2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekistonning yarim yillik tashqi savdo aylanmasi 17,7 mlrd dollarni tashkil etdi

Ozbekiston eksport tuzilmasida xizmatlar, importda esa mashina va uskunalar yetakchilik qilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi yarim yilda 17,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Ozbekiston tashqi savdo aylanmasi yanvar-iyun oylarida 17,7 mlrd AQSH dollarini, shu jumladan eksport 7,8 mlrd va import 9,9 mlrd dollarni tashkil qildi, deya xabar qildi Ozbekiston Davlat statistika qomitasi.

Yarim yil davomida tashqi savdo aylanmasi saldosi minus 2,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida energiya manbalari va neft mahsulotlari otgan yilning shu davriga nisbatan 78,5%ga osishi tabiiy gazning 1,9 martaga oshgani hisobiga togri kelmoqda. Kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar esa 5,3% ga osdi, shundan plastmassa va plastmassa buyumlarining eksporti 18,7%ga oshdi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportining otgan yilning shu davriga nisbatan 73,4%ga osishi oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmining 58,9%ga osishiga olib keldi.

Import tarkibida asosiy ulush mashina va asbob-uskunalar (umumiy import hajmida 33,8%) va kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (11,5%) hisobiga togri kelmoqda.

Eksport tarkibining umumiy hajmidan 30,8%ni (2,4 mlrd dollar) xizmatlar tashkil qildi, bunda transport xizmatlari 10,5%ni va safarlar 18,4%ni tashkil qildi.

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozogiston, Belarus, Ukraina, Qirgiziston va Tojikiston davlatlari tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 28,4%ni tashkil qildi, boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afgoniston, Germaniya, AQSH, Latviya, Eron, Fransiya davlatlari hisoblanib, ularning ulushi 33,8%ni tashkil qilmoqda.

Import tuzilmasida asosida ulush mashina va uskunalar 33,8% (3,3 mlrd dollar) va xizmatlar 24,3% (2,4 mlrd dollar) hissasiga togri keldi. 1,1 mlrd dollarlik (11,5 foiz) kimyo mahsulotlari va buyumlari import qilingan. Oziq-ovqat mahsulotlari importi 845,1 mln dollar (8,6 foiz), qora va rangli metallar 782,8 mln dollari (7,9 foiz), energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari 487,5 mln dollar, boshqa mahsulotlar esa 889,5 mln dollarni tashkil etdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 463,2 mln dollarni tashkil etib, otgan yilning shu davriga nisbatan 73,3 foizlik osish kuzatildi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 51,9 foizi Qozogiston, 15,2 foizi Rossiya, 8,6 foizi Qirgiziston, 5,5 foizi Afgoniston, 4,1 foizi Xitoy, 3 foizi Vetnam, 2,1 foizi Turkiya, 1,8 foizi Pokiston va 1 foizi Eronga eksport qilingan.

Toqimachilik mahsulotlarining umumiy eksportdagi ulushi 8,4 foizni tashkil etdi. Yarim yil davomida 652 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, otgan yilning shu davriga nisbatan 16,7 foizlik osish qayd etildi.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018