiy tasir korsatishi mumkin. Ayrim hollarda davlat va xojalik boshqaruvining tizimini ozgartirish, siyosiy, iqtisodiy yolni, sotsial siyosatni almashtirish borasidagi keskin choralar jazavali davolashga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Bazan hokimiyat almashuvi odatiy tuzumni ozgartirmasligi, lekin bunday yechim turgunlik deb atalmish noxush natijalarga olib kelishi mumkin.

Shunisi quvonchliki, Ozbekiston xalqi mana shu oson bolmagan davrda jipsligini namoyon etdi, tinchlik va osoyishtalikni, bu ajoyib olka aholisiga xos bolgan bunyodkorlik kayfiyatini saqladi. Lekin bu hamma narsa avvalgicha qolganligini anglatmaydi. Davlat va jamiyatning barcha darajadagi va barcha sohadagi hayotida sezilarli ozgarishlar roy berdi va bu jarayon davom etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning komandasi tomonidan tahlillar asosida Ozbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichiga yonaltiruvchi tub ozgarishlar amalga oshirilayapti. Bu harakatlar iqtisodiy, siyosiy tashabbuslar bilan uygunlashmoqda, respublikani haqiqiy huquqiy demokratik davlat hamda qudratli iqtisodiyotga, kuchli ijtimoiy himoyaga ega mamlakatga aylantirishga intilish sodir bolmoqdaki, bunda odamlar ertangi kelajakda emas, balki bugunning ozida baxtli va munosib hayot kechirishlari mumkin. Ommaviy axborot vositalari manbalariga asosan, davlat rahbarining bu harakatlari aholining aksariyati tomonidan maqullanmoqda va qollab-quvvatlanayapti. Bu respublika rahbariyati togri yoldan borayotganidan dalolatdir. Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi asosida ishlab chiqilgan 2017 2021 yillarda mamlakatni taraqqiy ettirishning Harakatlar strategiyasida moljal va vazifalar, shuningdek, ularni hal etish yollari aniq belgilab berilgan. Yani Prezident davlat rahbari sifatida nima qilishga vada bergan bolsa, oz sozida turmoqda. Koplab goya va moljallar shu paytgacha amalga oshirildi ham.

Misol uchun, iqtisodiyotni olib koraylik. Hatto jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida, uning tasirini hanuzgacha koplab mamlakatlar sezayotgan bir paytda, Ozbekiston havas qilarli darajada iqtisodiy osishni namoyon etdi.

Respublika sobiq ittifoqdagi boshqa koplab birodarlaridan farqli olaroq, bozor munosabatlariga otishning bosqichli yolini tanladi, SSSR parchalangandan keyingi iqtisodiy salohiyatni nafaqat saqlab qoldi, balki uni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta taminlash, xom ashyoni chuqur qayta ishlash, ichki va tashqi bozorda raqobatli mahsulot chiqarishga erishdi. Ozbekistonda energetika va don mustaqilligiga erishish vazifasi muvaffaqiyatli hal etilganligini takidlash mumkin. Mamlakatda sobiq ittifoq hududida birinchilar qatorida mahalliylashtirish va import ornini bosish harakati boshlandi, xom ashyoni, xususan, tabiiy gaz hamda paxta tolasini chuqur qayta ishlash bilan shugullanishdi. Bu yerda GM, MAN, Isuzu kabi dunyoga mashhur kompaniyalar bilan noldan boshlab hamkorlik yolga qoyildi, ozlarining avtomobilsozligini yaratishdi hamda zamonaviy yengil va yuk avtomobillari, avtobus hamda maxsus texnika vositalari chiqarishmoqda. Transport infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiyasi boyicha koplab loyihalar amalga oshirildi. Faqat otgan yili qisqa muddatda Ozbekistonda 161 yirik sanoat inshooti barpo etildi.

Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyevning bir necha bor takidlashicha, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va barqaror osishga erishish boyicha yangicha yondashuvlar zarurdir. Otgan yili sentabr oyida boshlangan valyuta siyosatini liberallashtirish islohotlari tufayli yuridik va jismoniy shaxslar tijorat banklarida xorijiy valyutani cheklanmagan miqdorda sotib olish va sotish imkoniyatiga ega boldilar. Endilikda ilgari bir necha almashuv kurslari amal qilib, valyutaning qora bozori barq urgan mamlakatda bozor munosabatlari belgilab bergan yagona kurs amal qilmoqda, xorijiy valyutani almashtirish kursini mamuriy mexanizm belgilamaydigan boldi. Bazilar milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish kattagina valyuta xarajatlarini talab qiladi deb, shubha ham qilgandi. Bunga qarama-qarshi olaroq 2017 yil yakunlariga kora, mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi nafaqat qisqarmadi, balki osib, sof zaxira hajmi 26,6 milliard dollarni tashkil etdi.

Eksport salohiyatini oshirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olindi. Etiborlisi, bu jarayon boshqa mamlakatlarga xom ashyo yetkazib berish hisobiga emas, balki yuqori qoshilgan qiymatga ega tayyor mahsulot evaziga amalga oshiriladi. Masalan, elektr energiyasi ishlab chiqarishni kopaytirish uchun gidroelektr stansiyalar qurish, Ozbekistondan yil davomida nurini ayamaydigan quyosh energiyasidan foydalanish, ehtimol, yaqinda Rosatom bilan imzolangan bitim doirasida atom elektr stansiyalarini barpo etish asosida yangi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish zarurati etirof etildi. Gap shundaki, bugun energetika resurslari umumiy tarkibida tabiiy gaz asosiy orinni egallaydi. Vaholonki, undan olinadigan polietilen yoki propilenning eksport qilinishi mamlakatga yanada koproq valyuta olib kelishi mumkin. Ushbu materiallardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishdan koriladigan daromad haqida gapirmasa ham boladi. Yoki boshqa misol: Ozbekiston mamlakatning asosiy boyligi bolmish paxtani tola sifatida eksport qilishni toxtatib, uni respublika ichida qayta ishlab, chet ellarga, jumladan, Rossiyaga kalava ip, mato va boshqa tayyor mahsulotlarni eksport qilishni rejalashtirayapti. Shu sababli ham toqimachilik va tikuvchilik sanoatini rivojlantirmoqda. Dunyo bozorida paxta tolasining narxi toqimachilik mahsulotlariga nisbatan bir necha baravar arzonligini inobatga oladigan bolsak, valyuta tushumlaridagi osish keskin kotarilishi yaqqol namoyon boladi. Songgi paytlarda meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz eksportini, xususan, Rossiyaga kopaytirishga alohida urgu berilmoqda. Zero, Ozbekiston mevalari mazasi azaldan jahonda nom qozongan.

Chet el investitsiyalarini jalb qilish yana bir muhim ustuvor yonalish sifatida belgilab olingan. Buning uchun mamlakatda ishbilarmonlik muhiti doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda, ondan ortiq erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilgan. Ularda investorlarga mislsiz soliq va bojxona imtiyozlari joriy qilingan. Ayni paytda investitsiya siyosati butunlay qayta korib chiqildi. Investitsiya dasturlarini shakllantirishdagi eski yondashuvlar, yani maromiga yetkazilmagan, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va rentabelligi yuzaki organilgan loyihalarning investitsiya dasturlariga kiritilishi kabi kamchiliklardan xulosa qilgan holda hozirgi kunda har bir investitsiyaviy loyiha asoslantiriladi, mufassal tayyorlanadi, uning iqtisodiyot tarmoqlari yoki hududlar ravnaqiga tasiri, shuningdek, ijtimoiy masalalar, birinchi galda ish orinlarini yaratishi nuqtai nazaridan organilmoqda.

