2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Prezidentining oqituvchi va murabbiylarga tabrigi

Muhtaram ustozlar!

Qadrli dostlar!

Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda oz hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bagishlagan barcha yurtdoshlarimizni 1-oktabr Oqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Buyuk marifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bogliq degan sozlari sizlarning mashaqqatli, ayni vaqtda olijanob faoliyatingizga berilgan yuksak bahodir, desak, oylaymanki, adashmagan bolamiz.

Haqiqatan ham, biz ozimizdagi jamiki yaxshi fazilatlar, hayotda erishayotgan barcha yutuqlarimiz uchun siz, azizlardan umrbod qarzdormiz.

Ushbu qutlug ayyomda sizlarning shaningizga eng gozal sozlar, ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, barchamizning kamol topishimiz, jamiyatda munosib orin egallashimizda bor bilim va tajribasini, qalb haroratini baxsh etib kelayotgan mehridaryo ustozlarimizga chin yurakdan minnatdorlik bildiramiz.

Hurmatli dostlar!

Barchamiz yaxshi tushunamiz, talim-tarbiya har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir.

Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqyosida ulkan etibor qaratilmoqda.

Bu haqda gapirganda, oxirgi vaqtda mamlakatimizda talim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga kotarishga xizmat qiladigan bir necha muhim qarorlar haqida alohida toxtalishni orinli, deb bilaman.

Avvalo, 2017 yil 30 sentyabrda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq yurtimizda birinchi marta Maktabgacha talim vazirligi tashkil etildi. Shu asosda otgan qisqa davrda ushbu tizim tubdan yangicha negizda tashkil etilgani, 980 dan ortiq bogcha qurilib, ishga tushirilgani, bu maskanlarda talim-tarbiya ishlari mazmun va sifat jihatidan eng ilgor usul va vositalar yordamida olib borilayotganini qayd etish lozim.

Yana bir muhim hujjat 2018 yil 14 avgustda qabul qilingan Prezident qaroriga binoan boshlangich va yuqori sinf oqituvchilarining maoshlari tenglashtirildi, yangi yildan boshlab mutaxassis oqituvchilarning oshirilgan oylik ish haqi miqdori 54 foizga, oliy toifali pedagoglarniki esa 64 foizga yetishi kozda tutilmoqda.

Shu bilan birga, pedagog xodimlarni namunaviy arzon uy-joylar, avtotransport vositalari bilan taminlash maqsadida uzoq muddatli imtiyozli kreditlar berish, ularning oila azolariga tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kreditlar ajratish tizimi yolga qoyildi.

Ana shu ishlarning davomi sifatida shu yil 5 sentyabrda qabul qilingan Xalq talimini boshqarish tizimini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi Prezident farmoni soha taraqqiyotida yangi ufqlar ochib beradi, deb oylayman.

Farmonda, jumladan, xalq talimi muassasalarini boshqarish tizimini takomillashtirish, moddiy-texnik va oquv-metodik bazasini mustahkamlash, nodavlat umumtalim maskanlari tarmogini yanada rivojlantirish, Zamonaviy maktab davlat dasturini tayyorlash, ishlab turgan pensioner oqituvchilarga pensiyalarini toliq miqdorda tolash kabi masalalar aniq belgilab qoyilganidan sizlar albatta xabardorsiz.

Takidlash joizki, mamlakatimizda oliy talim tizimini rivojlantirishga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda. Yangi oliy oquv yurtlari bilan birga chet eldagi nufuzli universitetlarning filiallari ochilmoqda, oliy talim muassasalariga qabul kvotalari oshirilmoqda, kopgina yonalishlar boyicha sirtqi bolimlar faoliyat korsatmoqda.

Bularning barchasi talim-tarbiya jarayonlarining sifati va darajasini zamon talablari asosida tubdan yaxshilash, zahmatkash ustozlarimiz, mazkur sohada faoliyat korsatayotgan barcha fidoyi insonlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish, ularning qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ayniqsa ahamiyatlidir.

Yurtimizda joriy yil Investitsiya dasturi doirasida 356 ta talim muassasasida 684 milliard 700 million somlik, Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari boyicha esa 371 ta umumtalim maktabida 424 milliard somdan ziyod qurilish-rekonstruksiya va tamirlash ishlari amalga oshirilmoqda (OR MB kursi 29.09.2018 da, 1$= 8079.28 som).

Bu haqda soz yuritganda, shu yil avgust oyiga qadar davlat budjetidan 12 trillion 366 milliard som yoki yalpi xarajatlarning 26 foizdan ziyodi aynan talim-tarbiya sohasiga yonaltirilganini hisobga oladigan bolsak, ushbu tizimdagi islohotlarimizning kolami va miqyosi yanada yaqqol ayon boladi.

Albatta, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ana shunday ulkan ishlarning amaliy tasiri va natijadorligini taminlashda oqituvchi va murabbiylarning orni va roli beqiyos ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz.

Shuning uchun ham yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida, zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallagan, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatli insonlar etib voyaga yetkazishda avvalo sizlarga tayanamiz.

Ayniqsa, butun dunyoda murakkab va tahlikali vaziyat hukm surayotgan hozirgi vaqtda yoshlar hayotiga tahdid solayotgan xavf-xatarlarning oldini olish, jaholatga qarshi marifat bilan kurashishda sizlarning ibratli faoliyatingiz ulkan ahamiyatga ega.

Shu boradagi ota masuliyatli vazifalar sizlardan oz ustingizda tinimsiz ishlash, farzandlarimizni yangicha tafakkur, yuksak insoniy tuygular bilan oshno etish, ularda mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini uzluksiz rivojlantirib borishni talab etmoqda.

Ishonchim komil, millati, tili va dinidan qati nazar, Vatanimizning har bir farzandini oz bolasidek sevib, ardoqlab, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash uchun sidqidildan mehnat qilayotgan siz, hurmatli Ozbekiston oqituvchi va murabbiylari bu vazifalarni albatta sharaf bilan ado etasiz.

Bu yolda sizlarni doimo qollab-quvvatlash, barcha zarur sharoitlarni yaratib berish uchun davlatimiz va jamiyatimiz ozining bor kuch va imkoniyatlarini bundan buyon ham ayamaydi.

Aziz va muhtaram ustozlar!

Barchangizni bugungi umumxalq bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Olijanob va masuliyatli faoliyatingizda kuch-gayrat, yutuq va omadlar, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

Hech qachon kam bolmang, mehribon ustozlar!

 

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018