2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Barcha darajadagi rahbarlar bir maqsad xalq roziligi yolida mehnat qilishi lozim

 

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan izchil islohotlar, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018-yilning 30-mart kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Jizzax viloyati qadimdan sharq va garbni boglovchi Buyuk ipak yolining muhim qonalgalaridan biri bolib kelgan. Mustaqillik yillarida hududning yurtimiz taraqqiyotidagi orni va ahamiyati yanada ortdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar tufayli hududning qulay jugrofiy va transport-kommunikatsiya imkoniyatlaridan, yer osti va yer usti boyliklari, ulkan iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanilmoqda.

Prezidentimiz otgan yil 28-aprel kuni viloyatga tashrifi chogida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni bilan tanishgan, aholi farovonligi, yangi ish orinlari yaratish boyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar bergan edi. Otgan vaqt davomida viloyatda ulkan ishlar amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbari tamal toshi qoyib bergan Zafarobod tumanidagi neftni qayta ishlash zavodi qurilishi nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo mintaqasida katta voqea boldi. Ayni paytda loyiha qiymati 2,2 milliard AQSh dollari bolgan korxonani bunyod etish ishlari yuqori suratlarda davom etmoqda. "Jizzax" erkin iqtisodiy zonasida xorijiy investitsiyalar ishtirokida bunyod etilayogan Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive zavodi, yaqinda ishga tushirilgan shisha mahsuloti ishlab chiqaradigan Ming Yuan Sily industry masuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi korxona, Jizzax shahrida bunyod etilayotgan SILK EXPERT processing ipak yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan Ozbekiston Buyuk Britaniya qoshma korxonasi mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalishiga xizmat qiladi.

Hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilayotgan etibor tufayli bunday yirik loyihalar olis tumanlarda ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, Forish tumanining Egizbuloq qishlogida Buyuk Britaniyaning Leigh Barrier LLP kompaniyasi bilan hamkorlikda Mega invest industrial MChJ shaklidagi kompozit armaturalar ishlab chiqarish zavodi, Gallaorol tumanidagi Marjon global dorivor giyohlarni qayta ishlash, Zomin tumanida Zomin-Farm erkin iqtisodiy zonasi tarkibidagi korxonalar viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini taminlashda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Prezidentimiz bu galgi tashrifi davomida viloyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarning amalga oshirilishi, avvalgi tashrifda berilgan topshiriqlar ijrosi, aholining talab-ehtiyojlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari dastlab Zarbdor tumanidagi "Zarbdor textile" masuliyati cheklangan jamiyatida boldi. Joriy yil aprel oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan korxonada 17,5 million dollarlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan.

Korxonada yiliga 31 million kvadrat metr mato hamda 6,5 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona oz faoliyatini boshlashi bilan 864 ish orni yaratiladi. Ishlab chiqarishni kengaytirish evaziga joriy yil uchinchi choragida yana 196 nafar xotin-qiz ish bilan taminlanadi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda yetishtirilayotgan paxta ozimizda toliq qayta ishlanishi qoshimcha qiymatli mahsulot tayyorlash bilan birga, yangi ish orinlari yaratish imkonini berishini takidladi.

Shu yerda Jizzax shahridagi sobiq toqimachilik kombinatining bosh turgan binolari negizida zamonaviy toqimachilik majmuasi barpo etish, Jizzax, Zomin-farm erkin iqtisodiy zonalarida 2018-2019 yillar uchun rejalashtirilgan investitsiya, shuningdek, viloyatda yengil sanoat va qishloq xojaligi sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham otkazildi.

Shundan song davlatimiz rahbari Jizzax shahar ichki ishlar bolimi 2-son ichki ishlar bolinmasida boldi.

Yurtimizda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, jamoat tartibini, aholi tinchligi va osoyishtaligini taminlashga alohida etibor qaratilayotir. Buni profilaktika, tezkor-qidiruv, tergov, yol harakati xavfsizligi, yongin xavfsizligi, qoriqlash, patrul-post xizmatlari, safarbarlik otryadlari qayta tashkil etilayotgani, ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi muntazam mustahkamlab borilayotganida ham korish mumkin.

