2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Tarixiy tashrifga qizgin hozirlik korilmoqda

 

 

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 15-17-may kunlari Amerika Qoshma Shtatlariga amalga oshiradigan ilk rasmiy tashrifi ayni paytda jahon ommaviy axborot vositalari, xususan, AQSh matbuoti, internet nashrlarida asosiy mavzuga aylangan.

Masalan, Oq uy rasmiy veb-saytida mazkur tashrif tarixiy, deya atalib, Ozbekiston va AQSh ortasidagi hamkorlik munosabatlari shu asosda yangi bosqichga kotarilishi takidlangan.

Haqiqatan ham, tashrif dasturi keng qamrovli hamda Amerikada mazkur uchrashuvga qizgin tayyorgarlik korilmoqda. Oliy darajadagi muzokaralarda Ozbekiston AQsh hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. Vashingtonda davlatimiz rahbari, shuningdek, AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenta hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar otkazadi. Rasmiy tashrif yakunida ikki mamlakat Prezidentlari Ozbekiston va Amerika Qoshma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi deb nomlangan Qoshma bayonotni imzolashi, turli sohalardagi ozaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan xujjatlar toplamining qabul qilinishi kutilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabariga kora, ana shu jarayon AQShning CNN, DVS kabi nufuzli telekanallari, mamlakatimizning 80 ga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan yoritib boriladi. Shuningdek, tashrif arafasida AQShda bir qancha tadbirlar, uchrashuvlar, taniqli ekspertlar, siyosatchilar bilan muloqotlar otkazish reja lashtirilgan.

Amerika Ozbekiston savdo palatasi ofisida iqtisodiy hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar imzolash, Ozbekneftgaz hamda Ozkimyosanoat kompaniyalari bilan Honeywell kompaniyasi rahbariyatining muloqoti, Human Rights Sha"^ tashkiloti vakillari brifingi, Ozbekistonning yangi qiyofasi kitobining taqdimoti, McDegmott Will & Emery LLP yuridik kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv, Kennan instituti, muzeylar faoliyati bilan tanishish va boshqa koplab anjumanlar shular sirasidandir.

Qisqasi, bu boradagi dastur ham boy. Ular bilan gazetamizning kelgusi sonlarida tanishtiramiz. Keling, endi safarimizdan orttirgan ilk taassurotlar hamda AQSh bilan bogliq ayrim malumotlarga etiboringizni qaratsak.

Okeanortidagi mazkur davlat hamisha katta qiziqishga sabab bolgan. Dunyoning istalgan nuqtasida AQShni, bir marta bolsa-da, oz kozi bilan korishni orzu qiladiganlar koplab topiladi. Aksariyatimiz AQSh manzarasi, osmonopar binolariyu aholi turmushi haqida, asosan, filmlardan qisman bilamiz. Xosh, ushbu davlat salohiyatining asosi nimalar bilan bogliq? Ozbekistonning AQSh bilan hamkorlik munosabatlari qaysi jabhalarda rivojlanib borayapti? Diqqatga sazovor joylarining oziga xosligi nimada? Safar davomida ana shu kabi savollarga javob topishni maqsad qilib olganmiz.

Ilk taassurotlar

...10470 kilometr, 12 soatu 10 daqiqa. Bu Toshkentdan Nyu-York shahrigacha qilgan uzluksiz parvozimizning masofasi va vaqti. Ilgarilari okeanortiga, umuman, bunday uzoq manzillarga samolyotlar togridan-togri uchmasdi. Ozbekiston havo yollari Milliy aviakompaniyasi parki Boeing-787 Dreamliner samolyotlari bilan toldirilayotgani natijasida ana shunday imkoniyat yuzaga keldi. Orzu layneri deb olgan mazkur havo kemasi, haqiqatan ham, orzulardagidek. Uning misolida AQsh aviasanoati imkoniyatlari togrisida ham tasavvur hosil qilish mumkin.

Ozbekiston hamda AQSh vaktlaridagi tafovutning kattaligi safar davomida yaqqol bilinadi. Etibor bering: biz 10-may kuni Toshkentdan erta tongda havoga kotarilgan bolsak, Nyu-Yorkdagi aeroportga yana shu kuni tongda, 9:50 da kondik. Manzilga yetib kelganimizda Ozbekistonda kechki payt soat 18:50 edi. Yani kun bilan birga harakatlandik, desak ham boladi. Nyu-Yorkda havo harorati 14 daraja ilik atrofida ekan. Borishimiz kerak bolgan manzil Vashington shahriligi uchun darrov yolga chikdik. Taxminan 4-5 soatlik ushbu safar davomida yollar, yonatrof, shaharlar manzarasi hakida kisman tasavvur hosil kilish mumkin boldi. Magistrallar keng va ravon. Koplab ulkan kopriklar mavjud. Avtomobillar bir tekis harakatlanadi. Bir-biriga xa-lal berish yok. Ochigi, bu yerga kelmasdan avval bunday yirik shaharlarda mahobatli binolar kurishga ahamiyat karatib, yashillikka kopam etibor berilmasa kerak, degan tasavvur bor^ edi. Aslida unday emas ekan. Nyu-York shahridagi biz otgan kochalarning deyarli barchasining ikki tarafi yamyashil daraxtlar bilan koplangan. Vashingtongacha ham shunday manzara kozga tashlanib turdi. Yana bir jihat etiborni tortdiki, bu odamlarning davlat bayrogiga hurmati, mehri bilan bogliq holat. Qayerdan otmaylik, yol boylari, binolar peshtoqi, uylar tomi, qurilish uchastkalari maydoni, umuman, deyarli kop joyda tez-tez AQSh bayroqlariga kozimiz tushdi. Bilasiz, Amerika filmlarida ham davlat bayrogiga alohida urgu beriladi. Demak, bu bejiz emas. Hayotda shunday.

