2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Buxoro viloyatida Buxoro-Agro erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

Buxoro viloyatida Buxoro-Agro erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi. Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni shu haqdagi qarorni imzoladi.

EIZda zamonaviy issiqxona xojaliklarini, jumladan, gidroponika texnologiyalarini qollagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun togridan-togri xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etish, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Kochatzorlar, shuningdek, birlamchi urugchilikni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish orqali issiqxona xojaliklarini talabi katta, yuqori hosildorlikka ega bolgan qishloq xojaligi ekinlari urug va kochatlari bilan taminlashning samarali mexanizmlarini joriy etish EIZning asosiy vazifalaridan.

Buxoro-agro EIZning faoliyat korsatish muddati u tashkil etilgan kundan boshlab, mazkur muddatni keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi. EIZning faoliyat korsatishi muddati mobaynida uning hududida alohida soliq va bojxona rejimlari amal qiladi. EIZ ishtirokchisi maqomi Buxoro viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari mamuriy kengashining qarori bilan beriladi.

EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari, loyiha tashabbuskorlari mablaglari, jumladan, togridan-togri investitsiyalar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda loyiha tashabbuskorining loyihani amalga oshirish uchun jalb etilayotgan oz mablaglari miqdori tegishli loyiha umumiy qiymatining 25 foizidan kam bolishi mumkin emas.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018