Prezidentimiz 2017-yil 17-avgust kuni ichki ishlar idoralari xodimlari bilan otkazilgan videoselektor yigilishida Jizzax shahrida Xavfsiz shahar loyihasini tatbiq etish boyicha topshiriq bergan edi. Ushbu topshiriq ijrosi boyicha Jizzax shahar ichki ishlar bolimi 2-son ichki ishlar bolinmasida Xavfsiz shahar boshqaruv situatsion markazi tashkil etildi. Markaz yol harakati xavfsizligi, yongin xavfsizligi, qoriqlash xizmati, patrul-post xizmati va boshqa tarmoqlarni geoinformatsion tizim orqali boshqaradi. Bozorlar, talim va tibbiyot muassasalari, mehmonxonalar, yollar va boshqa jamoat joylariga ornatilgan videokuzatuv uskunalari, zamonaviy signal uzatish texnikasi bunda qol keladi. Bu jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish, ularni tez fursatlarda fosh etishda muhim ahamiyatga ega.

Bu kabi videokuzatuv moslamalarini shahardagi profilaktika inspektorlari xonasi, maktabgacha talim muassasalari va maktablar atrofiga ham ornatish kerak, dedi Prezident. Shunda oqituvchi va oquvchilarda ham masuliyat yanada oshadi.

Bolinma ikki qavatli binoda joylashgan bolib, bu yerda "Zargarlik" mahalla fuqarolar yigini, mahalla posboni, profilaktika inspektori xonalari orin olgan.

Shavkat Mirziyoyev mahalla raisi va profilaktika inspektori bilan aholi farovonligini oshirish, kam taminlangan oilalarni qollab-quvvatlash, mahallada jinoyatchilikning oldini olish masalasida suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbariga ichki ishlar bolinmasi tomonidan ishlab chiqilgan mobil dastur haqida malumot berildi. Jizzax IIB mobil dasturi aholi uchun bepul bolib, fuqarolarning mobil telefoniga yuklanadi. Ushbu dastur orqali fuqarolar qidiruvda bolgan va bedarak ketgan shaxslar haqida toliq malumotga ega bolishi, profilaktika inspektori faoliyatiga oid malumotlarni olishi mumkin.

Xodimlarga tezkor axborot yetkazish maqsadida viloyatdagi uyali aloqa kompaniyasi bilan hamkorlikda 2 mingda ortiq telefon raqami tarqatilgan. Mazkur qulaylik orqali tezkor axborot yetkazish imkoni yaratilmoqda. Yani, navbatchilik qismida mavjud bolgan planshet orqali kunlik sodir bolgan jinoyatlar, yol-transport hodisalari, eslatma va yangiliklar xodimlarga tezkorlik bilan yetkaziladi.

Davlatimiz rahbari tegishli mutasaddilarga ushbu tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriq va korsatmalar berdi.

Shu yerda Prezidentimiz bir guruh nuroniylar bilan uchrashdi, samimiy va ochiq ruhda otgan suhbatda mamlakatimiz va xalqaro ahamiyatga molik masalalar haqida soz yuritildi.

Keyingi manzil Jizzax shahar Mustaqillik kochasida barpo etilayotgan kop qavatli arzon uy-joylar boldi.

Prezidentimizning 2016-yil 22-noyabrdagi "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon kop kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari togrisida"gi qarori ijrosi yuzasidan barpo etilayotgan mazkur uy-joylar aholining keng qatlami uchun zamonaviy uylardan foydalanish darajasini tubdan oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanishni taminlashga xizmat qilmoqda. Bunday zamonaviy uylar yurtimiz korkiga kork qoshish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish bilan birga, odamlarda davlatga, ertangi kunga ishonch tuygusini yanada mustahkamlamoqda.

Jizzax shahrida qurilayotgan uy-joylarni joriy yil sentabr oyida toliq foydalanishga topishirish kozda tutilgan. 7 qavatli, 420 xonadonga moljallangan uylar 2 va 3 xonali. Shahar korkiga kork qoshayotgan ushbu 10 ta uy uy-joyga muhtoj aholini bosqichma-bosqich zamonaviy uylar bilan taminlash imkonini beradi.

