2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Surxondaryoda joriy mavsumda 5 ming 100 tonna baliq mahsuloti yetishtirish moljallanmoqda

 

 

Surxondaryo viloyatida joriy mavsumda 5 ming 100 tonna arzon va sifatli baliq mahsuloti yetishtirish moljallanmoqda.

Viloyatda baliq yetishtirishni kopaytirish, sohaga intensiv zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, baliqchilik xojaliklarini har tomonlama qollab-quvvatlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida etibor qaratilayotir.

Surxondaryobaliqsanoat masuliyati cheklangan jamiyatidan olingan malumotlarga kora, bu yilgi mavsumda viloyatdagi 230 baliqchilik xojaliklaridagi suniy suv havzalarida2 ming 527 tonna, yetti baliqchilik xojaligida 1 ming 453 tonna baliq yetishtiriladi.Ikkita baliqchilik xojaligi Vyetnam texnologiyasi asosida barpo etayotgan 6 gektar kichik suv havzalaridan 600 tonna, bitta yopiq suv aylanma tizimidan 300 tonna hamda 570 gektar sholi maydonlaridan 220 tonna baliq mahsulotlari olinadi.

Xalqimizning arzon va sifatli luqmai halolga ehtiyojiniqoplash uchun har bir tumanning alohida dasturi ishlab chiqilib, vazifalar belgilandi, deydi Surxondaryobaliqsanoat masuliyati cheklangan jamiyati direktori orinbosari F.Sattarov. Ishchi guruhi tashkil etilib, joylardagi baliqchilik xojaliklarini inventarizatsiya qilish yolga qoyildi. Baliqchilik loyihalarini ishga tushirish istagi bolgan tashabbuskorlar taklifi organilib, tegishli tartibda korib chiqilmoqda. Dasturga muvofiq, bu yil viloyatda 470 gektar yangi suniy kollar barpo etish kozda tutilgan. Hozirgacha Jarqorgon tumanida 33,8, Muzrabot tumanida 18,1, Shorchi tumanida 10,6, Qiziriq tumanida 6,5 gektar yer ajratildi. Boshqa tumanlarda ham suniy kollar uchun yer maydonlari ajratishga etibor kuchaytirilayotir. Bu jarayonda suv resurslaridan oqilona foydalanish choralari korilmoqda.

Viloyatda inkubatsiya sexlari tashkil etib, baliq chavoqlari ishlab chiqarish yolida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Surxon Agro Fish prom KO masuliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 50 million dona bolgan inkubatsiya sexida qurilish ishlari olib borilmoqda. Karp havzasi masuliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 50 million dona bolgan inkubatsiya sexi tamirlanib, ishga tushirildi.

Malumotlarga kora, mavsumda mavjud 5 ming 17 gektar tabiiy suv havzalarini 510 ming dona baliq chavoqlari bilan baliqlantirish belgilangan. Otgan davrda 3 ming gektardan ortiq suv havzasiga baliq chavogi tashlandi. 1 ming 113 gektar suniy suv havzalariningming gektarga yaqin maydoni 2 million 500 donadan ortiq baliq chavogi bilan baliqlantirildi.

Tabiiy kollar atrofida baliq chavoqlari yetishtiriladigan reproduktor havzalar bunyod etish, tabiiy suv havzalariga qafas (sadok) moslamalarini ornatish, yangi loyihalarni moliyaviy qollab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham vohada baliqchilikni yuksaltirib, aholini arzon, parhezbop baliq mahsulotlari bilan uzluksiz taminlashga xizmat qiladi.

 

Manba: OzA


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018