2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida nutq sozladi

Qirgizistonning Cholpon ota shahrida 3 sentabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammiti bolib otdi.

Unda ushbu tuzilmaga azo mamlakatlar Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogan, Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Respublikasi Bosh vaziri Viktor Orban anjumanda faxriy mehmon sifatida qatnashdi.

Davlatimiz rahbari sammitda sozlagan nutqida xalqlarimizni oxshash til, mushtarak manaviy qadriyatlar va hamkorlik rishtalari bir-biriga boglab kelayotgani, bugungi kunda Kengashning siyosiy kun tartibida hech bir muammo yoki kelishmovchilik mavjud emasligini qayd etdi.

Mamlakatlarimiz dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarda ozaro mos yoki yaqin qarash va yondashuvlarga amal qilib kelmoqda. Ayni vaqtda xalqlarimizning hayotiy manfaatlariga tola javob beradigan iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport va kommunikatsiya, turizm, ilm-fan va talim kabi sohalarda ozaro hamkorlik faol rivojlanmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimizning siyosiy irodasi, ochiq va amaliy tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda vaziyat ozgardi, mintaqa davlatlari ortasida dostona aloqalar mustahkamlandi.

Davlatimiz rahbarining Qozogiston, Qirgiziston, Turkiya, Ozarbayjon Prezidentlari bilan uchrashuv va muloqotlari samarasida turli sohalardagi hamkorlik yanada rivojlandi. Mamlakatimizning Turkiy kengashga azo davlatlar bilan ozaro savdo hajmi oxirgi bir yilda 40 foizdan ziyod oshgan.

Ozbekiston Prezidenti bu korsatkichlardan ancha yuqori marralarga erishish mumkinligini takidlab, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga doir muhim yonalishlarga toxtalib otdi.

Avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yetakchi sanoat korxonalari, bank-moliya institutlari va tadbirkorlik tuzilmalari ortasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish zarurligini takidladi.

Transport yonalishlarining integratsiyalashgan tarmogini yaratish, dunyo va mintaqadagi asosiy bozorlarga chiqish masalasiga etibor qaratildi. Mamlakatlarni innovatsion asosda rivojlantirish, bu sohaga masul bolgan idoralar, ilmiy-tadqiqot markazlari va venchur kompaniyalar ortasida hamkorlikni kengaytirish zarurligi takidlandi.

Turizmni rivojlantirish boyicha ulkan imkoniyatlar borligi, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishi qayd etildi. Shuningdek, tinchlik va xavfsizlikni taminlash, yosh avlodni ilm-marifat asosida tarbiyalash masalasiga ham alohida etibor qaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga azo mamlakatlar, avvalo, qoshni davlatlar bilan hamkorlikni izchil rivojlantirayotgani, ushbu xalqaro tuzilmaning kelajagiga katta umid va ishonch bilan qarashini takidladi.

Turkiy kengash doirasida ozaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz. Hozirgi bosqichda uning faoliyatida mamlakatimiz uchun amaliy jihatdan qiziqish uygotadigan yonalishlar boyicha ishtirok etishga tayyormiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga raislik Qirgiziston Respublikasiga otgani munosabati bilan Prezident Sooronbay Jeenbekovni tabrikladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018