Prezidentimiz yangi qurilayotgan uy-joylar loyihalari bilan tanishdi.

Shu yerda viloyatda olib borilayotgan qurilish ishlari haqida batafsil malumot berildi. Sharof Rashidov tumanidagi Uchtepa shaharchasida kop qavatli turar joy binolarining joylashuv loyihasi, mazkur tumandagi Toqchilik QFY hududida barpo etilayotgan zamonaviy 3-4 qavatli arzon uy-joylar massivi loyihalarida aholi ehtiyoji hisobga olingan bolib, qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Jizzax shahridagi Islom Karimov kochasi boylab quriladigan infratuzilma obyektlari, kop qavatli turar joylar, Sayljoyi mahallasi hududidagi 37-maktabgacha talim muassasasi binosini qayta tamirlash kabi qator istiqbolli loyihalar taqdim etildi.

Jizzax shahrida keng kolamli qurilish ishlari olib borilmoqda. Shuning uchun bu yerda qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish kerak, dedi davlatimiz rahbari. Ana shunda qurilayotgan binolarning narxi arzon tushadi.

Prezidentimiz viloyatda ichimlik suv tizimini rivojlantirish loyihasiga alohida etibor qaratish zarurligini takidladi. Aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash boyicha barcha manbalarni ishga solish boyicha mutasaddilarga korsatmalar berdi.

Jizzax viloyati kop qavatli uy-joy fondini taminlash dasturiga asosan, 2017-yilda 345 ta kop qavatli uy-joy tamirlangan. Bu ishlarni amalga oshirishda tijorat banklari tomonidan 16,3 milliard som (OR MB kursi 02.04.2018 da, 1$= 8114.86 som) miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. 2018-yilda 409 ta kop qavatli uy-joy va ularning atrofini obodonlashtirish kozda tutilgan. Ushbu maqsadlarga 59,6 milliard som mablag jalb etiladi.

Shavkat Mirziyoyev loyihalar bilan batafsil tanishdi. Mutasaddilarga ajratiladigan mablaglar, qurilish ishlarini yakuniga yetkazish muddatini nazorat qilishni topshirdi.

Prezidentimiz Dostlik tumanidagi Manas qishlogiga tashrif buyurdi.

Manas qishloq fuqarolar yiginida Jizzax viloyatida qishloq xojaligi tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti otkazildi.

Davlatimiz rahbari terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida etibor qaratdi. Aholining tomorqa xojaliklaridan samarali foydalanishiga komaklashish, fermer va dehqon xojaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish boyicha konsalting xizmati korsatish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish boyicha korsatmalar berildi.

Obod qishloq dasturining amalga oshirilishi chekka hududlarda yashayotgan millionlab yurtdoshlarimiz hayotini yaxshilashga, ularga munosib turmush tarzi yaratishga qaratilgan dolzarb vazifa ekani takidlandi. Manas qishlogi mamlakatimizda boshlangan Obod qishloq dasturini tatbiq etishda namuna sifatida tarixda qoldi.

Otgan asrning 60-yillarida viloyatning eng chekka hududida barpo etilgan Manas qishlogida bugungi kunda 6,5 mingdan ziyod aholi yashaydi. Keyingi yillarda infratuzilma inshootlari, kocha va yollar, ichimlik suvi, issiqlik, elektr energiyasi taminoti, madaniy-mashiy xizmat korsatish talabga javob bermasligi natijasida odamlar ancha qiynalayotgan edi.

Obod qishloq dasturi asosida bu yerda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa muddatda keng kolamli ishlar amalga oshirildi. Dastur doirasida sizot suvlari sathi kotarilishini bartarf etish uchun 41 kilometr uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari tozalandi. Ikki qavatli 34 ta uyning tomi qayta yopildi. Uy-joylar atrofidagi rejasiz qurilishlar ornida yangidan yordamchi binolar, tandirxonalar kurildi. Mevali va 10 ming tupdan ziyod manzarali daraxt kochatlari otqazildi.

