2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Millatlararo hamjihatlik barqaror jamiyat garovi

Shu yil iyul oyida Italiyaning Udine shahrida YeXHT kamsonli millatlar boyicha Oliy komissari Lamberto Zanyer tomonidan chet ellardagi ozchilikni tashkil qiluvchi elatlar va qardosh etnik guruhlar huquq hamda erkinliklarini himoya qilish masalalariga bagishlangan xalqaro anjuman otkazildi. Tadbir Bolsano tavsiyalari qabul qilinganligining 10 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

2008-yil Bolsano (Italiya) shahrida qabul qilingan mazkur hujjat davlatlar, milliy ozchilik guruhlari va kamsonli millatlar huquqini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar vakillariga ziddiyatlarning oldini olish, millatlararo totuvlik va yaxshi qoshnichilik munosabatlarini qollab-quvvatlashda dasturilamal bolib xizmat qiladi.

Qayd etish joizki, YeXHT azolari Yevropa mamlakatlari delegatsiyalari bilan bir qatorda bu yilgi munozaralarda 2018-yil aprel oyida mamlakatimizga tashrif buyurgan Lamberto Zanyerning taklifiga binoan ilk bor Ozbekiston vakillari ham ishtirok etdi. Uning sozlariga kora, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan, millatlararo munosabatlarni ham qamrab olayotgan chuqur islohotlar tufayli shunday qarorga kelindi.

YeXHTning boshqa vakillari singari Zanyer ham mamlakatda olib borilayotgan yangilanishlar jarayonidan ulkan taassurotlar olib qaytganini etirof etdi. Aynan shu jihat Yevropa jamoatchiligini kamsonli millatlar huquqlarini himoyalash boyicha erishgan muvaffaqiyatlarimiz bilan tanishtirish uchun imkoniyat yaratishga turtki boldi.

Natijada xorijlik ishtirokchilar, xususan, nufuzli ekspertlar tadbir va ozaro suhbatlar davomida millatlararo totuvlik hamda bagrikenglikni taminlash boyicha Ozbekiston olib borayotgan siyosatga kuchli qiziqish bildirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning xorijdagi ozbek diasporasi bilan aloqalarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari alohida takidlandi. Bundan tashqari, Ozbekiston hukumatining Markaziy Osiyodagi qoshni mamlakatlarda istiqomat qilayotgan etnik ozbeklarga etibor qaratayotgani YeXHTning kopgina davlatlarida kuchli qiziqish uygotgan. Ularning fikricha, keyingi yillarda turli davlatlarda ozchilikni tashkil qiluvchi elatlar bir yoqlama millatchilik va geosiyosiy raqobat qurbonlariga aylanib qolayotgan bir paytda, Ozbekistonning bu sohadagi tajribasi etiborga molik. Ularning ijtimoiy, madaniy va siyosiy cheklovlarga tobora koproq duch kelayotgani dunyoning bir qator mintaqalarida etnik ayirmachilik kayfiyatining, ziddiyatlarning kuchayishiga sabab bolayotir.

Ana shunday bir sharoitda Ozbekistonning millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosati juda samarali bolib, dunyo hamjamiyati uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatdagi turli etnik guruhlarning kopmillatli va turli diniy konfessiyalardan tarkib topgan jamiyatga uygunlashib ketishi uchun hukumat tomonidan izchil tizim shakllantirilgan.

Bizningcha, Ozbekistonning bu boradagi oziga xos tajribasi quyidagi mustahkam va tizimli omillarga asoslangan.

Teran tarixiy-madaniy ildizlar

Ozbekiston tarixan dunyo madaniyatlari, sivilizatsiyalari chorrahasida joylashgan mamlakat. Asrlar mobaynida bu yerda bugungi ozbek jamiyatining oziga xos xususiyatiga aylangan, Ozbekiston xalqining mentalitetiga singib ketgan millatlararo hamda dinlararo bagrikenglik ananalari va qadriyatlari shakllangan.

Ozbekistonda 130 dan ziyod millat hamda elat vakillari ozaro birdamlikda umrguzaronlik qilmoqda. Aholining kopchiligini musulmonlar tashkil qiluvchi yurtimizda 16 ta diniy konfessiyaning 2,2 mingdan ortiq tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Ozbekiston mustaqillikning ilk yillaridan boshlab Markaziy Osiyodagi millatlararo munosabatlar masalalariga jiddiy etibor qaratdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev takidlaganidek, yangi tarixning murakkab davrlarida mintaqada tinchlik va barqarorlik saqlab qolindi, ayrim nuqtalarda vujudga kelgan ziddiyatlar yirik davlatlararo mojaroga aylanib ketishiga yol qoyilmadi.

