2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Kan Gyon Xva: Koreyaliklar ozbek xalqining boy madaniyati va urf-odatlarini yuksak qadrlaydi

 

Ozbekiston bilan Janubiy Koreya ortasidagi aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanib bormoqda. Xalqlarimizning mentaliteti, madaniyati bir-biriga oxshash. Yurtimizda yashayotgan koreys diasporasi mamlakatimizdagi koplab boshqa millat vakillari qatori tinch-totuv va farovon hayot kechirib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoshib kelayotir.

Mamlakatimizda tashrif bilan bolib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva xonim OzA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:

Avvalo, samimiy qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Ozbekiston rahbari bilan suhbatimiz goyat mazmunli boldi, konstruktiv ruhda otdi.

Keyingi yillarda mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda. 2017-yil 22-25 noyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga kotardi. Ikki davlat rahbarlarining ichki va tashqi siyosat masalalariga yondashuv va qarashlari oxshash, ular mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni taminlash borasida hamfikrdir.

Mazkur tashrif davomida davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning uch muhim yonalishi oliy darajadagi muloqotlarni yanada faollashtirish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaliy sheriklikning soha va yonalishlarini diversifikatsiya qilish yuzasidan kelishib oldi. Shunga asosan, joriy yil fevral oyida Koreya Respublikasi Bosh vaziri orinbosari, strategiya va moliya vaziri rasmiy tashrif bilan Ozbekistonda boldi va Toshkentda yangi formatda ilk bor tashkil qilingan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari boyicha qoshma hukumatlararo uchrashuvda qatnashdi. Bu kabi anjumanlar ikki tomonlama aloqalarni yanada yuqori bosqichga kotarishda muhim qadam bolmoqda.

Shuni alohida takidlamoqchimanki, Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ozbekistonga keyingi on bir yilda ilk bor tashrif buyurmoqda.

Ozbekistonga safar asnosida koreys millati vakillari bilan ham uchrashdik. Ular ozbek xalqi Koreyani, koreys madaniyatini yuksak qadrlashini takidladi. Biz esa Janubiy Koreyada ozbek xalqining boy madaniyati va urf-odatlari yuksak qadrlanishini qayd etdik. Bunday omillar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati alo darajada ekanidan dalolat beradi.

Muzokaralar davomida mamlakatlarimiz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish, mintaqalarimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalarida ishonchli hamkor ekaniga yana bir bor amin boldim.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018