2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ertasini oylagan mamlakat yoshlarini etiborsiz qoldirmaydi

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 4-iyul kuni yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini taminlash masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi bolib otdi.

Yigilishda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Qonunchilik palatasi Spikeri, siyosiy partiyalar rahbarlari, Bosh vazir va uning orinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Takidlanganidek, har bir yosh jamiyatda oz ornini topishi uchun munosib sharoit yaratish keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yonalishlaridan biridir. Xususan, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati negizida Ozbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Yoshlar bilan ishlashda yangi tizim va yondashuvlar amaliyotga joriy etilmoqda. Mamlakatimizda 30-iyun Yoshlar kuni sifatida birinchi marta keng nishonlandi.

Ammo yoshlar bilan ishlashda hamon kamchiliklar mavjud. Jumladan, katta maqsadlar bilan tuzilgan Yoshlar ittifoqi yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlashga, ularning muammolarini hal etishga yetarlicha etibor bermayapti. Tashkilot otkazayotgan ayrim tadbirlar dabdababozlik, ozini koz-koz qilishga oxshab qolayapti. Joylardagi 4 sektor rahbarlarining aksariyati hali yoshlar masalasi bilan faol shugullanmayapti. Ichki ishlar idoralari, mahalla qomitalari, boshqa jamoatchilik tashkilotlari va talim muassasalarining bu boradagi ishlari qoniqarsiz. Tuman va shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar boyicha orinbosarlari, tuman ichki ishlar bolimi boshligining yoshlar masalalari boyicha orinbosarlari jonbozlik korsatayapti, deb bolmaydi. Aksincha, bu masul lavozimlar ayrim hollarda vakant bolib qolmoqda.

Buning oqibatida yoshlar jinoyatga qol urishining oldi olinmayapti. Joriy yilning otgan davrida sodir etilgan 17,5 ming jinoyatning qariyb 31 foizi yoshlar hisobiga togri kelishi buning tasdigidir. Mamlakat boyicha jinoyat sodir etgan 22 ming shaxsning 11 ming nafarini yoshlar tashkil etib, bu korsatkich Andijon, Buxoro, Samarqand, Fargona viloyatlari va Toshkent shahrida, ayniqsa, yuqoriligicha qolmoqda.

Qashqadaryo viloyatida jinoyat sodir etgan yoshlarning 70 foizini oqimaydigan va ishlamaydiganlar tashkil etgan. Bu korsatkich Andijon viloyatida 57, Surxondaryo viloyatida 43, Jizzax viloyatida 42 foizga teng.

Afsuski, nafaqat uyushmagan yoshlar, balki kollej va maktab oquvchilari orasida ham jinoyatlarni sezilarli darajada kamaytirish taminlanmayapti. Joriy yilning otgan davrida jami 371 oquvchi jinoyat sodir etgan. Kollej oquvchilari jinoyatlari soni Sirdaryo, Jizzax, Namangan va Samarqand viloyatlarida keskin oshgan. Maktab oquvchilari jinoyati asosan Jizzax, Navoiy, Buxoro, Sirdaryo, Fargona viloyatlari va Qoraqalpogiston Respublikasiga togri keladi.

Xorazm, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida voyaga yetmaganlar tomonidan qotillik jinoyatlari sodir etilgani yanada ayanchlidir.

Joriy yilning otgan davrida Toshkent shahrida boshqa viloyatlardan kelib, qarovsiz va nazoratsiz yurgan 1 ming 700 ga yaqin voyaga yetmaganlar aniqlangan, ularning 500 nafari maktab va 670 nafari kollej oquvchilaridir.

