2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

 

 

2018-yilning 18-aprel kuni Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon kun tartibidagi dolzarb masalalar, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Avvalambor, 2017-yilning 22-25-noyabr kunlari Seul shahrida Ozbekiston va Janubiy Koreya rahbarlarining samarali sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Takidlanganidek, strategik sheriklikni har tomonlama chuqurlashtirish boyicha davlat rahbarlarining qabul qilgan Qoshma bayonoti, tashrif chogida imzolangan 10 milliard AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi ikki tomonlama qator hujjatlar Ozbekiston-Janubiy Koreya muloqotini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqdi.

Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini yana bir bor takidlab, ushbu sohalardagi aniq qadamlarni korib chiqdilar.

Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri oz mamlakatining Koreya yarim orolidagi vaziyatni bartaraf etish borasidagi say-harakatlari togrisida malumot berdi.

Oz navbatida, Ozbekiston tomoni joriy yilning aprel oyidagi koreyalararo sammit otkazilishini maqulladi va Koreya yarim orolida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik ornatish uchun Koreya Respublikasi say-harakatlarini qatiyan qollab-quvvatlashini tasdiqladi. Sammitning ijobiy natijalari Koreya yarim orolining Janubi va Shimoli hamda butun mintaqaning yanada rivojlanishi va farovonligi uchun qulay shart-sharoit yaratishiga ishonch bildirildi.

Muzokaralarda Koreya Respublikasi Elchisi Kvon Yon U ishtirok etdi.

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018