2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Boysun bahori tog qoyniga chorlaydi

 

Joriy yilning 28-29 aprel kunlari Boysun tumanidagi xushmanzara Oqtosh ota qirlarida ananaviy Boysun bahori folklor festivali bolib otadi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar dasturi togrisidagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilayotgan tadbirni yuqori saviyada otkazishga qizgin tayyorgarlik korilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bolajak festivalga mamlakatimiz va xorijdan har yilgidan kop mehmon kelishi kutilmoqda. Shu bois tadbir otadigan tog bagriga olib boradigan yollar obodonlashtirilib, hududda zarur qulayliklar yaratishga etibor yanada kuchaytirildi. Shunga muvofiq, festivalga tayyorgarlik ishlari erta boshlanib, yetarli sharoit yaratildi.

Festival kunlari barcha qulayliklarga ega ikkita sahnada folklor-etnografik xalq ansambllari va boshqa jamoalar mamlakatimizning turli hududlariga xos liboslar va qadimiy kuy-qoshiqlar asosida tayyorlagan noyob sanatini namoyish etadi. Yana bir sahnada el suygan baxshilar xalq dostonlari va termalaridan kuylaydi. Betakror tabiat qoynida milliy kurash musobaqalari ham bolib otadi. Qiziqarli xalq oyinlari tashkil etiladi.

Xalqimizning milliy qadriyat va ananalari tarannum etiladigan festivalning yanada jozibali, zavqli otishini taminlash uchun tungi yoritish tizimlari yangilandi. Aloqa sifati tubdan yaxshilanib, tortta uyali aloqa kompaniyasining yangi uskunalari ornatildi. Ikkita avtomobillar turar joyi barpo etildi. Solim gosha tog bagridan sizib chiqayotgan musaffo buloq suvi bilan taminlanadi. Ishtirokchilar, mehmonlar va sayyohlarga sifatli xizmat korsatish uchun 50 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati yolga qoyilmoqda. 100 ga yaqin chiroyli bezatilgan otov uy mehmonlarni kutmoqda.

Festivalda viloyat hunarmandlari ham oz mahsulotlarini namoyish etadi.

Viloyatda 30 ga yaqin turdagi milliy hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarilmoqda, deydi "Hunarmand" uyushmasi Surxondaryo viloyati bolimi rahbari M.Jorayeva. Rang-barang, serjilo buyumlarimiz korgazmasini tashkil etish uchun 200 ga yaqin savdo rastasi barpo etilmoqda. Otovlar ornatilib, turfa kashta, gilam va boshqa buyumlar bilan milliy qadriyatlarimizga xos jihozlanmoqda. Hunarmandlarning qol mehnati evaziga yaratilgan nafis, rang-barang buyumlar, ayniqsa, xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uygotishi tabiiy.

Festivalga nafaqat folklor-etnografik jamoalar, qoli gul hunarmandlar, polvonlar, baxshi-shoirlar, balki Mannon Uygur nomidagi viloyat musiqali drama teatri sanatkorlari ham alohida tayyorgarlik kormoqda.

Boysun bahori inson qalbida milliy qadriyatlarga, nafis sanat va serjilo tabiatga mehr uygotib, ularni ardoqlashdek ezgu tuygularni tarannum etadigan shodiyona, deydi Mannon Uygur nomidagi viloyat musiqali drama teatri rahbari M. Qoraqulova. Shu bois bu festivalga puxta hozirlik kormoqdamiz. Alpomish spektaklidan qiziqarli parchalar namoyish qilamiz. Solim tog bagrida gozal tabiat manzaralariga uygun milliy sahna korinishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etmoqchimiz.

Surxondaryo noyob qadriyatlari, hudud tabiatiga mos turli liboslari, lapar va dostonlari, dombira va chanqovuzning sehrli ohanglari bilan azaldan mashhur bolib kelgan. Boy madaniy merosga ega Boysun 2001 yilda YuNESKO tomonidan Insoniyatning ogzaki va nomoddiy merosi durdonalari sifatida etirof etilib, 2008 yilda Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ royxatiga kiritilgan.

Festival doirasida 27 aprel kuni Termiz davlat universitetida Boysun moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya otkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjumanda qadimiy bu yurtning tarixi, nafis va boy madaniy merosining dunyo tamaddunida tutgan orni xususida fikr almashiladi, deydi Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov. Shuningdek, Boysun milliy hunarmandchiligi, etnografiyasi va arxeologiyasini organish, hududda turizmni rivojlantirish bilan bogliq masalalar muhokama etiladi. Mazkur anjumanda mamlakatimizning turli hududlaridan, chet davlatlardan taniqli olimlar, mutaxassislar ishtirok etish istagini bildirayotgani ham Boysun bahoriga qiziqish yildan-yilga ortib borayotgani tasdigidir.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018