2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Muborak Ramazon oyini munosib tarzda otkazish togrisida

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Xalqimiz uchun ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi hisoblangan muborak Ramazon oyining ijtimoiy hayotimizda ozaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash borasidagi alohida orni va ahamiyatini inobatga olgan holda hamda muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning tinchlik, bagrikenglik, shukronalik kabi olijanob goyalarini keng targib etish, diniy-marifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va uluglash maqsadida:

1. 2018-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17-may kuniga togri kelishi haqidagi Ozbekiston musulmonlari idorasining axboroti malumot uchun qabul qilinsin.

2. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ozbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qollab-quvvatlash Nuroniy jamgarmasi, Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini azaliy anana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib otkazish bilan bogliq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bolgan ezgu goyalar, dinimiz arkonlarini ezozlash, hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, ahil va hamjihat bolib yashashga davat etadigan, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan marifiy tadbirlar va targibot ishlari tashkil etilsin.

Ushbu muqaddas oyda yordamga muhtoj va ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qollab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va ozaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilsin.

3. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini otkazish bilan bogliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri, 2018-yil 11-may

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018