2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

JSTga azo bolish Ozbekiston uchun foydalimi?

 

 

Poytaxtimizdagi Wyndham mehmonxonasida otkazilgan seminar Ozbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga qoshilish jarayonini qayta yolga qoyish masalasiga bagishlandi.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Jahon banki va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy davlat organlari, Jahon savdo tashkiloti, Tojikiston, Qozogiston davlatlari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq, bugun Ozbekistonning Jahon savdo tashkilotiga azo bolish masalasi yana mahalliy va xalqaro ekspertlarni fikr-mulohazalar hamda amaliy muloqotlarga chorlayapti.

Yaqinda mamlakatimiz hukumati oliy darajada Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonini davom ettirishga tayyorligi haqida xabar berdi. Shu munosabat bilan Tashqi savdo vazirligi huzurida JSTga kirish boyicha masul ishchi guruh va 7 ixtisoslashgan kichik guruh tashkil etildi. Ayni chogda JSTga kirish boyicha yol xaritasi ishlab chiqilmoqda.

Xosh, mamlakatimiz bu tashkilotga azo bolsa, qanday imkoniyatlarga ega boladi? Faktlarga kora, Ozbekiston Jahon savdo tashkilotiga kirish uchun 1994 yilda ariza topshirgan. Bugungi kungacha JST vakillaridan iborat ishchi guruhning 3 ta sessiyasi bolib otgan bolsa-da, shu vaqtga qadar bu masalada aniq kelishuv amalga oshirilmagan.

Tashkilotga azo bolish yoki bolmaslikning oziga yarasha obektiv va subektiv sabablari bor edi, dedi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi Ashurali Xudoynazarov. Negaki, avval bu borada tushuncha va qarashlar boshqacha bolgan. Lekin bugungi shiddatli jarayonda mazkur masalaning ortaga tashlanishini tabiiy qarash kerak. Chunki bu tashkilot azo davlatlar ishonchini oqlab ulgurgan. Masalan, Xitoy iqtisodiyotining jadal ravnaqida JSTning orni katta boldi. Bundan tashqari, Tojikiston, Qozogiston, Qirgiziston tashkilot azosi hisoblanadi. Bugungi otkazilgan seminarning asl mohiyati ham shunga qaratildi. Ozbekiston tashkilotga azo bolsa, qanday iqtisodiy osishga erishadi, degan savol boyicha fikrlar va ilmiy tahlillar qilinmoqda. Bu jarayonda biz azo davlatlar tajribasi, yutuq va kamchiliklarini organamiz. Bu masalada har jihatdan puxta va aniq yechimga kelamiz. Buning uchun biz orttirgan bilim va malaka qol keladi.

Ondan ziyod turli yonalishdagi bitimlar asosida ish koradigan Jahon savdo tashkilotiga 164 mamlakat azo bolgan, dedi USAID loyihasining Jahon savdo tashkiloti va savdo masalalari boyicha katta maslahatchisi Yovan Yekich. Unga azo bolgan davlatlar mahsulotini jahon bozoriga chiqarishga erishadi. Ayniqsa, bunda tashkilot xalqaro investitsiya kiritishga katta komak beradi. Yangi sarmoya yangi qulayliklarni yaratadi. Investor kompleks yangi texnologiyalarini olib keladi. Buning natijasida korxonalar rivojlanadi va qoshimcha ish orinlari yaratiladi. Raqobat muhiti oz-ozidan yaxshilanib boradi. Ozbekistonning tashkilotga azo bolishi ham mamlakatingiz iqtisodiy osishini taminlab beradi, degan ishonch bildiraman.

Seminarda JSTga kirish boyicha xalqaro, kop tomonlama va ikki tomonlama muzokaralar, JST kelishuvlari boyicha nizomlar, minimal majburiyatlar va imtiyozlar haqida malumotlar berildi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018