2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Qozogistonning muvaffaqiyatlari yaqin dost va qoshni sifatida Ozbekistonni ham quvontiradi

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 6-iyul kuni Qozogistonga tashrif buyurdi va Ostona shahrining 20 yilligiga bagishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Prezidentlar dastlab yaqinda ochilgan Ostona xalqaro moliya markazini borib kordi. Ushbu markazda ishbilarmonlar uchun yaratilgan sharoitlar, istiqbolda belgilangan rejalar bilan tanishdi.

Markaz faoliyati xalqaro moliya institutlari tajribasi asosida yolga qoyilgan. Markaz azolari uchun ellik yilgacha soliq imtiyozlari berish, viza, valyuta va ish yuritish tizimini soddalashtirish kozda tutilgan.

Davlatimiz rahbari ushbu zamonaviy va innovatsion moliyaviy markaz qardosh Qozogistonning katta yutugi ekanini takidladi.

Mustaqillik saroyida Ostona shahrining 20 yilligiga bagishlangan tantanali tadbir bolib otdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu tarixiy sana bilan Qozogiston xalqi va Prezident Nursulton Nazarboyevni samimiy tabrikladi.

Ostona shahri yangi, mustaqil va izchil rivojlanayotgan Qozogistonning yorqin timsolidir. Uning qiyofasida qozoq xalqining boy madaniyati va ananalari, zamonaviy arxitektura yutuqlari mujassam. Bu shahar yirik iqtisodiy va moliyaviy markaz, xalqaro forum va uchrashuvlar maydoni hamdir, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qozogistonning muvaffaqiyatlari yaqin dost va qoshni sifatida Ozbekistonni quvontirishi takidlandi. Muntazamlik kasb etgan uchrashuv va tadbirlar xalqlarimiz ortasidagi dostlik va hamkorlikni yanada yuqori pogonaga olib chiqishiga ishonch bildirildi.

Malumki, 1994-yil 6-iyulda Qozogiston Oliy Kengashi mamlakat poytaxtini Olmaotadan Oqmolaga kochirish togrisida qaror qabul qilgan edi. Prezident Nursulton Nazarboyevning farmoniga muvofiq, 1997-yil 10-dekabrda Oqmola shahri Qozogiston Respublikasining poytaxti, deb rasman elon qilindi. 1998-yil 6-may kuni Oqmola shahrining nomi Ostona deb ozgartirildi. 2008-yili qabul qilingan qonunga muvofiq, 6-iyul Poytaxt kuni davlat bayrami etib belgilangan.

Otgan davrda shahar hududi ancha kengayib, zamonaviy binolar barpo etildi. Ostona mamlakatning nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy markaziga aylandi.

Bu yerda mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi tadbirlar otkazilyapti. Jumladan, Qozogiston poytaxti 2017-yilgi xalqaro ixtisoslashgan korgazmaga mezbonlik qildi.

Ostona tarixida mamlakatimiz uchun ham etiborga molik jihatlar kop. Ozbekiston Prezidentlari, parlament va hukumat delegatsiyalari bu yerga bir necha bor tashrif buyurgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-23-mart kunlari davlat tashrifi bilan Ostonada bolgan edi. Ushbu tashrif natijasida Ozbekiston bilan Qozogiston ortasidagi hamkorlik yanada rivojlanib, mavjud ulkan salohiyat royobga chiqdi. Ozaro savdo hajmi va nomenklaturasi kengaydi.

Hududlar va ishbilarmon doiralar ortasidagi aloqalar faollashdi. Madaniy-gumanitar hamkorlik mustahkamlandi. 2018-yil Qozogistonda Ozbekiston yili doirasida koplab madaniy-marifiy tadbirlar, adabiy uchrashuvlar otkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari 2017-yil iyun oyida Ostona shahrida otkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti va sentyabrda Islom hamkorlik tashkiloti sammitlarida ham ishtirok etdi.

Rasmiy Ostona Shavkat Mirziyoyevning mintaqa mamlakatlari rahbarlarining uchrashuvini tashkil etish tashabbusini birinchilardan bolib qollab-quvvatladi. Joriy yil 15-mart kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi bolib otdi. Bu tarixiy sammit mintaqa davlatlari ortasidagi ozaro ishonch, sheriklik va yaxshi qoshnilik munosabatlarining yangi bosqichini boshlab berdi.

Ostona shahrining 20 yillik tadbirlari yana bir samimiy muloqot maydoni boldi. Yubileyga Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ham tashrif buyurdi.

Tantanali marosimda mamlakatimiz sanat ustalari tomonidan ham kuy-qoshiqlar, raqslar ijro etildi. Bayram tadbiri xalqlarimiz dostligi, madaniy yaqinligining yana bir ifodasi boldi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogistonga tashrifi chogida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv otkazdi.

Muzokarada ikki mamlakat hamkorligining istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari oliy darajadagi bolgusi tadbirlar kun tartibini ham korib chiqdilar.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozogistonga tashrifi nihoyasiga yetdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018