2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Xalqaro islom akademiyasi va Hadis ilmi maktabi tashkil etilmoqda

 

 

Prezident diniy-marifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish togrisidagi farmonni imzoladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Diniy-marifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida"gi farmonni imzoladi. Ushbu sohadagi davlat siyosati jaholatga qarshi marifat goyasi asosida amalga oshiriladi.

Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boyicha qomita tuzilmasida diniy mavzularga oid adabiyotlar, Internet va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qilish, diniy-ijtimoiy muhitning barqarorligiga salbiy tasir korsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish boyicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shugullanuvchi Diniy-ijtimoiy jarayonlarni organish axborot-tahlil markazi tashkil etilmoqda.

Hujjatda Toshkent islom universiteti negizida Ozbekiston xalqaro islom akademiyasini tashkil etish belgilandi. Ushbu akademiya Quron ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bolgan sohalar boyicha kadrlarni tayyorlaydi.

Shuningdek, Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi tarkibida Qoraqalpogiston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega bolgan Malaka oshirish markazi tashkil etiladi. Akademiya qoshida Ziyo media markazi tashkil etilib, mamlakatda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarning islom va jahon sivilizatsiyasiga qoshgan boy diniy-ilmiy merosini keng targib qilish, diniy-marifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazish uning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Oliy diniy-marifiy talim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabini tashkil etish rejalashtirilgan.

Ozbekiston musulmonlari idorasi huzurida Vaqf xayriya jamoat fondi tashkil etilib, masjidlar va diniy talim muassasalarining binolarini qurish, tamirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uning asosiy vazifalari etib belgilandi.

1 iyuldan Din ishlari boyicha qomita, Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi, Ozbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ishlovchi oqituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislarga yagona tarif setkasi boyicha mehnatga haq tolash razryadlariga kora tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Markaz xodimlariga 4 baravar) miqdorda qollaniladi. Pensionerlarga ularning ushbu tashkilotlardagi faoliyati yagona bolgan taqdirda pensiyalari toliq tolanadi.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018