2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Iqtisodiyot barqarorligining asosiy omili eksport

 

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yilining 27-fevral kuni eksportni kopaytirish va importni qisqartirish boyicha qoyilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bagishlangan videoselektor yigilishi bolib otdi.

Unda Bosh vazir va uning orinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali joylardan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, eksportchi korxonalar vakillari qatnashdi.

Yigilish tanqidiy ruhda otdi. Davlatimiz rahbari eksport rejasining bajarilishidagi kamchiliklarni chuqur tahlil qilib, asosiy yonalish va vazifalarni belgilab berdi.

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirish boyicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularni eksport qilish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Lekin shu paytgacha birorta tashkilot mamlakatimizga kirib kelayotgan mahsulotlar importini tahlil qilmagani, ushbu sohada nazorat butunlay oz holatiga tashlab qoyilgani tanqid ostiga olindi.

Jumladan, 2017 yilda importni qisqartirish rejasi 88 foizga bajarilgani yana bir bor qayd etildi. Misol uchun, bir yilda 20 million dollarlik kir yuvish kukuni, 13 million dollarlik atir sovun, 49 million dollarlik qurilish materillari va sintetik boyoqlar, 23 million dollarlik shokolad mahsulotlari import qilingan.

Bu holat otgan yillarda qabul qilingan mahalliylashtirish dasturlarining hech qanday asoslarga ega emasligini, faqatgina kozboyamachilik va imtiyoz olish uchun xizmat qilganidan dalolat emasmi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Aslida Investitsiya loyihalari royxatiga kop import qilinayotgan tovarlarni yurtimizda ishlab chiqarish boyicha loyihalar kiritilishi kerak. Lekin, joylarda va respublikada otirgan mutasaddilar bu oddiy haqiqatga panja ortidan qaramoqda.

Yigilishda takidlanganidek, endi sohadagi ishlarni tashkil etish va nazorat qilishning butunlay yangi tizimi joriy etiladi. Eksportni tashkil etish va monitoring qilishga Bosh vazir orinbosari Nodir Otajonov va Bosh prokurorning birinchi orinbosari Erkaboy Tadjiyev rahbarligidagi guruh javob beradi. Joylarda eksport bilan shaxsan viloyat hokimi va viloyat prokurorlarining birinchi orinbosarlari shugullanadi.

Importni qisqartirish ishlarini tashkil etish va monitoring qilish boyicha respublika Ishchi guruhi ham tuzilib, unga Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligi rahbar etib belgilandi. Xuddi shunday ishchi guruhlar hududlarda ham tashkil etiladi va ularga hududiy departament boshliqlari rahbarlik qiladi.

Departamentning vazifalari bugungi kun talablari, import va eksport masalalarini tartibga solish nuqtai nazaridan tubdan ozgartiriladi. Departament mamlakatimizdan valyuta maqsadsiz chiqib ketishining oldini olish, importni qisqartirish, uning ornini bosadigan mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni qollab-quvvatlash boyicha tizimli ishlarni tashkil etishi zarurligi takidlandi.

Bu ishchi guruhlar joylarda piyoda yurib, eksportchilarni chaqirtirib emas, ularga eksport hajmini oshirishi uchun real yordam berishi, mahsulot eksport qilayotganlarga yashil koridor qilib berishi lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu bilan birga, importni muntazam tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish boyicha aniq loyihalarni amalga oshirishga har tomolama komak berishlari zarur. Vazirlar va tarmoqlar rahbarlari ham oz faoliyatini xuddi shu tartibda tashkil etadi.

Eksport va import boyicha qilinayotgan ishlar Bosh vazir hamda Bosh prokuror rahbarligida haftada ikki marta muhokama qilinadi. Masalan, tumanlardagi Ishchi guruhlar fermerlar va aholi tomorqalarida serdaromad meva-sabzavot ekinlari ekish, ularni uruglik, mablag, ogit, yoqilgi bilan taminlash ishlarini tashkil etishga komaklashadi. Har bir tumanda meva-sabzavotni eksport qiluvchi korxona tashkil etish ham bu boradagi muhim vazifa hisoblanadi.

Yigilishda joriy yilning otgan davrida eksport boyicha moljallangan rejalar va berilgan vadalar bajarilmagani takidlandi. Xususan, Ozagrotexsanoatxolding aksiyadorlik jamiyati va Ozbekoziqovqatxolding kompaniyasining bu boradagi sustkashligiga jiddiy etiroz bildirildi.

Ozbekistonday davlatda 2017 yilda eksport qilinganidan kop oziq-ovqat mahsuloti import qilingani chidab bolmaydigan ahvoldir, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu yil ushbu sohadagi kompaniyalar rahbarlari, viloyatlar hokimlariga sinov yili boladi.

Yigilishda eksport boyicha foydalanilmayotgan imkoniyatlar kopligi, ularni ishga solish uchun mutasaddilarda tashabbuskorlik va qatiyat yetishmayotgani takidlandi.

