2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Prezidenti AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qomondonligi qomondonini qabul qildi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 12-may kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qomondonligi qomondoni general Jozef Votelni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Ozbekiston bilan AQSh ortasidagi strategik sheriklik va kop qirrali hamkorlik ayniqsa siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda jadal rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohalaridagi ozaro aloqalarga alohida etibor qaratildi.

Mintaqada barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurash, shuningdek, Afgonistondagi vaziyatni tinch yol bilan hal etishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

General J.Votel davlatimizrahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, AQSh Prezidenti D.Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

AQSh joriy yil mart oyida Toshkent shahrida Ozbekiston Prezidenti tashabbusi bilan otkazilgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholashi va qollab-quvvatlashi qayd etildi.

Ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik ornatish mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, Afgoniston va butun Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlari yolida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida takidlandi.

Muloqot yakunida Ozbekiston Prezidentining AQShga kutilayotgan rasmiy tashrifi Ozbekiston-Amerika hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga kotarishi, ozaro manfaatli hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitishiga qatiy ishonch bildirildi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018