Vashingtonga yetib kelganimizda kunning ikkinchi yarmi edi. Bu shahar ham oziga xos bolib, Nyu-Yorkdan farqli olaroq, inshootlari u qadar baland emas. Uning arxitekturasi muallifi kelib chiqishi fransuz bolgan mutaxassis Per Lanfandir. Aksariyat rasmiy idoralar aynan Vashingtonda joylashgan. Jumladan, Oq uy, Xalqaro valyuta jamgarmasi, Jahon banki bosh qarorgohlari, elchixonalar, muzeylar hamda boshqa diqqatga sazovor joylar mavjud. Oq uy AQSh rahbarining rasmiy qarorgohi hisoblanadi. Bu binoning loyihasi irlandiyalik arxitektor Jeyms Xoban tomonidan ishlangan. Inshoot 2007-yilda elon qilingan Amerikaning sevimli arxitekturasi royxatida ikkinchi orinda qayd etilgan.

Har jihatdan mustahkam asos

Shu orinda AQSh tarixi, parlamenti faoliyati hakida kiskacha malumot berib otsak. Shimoliy Amerikada joylashgan ushbu davlat 1776-yilning 4-iyulida oz mustakilligini elon kilgan. Umumiy maydoni 9,5 million km. kv. bolib, hududi boyicha dunyoda tortinchi orinda turadi. Aholisi 327 million nafardan ortik. Bu borada jahonda uchinchi pogonada. Malumotlarga karaganda, fukarolarning taxminan 82 foizi shaharlar yoki shahar atrofida yashaydi. Mamuriyhududiy bolinishi 50 ta shtat va bir Kolumbiya federal (poytaxt) okrugidan iborat.

AQSh sotsialiktisodiy korsatkichlar, jumladan, ortacha oylik ish haki, aholi soniga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmi hamda boshka jihatlar boyicha dunyoning yetakchi davlatlari safida turadi. Jahon yalpi ichki mahsulotining tortdan bir kismi ushbu mamlakat hissasiga togri kelishi ham uning imkoniyatlari, salohiyati kay darajada ekanini ifodalaydi. AQSh ilmiy tadkikot hamda texnologik innovatsiyalar boyicha ham ilgor hisoblanadi. Tabiiy zaxiralarga boy davlat.

Har bir mamlakat muvaffaqiyatida, albatta, huquqiy asoslar muhim orin tutadi. AQShning hozir amalda bolgan Konstitutsiyasi 1787 yilda qabul qilingan bolib, dunyodagi eng kohna konstitutsiyalardan biri sanaladi. Hokimiyatlar bolinishi tizimida AQSh Konstitutsiyasi birinchi oringa oliy qonun chiqaruvchi organ Kongressni qoyadi. Kongress ikki palatali Senat va Vakillar palatasidan iborat. Senat qonun chiqaruvchi organ sifatida shtatlarning manfaatini ifoda etadi. Senator 6 yil muddatga saylanadi. Har ikki yilda Senat tarkibi uchdan bir qismga yangilanadi. Mamlakat vitse-prezidenti Senat majlislarida raislik qiladi. Vakillar palatasi qonun chiqaruvchi organ sifatida butun xalq manfaatlarini ifoda etadi hamda unga majoritar saylov tizimi boyicha umumiy ovoz berish yoli bilan ikki yil muddatga saylanadilar. Hozirgi paytda Vakillar palatasida 435 deputat bor.

Ijro etuvchi hokimiyat boshligi Prezident. Davlat rahbari saylovchilar tomonidan vitse-prezident bilan birga ikki darajali saylov asosida tort yil muddatga ikki marta saylanish huquqiga ega. Prezident Senatning roziligiga kora, hukumat azolarini lavozimiga tayinlaydi. Tashqi ishlar vaziri vazifasini Davlat kotibi bajaradi.

Mamlakat sud hokimiyatining yuqori organi AQSh Oliy sudi hisoblanadi.