Ayniqsa, qurilish materiallari va farmatsevtika tarmoqlarida import hajmi eksportdan onlab barobar yuqoriligiga etibor qaratildi. Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi, Ozqurilishmateriallari aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga tegishli korsatmalar berildi.

Bunday imkoniyatlar joylarda ham kop. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil yanvar-fevral oylarida Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlariga tashriflari chogida ushbu hududlarda toliq foydalanilmayotgan eksport rezervlari aniqlandi. Jumladan, Surxondaryo viloyatida 95 million dollar, Qashqadaryoda 62 million, Buxoroda 68 million dollarlik qoshimcha manbalar yuzaga chiqdi. Boshqa viloyatlarda ham katta eksport salohiyati bor, albatta.

Shu bois Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, Tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tarmoqlar va hududlarda eksport hajmini oshirish boyicha qoshimcha rezervlarni aniqlash va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish boyicha topshiriq berildi.

Eksport hajmlarini kopaytirish yuzasidan mavjud rezervlarni ishga solish boyicha muhim yonalishlar belgilab berildi.

Jumladan, Oztoqimachiliksanoat uyushmasi va viloyat hokimlariga eksport rejasini har bir korxona, yangi quvvatlar boyicha oyma-oy bajarish yuzasidan yol xaritalarini ishlab chiqish vazifasi qoyildi. Bunda 2018 yilga tasdiqlangan investitsiya loyihalari doirasida nazarda tutilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini muddatidan oldin ishga tushirish va loyiha quvvatiga chiqish, yangi bozorlarni egallash va xorijiy xaridorlar bilan shartnomalar tuzish masalalariga alohida etibor qaratiladi.

Eng katta salohiyatga ega sohalardan yana biri turizmda pul tushumini kopaytirish, turistlar boradigan barcha obyektlarga turniket orqali va tolov asosida kirish tizimini joriy qilish kerakligi takidlandi.

Ozbekiston temir yollari kompaniyasi va Ozbekiston havo yollari aviakompaniyasining eksport rejasini sezilarli darajada oshirish, 2018 yil eksport dasturi loyihasiga tegishli ozgartirishlar kiritish zarurligi korsatib otildi.

Joriy yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini otgan yilga nisbatan 2 barobarga oshirish belgilangan. Buning uchun hududlarda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz, toqsonbosti ekinlar hosilini oz vaqtida va toliq yigib olish, ularning eksportga sotishni tashkil etish zarur. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan hududlarning salohiyatidan toliq foydalanish, paxta va galladan boshatilayotgan qoshimcha 150 ming gektar yerga serdaromad ekinlar ekish, yirik eksporter tashkilotlarga qoshimcha ekin maydonlarini ajratish, zamonaviy issiqxonalar, muzlatkichli omborxonalar va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish kerak.

Shu bois Bosh vazir orinbosarlari va hokimliklarga barcha hududlarda tasdiqlangan 2018 yilda meva-sabzavot, poliz, uzum va dukkakli mahsulotlar yetishtirishni kopaytirish, qayta ishlash, eksport hajmlarini oshirish va ichki istemolni taminlash, oziq-ovqat loyihalarni amalga oshirish hamda sohani rivojlantirish boyicha kompleks chora-tadbirlar dasturlarini tola amalga oshirish yuzasidan korsatmalar berildi.

Tovarlarni saqlash, eksportga tayyorlash va tashish boyicha kompleks xizmatlarni korsatuvchi zamonaviy logistika markazlari tashkil etish boyicha aniq yol xaritalarini tasdiqlash zarurligi qayd etildi.

Mahsulotlarni xorijga elektron savdo maydonchalari orqali sotish boyicha ham zamonaviy mexanizmlar joriy etish zarur. Shu bois Janubiy Koreya bilan hamkorlikda 2019 yil 1 yanvardan boshlab, mahalliy eksportyor korxonalarning tovarlarini xorijiy xaridorlar tomonidan sotib olish imkoniyatini beradigan Ozbekiston milliy savdo elektron maydonchasini ishga tushirish boyicha topshiriq berildi.

Mamlakatimizda qanday eksportchi korxonalar borligi va ularning qanday tovarlar ishlab chiqarishi togrisida xorijiy korxonalar ham, mahalliy korxonalar va davlat idoralari ham axborot oladigan toliq manba yoqligiga etibor qaratildi. Shu bois har bir eksportchi korxona togrisidagi elektron axborotlar bazasini shakllantirish, ularning mahsulotlari togrisida toliq malumot, marketing tadqiqotlari natijalari, eksport hajmi kabi malumotlarni oz ichiga oluvchi elektron pasportni joriy etish vazifasi qoyildi.

Yigilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xojalik birlashmalari hamda hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalar va tadbirkorlarni har tomonlama qollab-quvvatlash boyicha aniq topshiriqlar berdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018