Ozbekiston investitsiya jalb qilish va eksportni oshirish maqsadida juda koplab mamlakatlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasi bilan manfaatli hamkorlikni kengaytirib, mustahkamlamoqda. Rossiya Federatsiyasi va Ozbekiston Respublikasi xojalik subektlari ortasidagi integratsiya jarayonlari izchil qayta tiklanayapti. Songgi 20 yilda birinchi marta Peterburg traktor zavodi ozining K-744P1 va K-424 (Kirovets) rusumidagi traktorlarini Ozbekistonga yetkazib bera boshladi. Oltoydagi ASM zavodining Ittifoq davrida paxtakorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan PYa seriyadagi, modernizatsiya qilingan pluglari esa Ozbekiston bozorida yana oz xaridorlariga ega boldi.

Shuni qayd etish joizki, bu pluglar otgan asrning 60-yillarida Toshkentdagi Orta Osiyo qishloq xojaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish instituti negizida yaratilgan. Bu jarayonda plug aynan Orta Osiyo mintaqasida tuproqqa ishlov berishi hisobga olingan. Uning yordamida qatlam toliq agdariladi, uruglik va yovvoyi otlarning ildizi chuqur qayta ishlanadi. Dala begona otlardan tozalanib, gozaning hosildorligi ortadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusiga kora, Rossiya viloyatlari bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda. Otgan yil noyabr oyida davlat rahbari ishchi tashrif bilan Ozbekistonga kelgan Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi. Uchrashuvda Ozbekiston va Sankt-Peterburg ortasidagi ananaviy ozaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari korib chiqildi. Bugungi kunda ozaro tovar ayirboshlash hajmi 200 million dollarni tashkil etishi etirof etildi. Neva ustidagi shaharda bir millionga yaqin Ozbekiston fuqarolari mehnat qilishadi, oliy talim muassasalarida esa uch ming nafar ozbekistonlik talabalar tahsil olishadi.

Mavjud salohiyatdan Ozbekiston hamda Rossiyaning shimoliy poytaxtida joylashgan yetakchi korxonalar ortasidagi ozaro savdo hamda kooperatsiyani chuqurlashtirish uchun samarali foydalanish zarurligi takidlandi.

Georgiy Poltavchenko aytib otganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Ozbekiston va Sankt-Peterburg ortasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir masalalar muhokama qilindi.

Masalan, Ozbekistonga Sankt-Peterburgda ishlab chiqarilgan qishloq xojaligi texnikalarini jonatish mumkin, Sankt-Peterburgda esa, Ozbekistonning ekologik toza, sifatli va mazali meva-sabzavotlari, uzumi, tarvuz-qovunlari juda qadrlanadi. Bundan tashqari, respublikada farmatsevtikani rivojlantirishga katta etibor berilmoqda, Sankt-Peterburg bolsa, bu sohada ulkan salohiyatga ega. Shu bois ayni yonalishdagi hamkorlikni kengaytirish, dori vositalari va tibbiy texnika jihozlari ishlab chiqaradigan qoshma korxonalar tuzish mumkin va zarur.

Uchrashuvda nafaqat savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalariga etibor qaratildi. Ozbekiston butun dunyoda qadimiy madaniyati, buyuk allomalarning Vatani sifatida va koplab tarixiy obidalari bilan mashhur. Oz navbatida, Sankt-Peterburg shahri ham Rossiyaning madaniy poytaxti sanaladi. Shu sababdan madaniy-gumanitar aloqalar, ikki tomonlama sayyohlikni rivojlantirish masalalariga ham etibor qaratildi.

Ozbekiston ana shunday ozaro hamkorlik imkoniyatlarini kopgina mamlakatlar, birinchi galda qoshni davlatlar bilan yolga qoymoqda. Ozbekistonda roy berayotgan yangilanish jarayonlarining mohiyati aynan shunda ham yaqqol korinayapti va yana takror aytaman, shuning uchun ham ushbu mamlakatga butun dunyoda qiziqish ortayotir.

 

A. Tarasyevich, Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetining professori, iqtisod fanlari doktori

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018