Faol mulokot, izchil hamkorlik

Amerika Qoshma Shtatlari va Ozbekiston ortasidagi alokalar 2002 yilda imzolangan Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari togrisidagi deklaratsiyaga muvofik rivojlanmokda. Tomonlar bir kator xalkaro hamda mintakaviy muammolar boyicha mushtarak pozitsiyaga ega bolib, xavfsizlik tahdidlari, yani giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi, ommaviy qirgin qurollarining tarqalishiga qarshi kurash, shuningdek, Markaziy Osiyo va Afgonistonda tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlash sohalarida faol hamkorlik qiladi.

2017-yil dekabr oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Tramp ortasida bolib otgan telefon orqali muloqotda ozaro hurmat, ishonch hamda bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga sodiqligi takidlandi. Shuningdek, joriy yil mart oyida Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti davlatimiz rahbariga Afgoniston boyicha xalqaro konferensiyaga oid maktub yolladi.

Ikki tomonlama siyosiy muloqotlar ozaro tashriflarning muntazamligi bilan ham ajralib turadi. Ozbekistonga AQSh mamuriyatining asosiy idora vakillari va turli darajadagi delegatsiyalari muntazam ravishda tashrif buyuradi hamda OUzbekiston AQSh munosabatlarining dolzarb masalalari boyicha fikr almashish mexanizmi yillik siyosiy maslahatlashuvlar tashkil etiladi.

Mamlakatlarimiz parlamentlari ortasidagi hamkorlik ham izchil rivojlanmokda. Parlamentlar va hukumatlar darajasidagi ikki tomonlama tashriflar faollashgani siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ozaro fikr hamda tajriba almashish imkonini bermoqda. Masalan, otgan yil Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi AQShga tashrif buyurdi. Noyabr oyida Amerika Qoshma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi azosi Trent Kelli boshchiligidagi delegatsiya azolari Oliy Majlis Senatida uchrashuv otkazdi.

Joriy yilning aprel oyida esa AQSh Davlat kotibi yordamchisining inson huquqlari, demokratiya va mehnat masalalari boyicha orinbosari

Rendi Berri boshchiligidagi delegatsiya parlamentimiz yuqori palatasida muzokara otkazdi. Muloqotda mamlakatlarimiz ortasidagi aloqalarning huquqiy asosini mustahkamlash hamda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvidagi ishtirokini taminlashda parlamentlararo hamkorlik alohida orin tutishi takidlandi.

Ozbekiston va AQSh ortasida ustuvor ahamiyatga ega bolgan savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlik faol rivojlanmoqda. Mamlakatlar ortasidagi ishbilarmonlik aloqalarini qollabquvvatlash va rivojlantirishda Amerika Ozbekiston savdo palatasi muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh hamda Markaziy Osiyo davlatlari ortasida imzolangan savdo va investitsiyalar boyicha bitimning amalga oshirilishi Amerika bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qoshmoqda.

Ozbekistonda AQShning dunyoda taniqli bir qator yirik kompaniyalari faoliyat korsatmoqda. Xususan, General Motors korporatsiyasi ishtirokida yengil avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarishga moljallangan GM Powertrain Uzbekistan zavodi faoliyat korsatmoqda. Boeing kompaniyasi Ozbekiston havo yollari Milliy aviakompaniyasini zamonaviy avialaynerlar, xususan Boeing-787-8 Dreamliner rusumidagi yangi avlod samolyotlari bilan taminlovchi asosiy hamda doimiy hamkor sanaladi.

General Electric korporatsiyasi Ozbekistonning neftgaz va aviatsiya sektorlarida, shuningdek, salomatlik hamda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi asosiy sherigidir. AQShning Ozbekistonda faoliyat yuritayotgan kompaniyalari ichida Exxon Mobil, CNH Industrial, Hyatt, John Deere, Honeywell, Caterpillar hamda boshqa jahonga taniqli korporatsiyalarni ham uchratish mumkin.

Madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar ham izchil rivojlanmoqda.

Ozbekistonga AQShning ixtisoslashtirilgan muassasalari va tashkilotlari ekspertlari muntazam ravishda muzokaralar va amaliy tadbirlar otkazish maqsadida tashrif buyuradi hamda ozbek mutaxassislari AQShning turli ilmiy va talim dasturlarida ishtirok etadilar. Oliy talim muassasalari ortasida hamkorlikni yanada rivojlantirish doirasida Ozbekistonning bir qator oliy talim muassasalari hamda AQShning Ogayo va Michigan universitetlari, Boston yuridik kolleji, Amerika va Jorjtaun universitetlari kabi oliy talim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish boyicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, Toshkentda Vebster universiteti filialini ochish togrisida kelishuvga erishildi. AQSh tibbiyot muassasalari hamda Ozbekiston ixtisoslashtirilgan klinika va shifoxonalari ortasida, jumladan, jarrohlik, kardioxirurgiya, urologiya, akusherlik hamda ginekologiya, koz mikroxirurgiyasi yonalishlarida togridan-togri aloqalar ornatildi.

Shubhasiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kelgusi haftada AQShga boladigan ilk rasmiy tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni yuksak pogonaga olib chiqadi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018