Aholini ichimlik suvi bilan taminlash maqsadida Suvoqova davlat unitar korxonasi jamoasi tomonidan 6,5 kilometrlik suv quvuri yotqizildi. Suv tarqatish inshootlari tamirdan chiqarildi. 2 umumtalim maktabi tamirlanib, qayta jihozlandi. Ushbu maktablarda oquv-ishlab chiqarish ustaxonasi barpo etilib, duradgorlik, chilangarlik, tikuvchilik dastgohlari bilan taminlandi. 17 bolalar maydonchasi, 2 mini futbol maydoni, 250 orinli stadion barpo etildi.

Obod qishloq dasturini amalga oshirish boshlangandan buyon qishloqda 200 dan ziyod xotin-qizning bandligi taminlandi. Jumladan, Jizzaxpaxtasanoat aksiyadorlik jamiyatining 100 orinli, Zaminteks masuliyati cheklangan jamiyatining 20 orinli tikuvchilik sexlari qurilib, qishloq xotin-qizlaridan 120 nafari ishga joylashtirildi.

30 issiqxona, kop qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning mollarini boqish uchun 100 boshga moljallangan zamonaviy ferma qurildi. Veterinariya punkti ishga tushirildi. Zamonaviy korinishdagi 31 savdo dokoni, novvoyxona, hammom barpo etildi. 500 orinli Manas madaniyat saroyi toliq tamirdan chiqarilib, madaniy-marifiy maskanga aylantirildi. Qishloq vrachlik punkti qayta rekonstruksiya qilinib, uning ornida 500 qatnovga moljallangan oilaviy poliklinika tashkil etildi.

Prezidentimiz mazkur poliklinikadagi sharoitlarni kozdan kechirdi.

Joylarda zamonaviy tibbiyot muassasalari barpo etayotganimiz yaxshi, albatta. Endigi talab ushbu muassasalarni malakali mutaxassislar bilan taminlash hamda aholiga korsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirishdan iborat bolishi kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyev qishloqda Ozdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasi tashabbusi bilan barpo etilgan novvoyxonani borib kordi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan novvoyxonada kuniga 30 turdagi 2 ming dona qolipli non tayyorlanadi.

Davlatimiz rahbari qishloqdagi 125 orinli Aychurek maktabgacha talim muassasasida ham boldi. Janubiy Koreya standarti asosida barpo etilgan va jihozlangan muassasada bolalarning ilgor xorijiy tajribalar asosida dastlabki bilim va konikmalarini shakllantirish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Manas madaniyat saroyida xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bolib otdi.

Sessiyada Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sozga chiqdi.

Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat va tuman hokimlari ishtirokida otgan yigilishda tumanlar bilan videokonferensiya orqali muloqot qilinib, aholini oylantirayotgan masalalarga yechim topildi.

Yangi sanoat korxonalari tashkil etish, qishloq xojaligida islohotlarni davom ettirish boyicha muhim vazifalar belgilab berildi. Paxta maydonini qisqartirish evaziga meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulotni saqlash va qayta ishlashga moljallangan korxonalar tashkil etish, eksportbop ekinlar ekish, togoldi hududlarda dorivor osimliklar yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Sessiyada tashkiliy masala korildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Ergash Soliyev Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

***

Prezidentimiz 2018-2019 yillarda Jizzax viloyatida irrigatsiya-melioratsiya Davlat dasturi asosida amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishdi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bolgani kabi Jizzax viloyatida ham foydalanilmay turgan yerlarni ozlashtirish hisobiga ekin maydonlarini kengaytirish va qishloq xojaligidan olinadigan daromadlarni oshirishga alohida etibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yildan boshlab Forish tumanidagi 20 ming gektar yerni suv bilan taminlash imkonini beradigan kanal va suv ombori qurilishiga kirishildi.

Davlatimiz rahbariga ushbu gidroinshootlarning loyihalari haqida malumot berildi.

Hozirgi kungacha kanalning 10 kilometrga yaqin qismi zamonaviy texnologiyalar asosida qurilib, qirgoqlari betonlandi. Qolgan 8 kilometrdan ziyod qismi joriy yilning birinchi yarmida toliq tugallanishi rejalashtirilmoqda. Buning natijasida 2019 yilning kuzidan boshlab Forish tumanidagi ozlashtirilmagan maydonlar suv bilan taminlanadi. Suv yetib borgan yerlarda bog va uzumzorlar barpo etiladi. Xususan, serdaromad bolgan eksportbop yongoqzorlar tashkil etiladi, qizil lavlagi va boshqa ozuqabop ekinlar yetishtiriladi.

