2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Hukumat majburiy mehnatga barham berish boyicha qaror chiqardi

 

Vazirlar Mahkamasi Ozbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida qarorni qabul qildi.

10-may kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan 349-son Ozbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida qarori qabul qilindi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qaror Ozbekistonda inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga toliq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaratilgan. Unga kora:

Birinchidan, Ozbekiston Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlangani, har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish, biron-bir jazo qollanishi bilan qorqitgan holda ishlarni bajarishga majburlashni taqiqlovchi normalar mustahkamlanganini etiborga olib, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari, barcha darajalardagi davlat va xojalik boshqaruvi organlari rahbarlariga quyidagilar belgilab berildi:

  • fuqarolarni, jumladan, talim, sogliqni saqlash muassasalari, boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini, talim muassasalari oquvchilari va talabalarni majburiy mehnatga, shu jumladan tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda kokalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xojaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yigish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olish va bunga chek qoyish;

  • fuqarolarni, xususan, talim va sogliqni saqlash sohasi, boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini, talabalar va talim muassasalari oquvchilarini majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatiy intizomiy choralar qollanilishi;

  • avtomobil yollari, harakatlanish tigiz bolgan kochalar, suv obektlari, qirgoqboyi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obektlari, shuningdek, insonlarning hayotiga yoki sogligiga xavf tugilishi yuzaga kelishi mumkin bolgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni otkazish taqiqlandi.

Ikkinchidan, Ozbekiston Bosh prokuraturasiga:

  • fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taminlash va Ozbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yol qoymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qollash topshirildi.

Uchinchidan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga:

a) xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taminlash, biron-bir shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish holatlarini oz vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish boyicha Ozbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari amalga oshirilishini nazorat qilish choralarini kuchaytirish;

b) Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi hamda Ozbekiston fermer, dehkon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:

  • davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat organlarining, ayniqsa, qishloq xojaligi ishlari qizgin davrda xodimlarning huquqlari hamda manfaatlariga rioya etilishi boyicha faoliyati yuzasidan tizimli monitoring olib borish;

  • otkazilgan monitoring yakunlari boyicha fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan holda, xususan, hududlarda ommaviy eshituvlar tashkil etilishini taminlash, bunda majburiy mehnatdan foydalanishning har bir holati, kelgusida bunday holatlarga yol qoymaslik maqsadida muhokama qilinishi belgilandi.

Tortinchidan, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga:

  • jamoa shartnomasi va mehnat togrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, xususan, majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish borasida tashkilotlardagi kasaba uyushmalari boshlangich boginlarining javobgarlik choralarini kuchaytirish;

  • majburiy mehnat holatlari aniqlangan taqdirda ular togrisida prokuratura organlariga hamda Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi va uning hududiy bolinmalariga zudlik bilan malum qilish;

  • boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan ozaro hamkorlikda ushbu sohadagi jamoatchilik nazoratini faollashtirish.

Beshinchidan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda:

  • fuqarolarni majburiy jamoat ishlariga noqonuniy jalb qilish yoki har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishda aybdor bolgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish;

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi vakolatlarini kengaytirish, shu jumladan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirishga doir vakolatlarini kengaytirish.

  •  

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018