2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

YXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv

 

 

2018-yilning 11-iyun kuni Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

T.Greminger va delegatsiyasi azolari YXHT bilan otkaziladigan Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun Ozbekistonga kelgan.

TIVdagi suhbat davomida YXHTning barcha uch olchamlarida hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Qayd etilganidek, amalga oshirilayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi islohoti, shuningdek, ularning fuqarolar bilan muloqotga ochiqligi Ozbekistonni siyosiy rivojlanishning mutlaqo yangi darajaga olib chiqdi va YXHT bilan hamkorlikni kengaytirish uchun aniq imkoniyatlar yaratdi.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyesi 72-sessiyasi minbarida bildirgan tashabbuslarini tadbiq etish doirasida bugun Toshkent shahrida oz ishini boshlayotgan xalqaro konferensiyaning mavzusi dolzarbligi takidlandi. Bugungi kunda yoshlar insoniyatning ikki milliardli avlodi bolib, ertangi kunimiz, qolaversa sayyoramizning farovonligi ham ularga bogliq.

Uchrashuvda 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bolib otgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya yakunlari nuqtayi-nazaridan mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda YXHT loyihalarining Ozbekistondagi koordinatori Jon MakGregor ishtirok edi.

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018