Shu munosabat bilan Yoshlar ittifoqi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Xalq talimi vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi rahbarlariga yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish, qarovsizlik va nazoratsizlikning oldini olish, ular ortasida jinoyatlarni keskin qisqartirishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Ayni paytda ichki ishlar idoralarida profilaktika hisobida turuvchi voyaga yetmaganlar uchun tashkil etilayotgan Tarbiya-sport oromgohlari ishini tubdan qayta korib chiqish va natijadorligini taminlashga qaratilgan aniq tadbirlarni amalga oshirish zarurligi takidlandi.

Yoshlar ortasidagi muammolar, jumladan, jinoyatchilikning ildizi aksar hollarda ishsizlikka borib taqaladi. Joylarda yoshlarning bandligini taminlash borasida jiddiy muammolar mavjud. 1 ming 700 dan ziyod mehnat yarmarkasi otkazilganiga qaramay, ularda ishtirok etgan yoshlarning atigi 5 foizigina ishga joylashtirilgani, songgi bir yilda 509 ming nafar yoshlar uzoq muddatga chel ellarga chiqib ketgani ishga masuliyatsiz yondashuvdan dalolat beradi.

Yoshlarning bandligini taminlash boyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Ayni vaqtda yoshlarni biznes bilan shugullanishga faol jalb qilish uchun sharoit yaratish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bolgan mutaxassislik va biznes yuritish konikmalariga oqitish boyicha Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani va Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yangi tizim sinovdan otkazilmoqda. Buning uchun mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib, 14 yoshdan 30 yoshgacha bolgan yoshlar togrisidagi batafsil malumotlarni ozida aks ettirgan tuman pasportlari ishlab chiqildi.

Quyi Chirchiq tumani misolida oladigan bolsak, bu yerda yoshlarning hisobotlarda korsatilganidek 2,5 mingi emas, balki 6,3 mingdan ziyodi ishsiz ekani aniqlangan. Tuman yoshlarini qiynab kelayotgan muammolarning aksariyati joyida hal etilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va yoshlarning ijtimoiy faolligidan kelib chiqqan holda, tumandagi 37 ta mahallaning 13 tasi ogir, 18 tasi qoniqarsiz va 6 tasi qoniqarli toifaga ajratilib, ularni bosqichma-bosqich yaxshi toifasiga otkazish boyicha manzilli ishlar yolga qoyilgan. Jumladan, Yoshlar mehnat guzarlari tashkil etish uchun bino va yer maydonlari ajratildi, bosh ish orinlari yarmarkasi va boshqa tadbirlar natijasida 1 ming 200 dan ziyod ishsiz yoshning bandligi taminlandi, tadbirkorlik faoliyati uchun yoshlarga 2,3 milliard som kredit ajratildi(OR MB kursi 11.07.2018 da, 1$= 7846.27 som).

Ushbu tajriba asosida Yoshlar kuni arafasida Yoshlar kelajagimiz Davlat dasturi tasdiqlandi va uni barcha tuman va shaharlarda amalga oshirish boshlandi. Dastur ijrosi uchun Yoshlar ittifoqi huzurida Yoshlar kelajagimiz jamgarmasi hamda uning tuman va shahar filiallari tashkil etildi. Bu tuzilma mablaglaridan yoshlarning biznes loyihalari uchun yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit beriladi. Dasturda har bir tumanda ajratiladigan kredit hajmi va uni oluvchilar soni, kredit beriladigan faoliyat yonalishlari, buning natijasida yaratilishi zarur bolgan ish orinlari miqdori aniq belgilab qoyilgan. Shuningdek, har bir fermerga bittadan band bolmagan yoshni biriktirish kozda tutilgan.

Davlatimiz rahbari muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkorlar orasidan 2 hafta muddatda Jamgarmaning tuman va shahar filiallari rahbarlarini tayinlash, Investitsiya va Ijtimoiy masalalar komplekslarining respublika va hududiy organlari hamda tijorat banklari xodimlarining 30 foizini lavozimi va ish haqini saqlagan holda, yangi tuzilmaga, uning tuman va shahar filiallariga biriktirish lozimligini takidladi.