Viloyatda irrigatsiya-melioratsiya Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda suv inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlariga 188,5 milliard som (OR MB kursi 02.04.2018 da, 1$= 8114.86 som)  mablag sarflanib, 64,4 kilometrlik kanallar va 118,8 kilometr lotoklar mukammal tamirlanadi, 3 kilometr qirgoq mustahkamlanadi. 9,3 milliard som evaziga 336 kilometr sugorish tarmoqlari, 541 dona gidrotexnik inshootlar, 50 dona nasos agregatlari va elektrodvigatellar, 35 ta sugorish qudugi, Suv istemolchilari uyushmasi tasarrufidagi 1150 kilometr sugorish tarmoqlarida tamirlash va tiklash ishlari bajariladi.

Meliorativ inshootlarni tamirlashga qaratilgan 28 loyiha doirasida 156,2 kilometr kollektor-drenaj tarmogi, 188,9 kilometr yopiq va yotiq drenaj, 9 gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilinadi. Bu boradagi ishlar natijasida 94,6 ming gektar maydonning suv taminoti yaxshilanadi, 1,5 ming gektar lalmi yerlarda tomchilatib sugorish tizimini joriy etish imkoniyati yaratiladi.

Qishloq xojaligidagi islohotlar samarasi suvni isrof qilmaslik, undan togri foydalanishga bogliq, dedi Shavkat Mirziyoyev. Suvga bolgan munosabat ozgarmas ekan, hosildorlikni oshirish haqida gap ham bolishi mumkin emas. Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini bugungi kun talablari darajasida sifatli bajarish viloyatda hosildorlikni har yili 2-3 sentnerdan oshirib borish imkonini beradi.

Davlatimiz rahbari joriy yilda viloyatda 50 kilometr lotok tarmoqlarini qurish hamda salkam 57 kilometr uzunlikdagi lotoklarni tamirlash kerakligini takidladi. Buning uchun zarur mablaglar ajratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli korsatmalar berdi.

Shu yerda Ozbekgidroenergo aksiyadorlik jamiyati tomonidan Jizzax viloyatining Zomin va Zafarobod tumanlarida mikroGESlarni qurish va modernizatsiya qilish investitsiya loyihalari taqdimoti otkazildi. Ushbu loyihalar samarasida viloyatda kichik GESlar tomonidan yillik elektr energiya ishlab chiqarish hajmini 17-18 million kilovat soatga yetkazishga erishiladi.

***

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Forish tog-dala oquv bazasida boldi.

Ozbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining eng muhim strategik nuqtasida joylashgan. Bu esa, mamlakatni har jihatdan ishonchli himoya qilishni, yildan-yilga shakl va uslublari ozgarib borayotgan qurolli tahdidlarga qarshi qoshinlarni tezkor tayyorlashni taqozo etadi.

Dunyoda sodir bolayotgan harbiy harakatlar tahlili asosida barpo etilgan mazkur poligonda jangovar tayyorgarlikni oshirish yuzasidan qoyilgan vazifalar bajarilmoqda. Biroq tahdid va xatarlar tobora ortib borayotgani qoshinlarning tarkibiy tuzilishi va vazifalarini qayta korib chiqishni, erishilgan natijalarni tanqidiy tahlil qilib, yangi innovatsion texnologiyalar asosida taktik tayyorlash va uni muntazam takomillashtirib borishni talab qilmoqda.

Dastlab, Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida jangovar tarkibning yangi qiyofasiga bagishlangan videolavha namoyish etildi. Shundan song davlatimiz rahbari mazkur tog-dala oquv bazasida harbiylarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

-Bu yerda harbiylarga barcha sharoitlar yaratish zarur. Har bir yotoqxona oldida hammom tashkil qilish kerak, - dedi Prezident. Barchamiz shuni yaxshi bilishimiz lozim, bugungi harbiy xizmat yuqori tayyorgarlik va zamonaviy konikmalarni talab qiladi.