Mustahqam huquqiy asos

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mazkur siyosat Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, qonunosti hujjatlari, xalqaro huquqning muhim tamoyillariga tayangan holda olib borilmoqda. Konstitutsiyaga binoan "Ozbekiston xalqini millatidan qati nazar, Ozbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi". Ozbekistonda yashayotgan, mamlakat fuqarosi bolmish barcha millat va elat vakillari Asosiy Qonunda mustahkamlab qoyilgan huquq va erkinliklardan tosiqsiz foydalanadilar. Masalan, Ozbekiston maktablarida yetti tilda talim olib borilmoqda, Milliy teleradiokompaniya tizimidagi tele va radiokanallar oz korsatuv hamda eshittirishlarini 12 tilda taqdim qilmoqda, ondan ortiq tillarda gazeta va jurnallar chop etilyapti. Ozbekistonning markaziy hamda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida turli etnik guruhlar vakillari keng ishtirok etmoqda. Ular orasida senatorlar va deputatlar ham bor. Xorijiy ekspertlar qayd etganidek, hozir Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham bunday tajribani qollashga katta ehtiyoj bor.

Ozbekistonning turli millatga mansub fuqarolari huquq-manfaatlarini royobga chiqarish va millatlararo munosabatlarni yanada uygunlashtirishda etnik guruh vakillari tomonidan tashkil qilingan mamlakatdagi 138 milliy madaniy markaz hamda 34 ta dostlik jamiyatining orni katta.

Hududiy yaqinlik

Millatlararo munosabatlar sohasida mamlakatimiz olib borayotgan siyosat bir qancha obektiv sabablarga kora, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishda alohida rol oynaydi. Birinchidan, Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan Ozbekiston mintaqa davlatlari, shu jumladan, Afgoniston bilan ham chegaradosh. Ikkinchidan, bu yerda barcha qoshni davlatdagi millat vakillari tinch-totuv istiqomat qiladi. Uchinchidan, etnik ozbeklar Markaziy Osiyo mamlakatlari kop millatli aholisining ajralmas qismi sanaladi.

Markaziy Osiyodagi uygun millatlararo munosabatlar mintaqaviy xavfsizlik, ozaro siyosiy ishonch va hurmatning eng muhim jihatlaridandir. Busiz barqarorlik, mintaqaviy hamkorlik va ravnaq istiqbollari haqida gapirish ortiqcha.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangicha mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyodagi millatlararo munosabatlar muhitini sezilarli ravishda ozgartirdi. Ozbekiston va qoshni davlatlarning tegishli davlat hamda jamoat tashkilotlari ortasidagi ozaro aloqalar kengaytirildi.

Mintaqa mamlakatlari hukumatlarining birgalikdagi intilishlari ozaro "dostlik jamiyatlari" kabi "xalq diplomatiyasi" mexanizmlarini faollashtirish imkonini berdi. Bu vositalar nafaqat davlatlararo munosabatlar, balki chegaraning har ikki tarafida yashovchi etnik guruhlar vakillarining madaniy-gumanitar aloqalarini ilgari surishga qaratilgan. Ozbekiston va qoshni mamlakatlarning chegaraoldi hududlari ortasida joylardagi hokimiyat va jamoat organlarini faol jalb qilgan holda hamkorlik yolga qoyildi.

Chegaraoldi hududlarda millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashni ragbatlantirish amaliyoti qoshni davlatlarning tub manfaatlariga mos keladi. Ikki tomonlama kelishuvlar asosida ozbek qirgiz va ozbek tojik chegaralarida onlab otkazish punktlari ochildi. Chegaralardan bemalol otish imkoniyati, eng avvalo, Ozbekiston, Qirgiziston va Tojikistonning chegara hududlaridagi hayotni yengillashtirdi. Ozbekiston bilan qoshni mamlakatlar ortasida talim sohasidagi hamkorlik yaxshilanmoqda. Ozbekiston hukumati tomonidan Qirgizistonning Osh shahrida yashovchi etnik ozbeklar uchun maktab qurib berildi. Tojikiston Samarqandda tojik tilida talim beruvchi maktab qurmoqchi ekanligini bildirdi, Ozbekiston esa qoshni mamlakatning Sugd viloyatida maktab va shifoxona barpo etmoqchi. Muntazam ravishda hamkorlikda madaniy-gumanitar tadbirlar otkazish amaliyoti ommalashib bormoqda. Bunga Madaniyat va sanat kunlari, rasmlar hamda hunarmandchilik mahsulotlari korgazmalari, milliy musiqa konsertlari kabilarni misol qilib keltirish mumkin.

Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixida birinchi marta Xorazm viloyatida "Ozbek turkman" dostlik uyi ochildi. U yerda turkman, ozbek va jahon adabiyoti namoyandalarining asarlari jamlangan kutubxona, ikki xalqning kop asrlik dostligini ozida aks ettirgan muzey, turli fan hamda sanat yonalishlari boyicha togaraklar faoliyat korsatadi.

Ozbekiston millatlararo munosabatlar borasida uzoq muddatga moljallangan tizimli siyosat olib bormoqda. Bu masalaga barqarorlik, xavfsizlik va izchil taraqqiyotning eng muhim omillaridan biri, inson huquqlari hamda erkinliklarini taminlashning kafolati deb qaraladi. Binobarin, Ozbekiston mustaqillik yillarida biror marta ham milliy yoki diniy ruhdagi ziddiyat yuz bermagan sobiq ittifoq hududidagi oz sonli davlatlardan biri ekanligi, albatta, tasodif emas.

 

Botir Tursunov,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik

va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining orinbosari

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018