Dastur ijrosini samarali muvofiqlashtirib borish uchun Bosh vazirga Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boyicha respublika komissiyasi azolarini har bir hududga shaxsan masul etib biriktirish hamda ular boshchiligida davlat idoralari, jamoat tashkilotlari rahbar xodimlari va viloyat prokurorlaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar tashkil etish vazifasi topshirildi.

Hokimlar va sektor rahbarlari har hafta kamida ikki kun uyushmagan, hech qayerda ishlamaydigan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini organishi, eng avvalo, bandligini taminlash choralarini korishi lozimligi qayd etildi.

Yigilishda yoshlarni manan barkamol etib tarbiyalash, ularni turli oqimlar va yot goyalar tasiridan asrash masalalariga alohida etibor qaratildi. Buning uchun yoshlar bilan manaviy-marifiy yonalishdagi ishlarni yanada jonlantirish, ularni muzey, teatr va boshqa madaniy-manaviy maskanlar, sport musobaqalari, ilm-fan, sport va amaliy sanat togaraklariga faol jalb etish orqali bosh vaqtini mazmunli otkazishini tashkil etish zarur.

Farzand tarbiyasi va yurish-turishidan ogoh bolmasak, ularni ilmu-hunarga orgatmasak, kozi mehnatda qotmasa, munosib ish topib bermasak, ularni zararli tasirlardan himoya qilish qiyin boladi, dedi Prezidentimiz.

Shundan kelib chiqqan holda Yoshlar ittifoqi, Respublika Manaviyat va marifat markazi, Yoshlar muammolarini organish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga yoshlarni manan barkamol etib tarbiyalash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish va yot goyalar tasiriga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan tasirchan, amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.

Yigilishda ushbu dolzarb ishga senatorlar, Oliy Majlis va mahalliy Kengashlar deputatlarini faol jalb etish zarurligi alohida takidlandi. Zotan, xalq vakillari sifatida deputatlar korpusi yoshlar kelajagi uchun hammadan ham koproq jon kuydirishi lozim. Ular joylarda siyosiy partiyalarning yoshlar qanotlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, amaliy uchrashuv va tadbirlar orqali mazkur Dastur ijrosini taminlashda faol ishtirok etishi, hududlarda faoliyat olib boradigan ishchi guruhlarga amaliy yordam korsatishi zarur.

Voyaga yetmagan qizlar ortasida erta turmush va tugruqlar soni kopaygani bilan bogliq muammolar ham muhokama qilindi. Afsuski, erta turmush qurish va ajrashish muammosi boyicha joylarda faqatgina ota-onalarni aybdor qilish bilan cheklanish hollari kuzatilmoqda. Aslida bolar ish bolganidan keyin emas, balki salbiy holatlarni yuzaga keltirmaslik uchun oldindan manzilli ishlash tizimini joriy etish kerak.

Shu munosabat bilan Xotin-qizlar qomitasi, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi, Sogliqni saqlash, Xalq talimi vazirliklariga bu yonalishdagi ishlarni tanqidiy qayta korib chiqish va tasirchan chora-tadbirlarni belgilash vazifasi topshirildi.

Videoselektorda mutasaddi va joylardagi rahbarlar jam bolgani bois ayni kunlardagi yana bir dolzarb masala goza parvarishi bilan bogliq chora-tadbirlarga ham toxtalib otildi.

Bu yil ob-havoning quruq va salqin kelishi sababli goza rivoji 10-15 kunga, bazi joylarda 20-25 kunga kechikkani qayd etildi. Goza parvarishidagi qoloqlikni bartaraf etish, kafolatlangan hosil yaratish boyicha korsatmalar berildi.

Yigilishda 5 iyuldan 5 sentyabrga qadar Hosilga-hosil qoshish dolzarb ikki oyligi elon qilindi. Bu borada amalga oshirilishi zarur bolgan ishlar belgilab olindi.

 

Manba: OzA


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018