Davlatimiz rahbari harbiylar uchun ajratilgan yotoqxona, mashgulotlar maydonlarida boldi.

Oquv bazasi motooqchi bataloni, tank bolinmasi, artilleriya batareyalari, merganlar guruhi, aviatsiya jangovar bolinmasi, razvedka, uchuvchisiz uchish apparatlari, radioelektron kurash guruhlari, muhandis-sapyor va olov brigadalari boyicha mashgulotlar maydonchalariga ega.

Bu yerda jangovar harakatlar davomida shaxsiy tarkibning kuchli ruhiy tasir va zarbalarga duch kelishi inobatga olinib, mashgulotlarda batalon taktik guruhlarining har qanday murakkab sinovlarga bardoshliligini oshirishga qaratilgan innvotsion texnologiyalar joriy etilgan.

Oquv bazasida balandligi 1000 metrgacha bolgan murakkab tog va qoyalardagi oquv joylarida shaxsiy tarkibning taktik harakatlanish konikmasi oshiriladi. Bu yerda harbiy sohadagi yangiliklar va bugungi zamon talablaridan kelib chiqib, taktik guruhlarning boshqaruv organlari va jangovar bolinmalar imkoniyati, askardan komandirgacha barcha harbiy xizmatchi qollayotgan taktikani takomillashtirish imkoniyati mavjud. Qisqa muddatda mamlakatimizning istalgan hududida har qanday jangovar topshiriqni bajarish konikmasini yuzaga chiqaradigan mashgulotlar amaliyotga kiritilgan.

Qoshinlarning boshqaruv tizimini avtomatlashtirish, jangovar shaylik va salohiyatni kuchaytirish borasida ilgor xorijiy tajribalar organilmoqda. Rossiya, AQSh, Hindiston va boshqa mamlakatlar harbiy bolinmalari ishtirokida otkazilayotgan hamkorlikdagi nazariy va amaliy mashgulotlar jangovar tayyorgarlik tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Dala mashqlariga chiqqan harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik va manaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash maqsadida baza kutubxonasi turli mavzudagi adabiyotlar va kundalik nashrlar bilan taminlangan. Shuningdek, Yoshlar ittifoqining boshlangich tashkiloti faollari ishtirokida madaniy-marifiy tadbirlar, intellektual bellashuv va oyinlar, shaxmat-shashka, stol tennisi, futbol, voleybol kabi sport turlari boyicha musobaqalar otkaziladi.

-Bu kabi harbiy oquv bazalar konsepsiyasini ishlab chiqish kerak,- dedi Shavkat Mirziyoyev. Hozir bu yerdagi barcha narsalar manaviy eskirgan. Harbiylar bu yerga kelganda haqiqiy vatanparvarlik ruhini his qilishi kerak.

Forish tog-dala oquv bazasida otkazilayotgan tayyorgarlik mashgulotlari tog va chol hududlarida, favqulodda ozgaruvchan vaziyatlarda, har qanday ob-havo sharoitida topshiriqlarni kechayu kunduz tolaqonli bajarishga, jangovar harakatlarni tashkillashtirish va uzluksiz boshqaruvni takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz oquv-mashgulotlarini kozdan kechirdi. Mashgulotlarning birida shartli qurollangan buzgunchi tudalar razvedka guruhlari orqali aniqlandi. Osha malumotlar asosida qaysi taktikani qollash, qanday quroldan foydalanish boyicha aniq reja ishlab chiqildi va dushman yakson qilindi.

Davlatimiz rahbariga uchuvchilar polkovnik Abdulla Yoldoshev va podpolkovnik Baxtiyor Otajonovlar oz boshqaruvidagi MIG-29 qiruvchi samolyotida yurtimiz havo hujumidan mudofaa salohiyatini namoyish qildi. 

Bu kabi dala-oquv mashgulotlari harbiylarning jangovar tayyorgarligini oshirishda, ularning zamonaviy harbiy texnikalardan foydalanish konikmasini shakllantirishda muhim orin tutishi takidlandi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018