2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy davlatlar elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 28-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi, Shveytsariya Konfederatsiyasi, Latviya Respublikasi, Isroil Davlati, Germaniya Federativ Respublikasi, Slovakiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Irfon Yusuf Shomiy, Olive Shav, Mixails Popkovs, Eduard Shapir, Gyunter Overfeld, Yan Bori va Szyan Yandan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlatimiz rahbari elchilarni mamlakatimizda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy qutlab, masuliyatli faoliyatida ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi.

Marosimda Ozbekiston kuchli fuqarolik jamiyati va jadal rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega erkin va demokratik davlat barpo etishning yangi tarixiy bosqichiga qadam qoygani alohida takidlandi.

Ozbekistonni yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi doirasida boshlangan keng kolamli islohot va ozgarishlar muqarrarlik tusini olmoqda.

Ochiq tashqi siyosat olib bormasdan, kop qirrali va ozaro manfaatli xalqaro hamkorlikni mustahkamlamasdan turib belgilangan vazifalarni amalga oshirib bolmasligi takidlandi.

Ozbekiston Respublikasi tashqi siyosatida goyat qisqa davrda salmoqli natijalar qolga kiritildi. Xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga kotarildi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlashda bundan buyon ham barcha say-harakatlarini safarbar etishi hamda ochiq, dostona va amaliy tashqi siyosat olib borishni davom ettirishini takidladi. Bunda avvalo qoshni davlatlar bilan munosabatlarga alohida etibor beriladi.

Shuningdek, dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan ozaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni kengaytirish siyosati davom ettiriladi.

Prezidentimiz oz nutqida yangi elchilarni tayinlagan mamlakatlar bilan dostlik aloqalari va ozaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashning ustuvor yonalishlariga toxtaldi.

Ozbekiston Respublikasi mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taminlashda ananaviy ravishda muhim orin tutayotgan Pokiston Islom Respublikasi bilan kop qirrali munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotgani takidlandi.

Oliy darajadagi muntazam siyosiy muloqotlar ikki tomonlama hamkorlikni sezilarli faollashtirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ozaro savdo-sotiq hajmini oshirish, agrosanoat, farmatsevtika, konchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani kuchaytirish uchun ulkan salohiyat mavjud.

Shveytsariya Konfederatsiyasi Ozbekistonning Yevropadagi ishonchli va uzoq muddatli sherigidir.

Bugungi kunda Ozbekiston Shveytsariya munosabatlari siyosat, iqtisodiyot, moliya va bank, madaniyat va talim kabi turli sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan samarali sheriklik yolga qoyilgan.

Shveytsariyaning yetakchi kompaniyalari bilan kimyo, toqimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, sogliqni saqlash va turizm sohasida kooperatsiya uchun imkoniyatlar mavjudligi alohida qayd etildi.

Latviya Respublikasi bilan faol siyosiy muloqot yolga qoyilgan, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanmoqda.

Rigada buyuk ajdodlarimiz Mirzo Ulugbek va Abu Ali ibn Sino haykallari ornatilgani mamlakatimiz va xalqimizga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.

Savdo, investitsiya va innovatsiyalar, transport va logistika, energetika, farmatsevtika, qishloq xojaligi va turizm sohalaridagi dastur va loyihalarni amalga oshirish mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikning istiqbolli yonalishlari ekani qayd etildi.

Ozbekiston Isroil Davlati bilan ozaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani takidlandi.

Isroilning ilgor texnologiyalari, tajribasi, ilmiy yutuqlarini jalb etish asosida biotexnologiyalar, energiya va suv resurslarini tejash, tibbiyot va farmatsevtika, turizm kabi yonalishlarda qoshma loyihalarni amalga oshirish taklif etildi. Talim, madaniyat va sport sohalarida mavjud katta salohiyatdan foydalanish muhimligiga etibor qaratildi.

Mamlakatimizning ishonchli va uzoq muddatli sherigi bolgan Germaniya Federativ Respublikasi bilan barcha sohalarda faol muloqot yolga qoyilgan, yaqin aloqalar va tajriba almashuvi qollab-quvvatlanmoqda.

Asosiy etibor mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori texnologik tarmoqlarida qoshma loyihalarni amalga oshirish maqsadida Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan uzoq muddatli va ozaro manfaatli sheriklik aloqalarini rivojlantirishga qaratildi.

Ilm-fan va talim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat hududlari ortasida aloqalar ornatish va rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Slovakiya Respublikasi Ozbekiston uchun Yevropadagi istiqbolli hamkorlardan biri hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari siyosiy muloqotni mustahkamlash bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida mavjud salohiyatni royobga chiqarishni taklif etdi. Bu orinda, avvalo, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo va oziq-ovqat sanoatida qoshma loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Ozbekiston Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi bilan dostlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki davlat rahbarlarining otgan yili Pekin va Ostona shaharlarida bolib otgan uchrashuvlari ozaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqib, aniq mazmun bilan boyitdi.

Davlatimiz rahbari hamkorlikning deyarli barcha sohalarida, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya, moliyaviy-texnik, transport kommunikatsiyalari va boshqa yonalishlardagi sheriklikni chuqurlashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini alohida takidladi.

Transport-tranzit yolaklarini rivojlantirishga doir mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, Ozbekiston Qirgiziston Xitoy temir yol magistralini qurish muhimligi takidlandi.

Ozbekiston Xitoy bilan fan, madaniyat, talim va turizm sohalaridagi ozaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligi qayd etildi.

Ozbekiston Prezidenti sozining yakunida xorijiy elchilarga mamlakatimizning vazirlik, idora va tashkilotlari bilan faol ishlash, joylardagi salohiyat va imkoniyatlar, xalqimizning boy tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish uchun hududlarga tez-tez tashrif buyurishni taklif etdi.

Turli masuliyatli lavozimlardagi faoliyati davomida toplangan tajriba xorijiy diplomatlarga belgilangan maqsadlarga samarali erishish hamda Ozbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yolida oz zimmasiga yuklatilgan muhim missiyani muvaffaqiyatli ado etishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Oz navbatida, yangi tayinlangan elchilar samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, mamlakatlarimiz ortasidagi keng miqyosli va ozaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga bor say-harakatlarini safarbar qilishini qayd etdilar.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018