2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

O'zbekiston Prezidentining Singdaoda shahridagi uchrashuvlari

 

 

2018-yilning 9-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singdao shahrida (Xitoy) ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi birinchi orinbosarini qabul qildi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Sindao shahrida ozi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi orinbosari Amina Muhammadni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari keyingi ikki yilda Ozbekiston va BMT hamkorligi faol tus olgani, amaliy natijalar bilan boyiganini takidladi. BMTning nufuzli delegatsiyalari mamlakatimizda bolgani, jumladan, Inson huquqlari boyicha Oliy komissar boshqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boyicha qabul qilingan amaliy chora-tadbirlar rejasi izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Amina Muhammad Ozbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ishtirokini mamnuniyat bilan yodga oldi. Mamlakatimiz tomonidan mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, Afgonistonni qayta tiklashga komaklashish boyicha korilayotgan aniq chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Toshkentda otgan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzusidagi xalqaro konferensiya bu masalaga jahon hamjamiyati etiborini tortgani qayd etildi.

Muloqotda avvalgi uchrashuvda erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi boyicha atroflicha fikr almashildi. Hamkorlikning istiqboldagi muhim yonalishlari muhokama qilindi.

Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

* * *

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Xitoyning Sindao shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Vladimir Putinni Rossiya Prezidentligiga qayta saylangani bilan yana bir bor tabriklab, Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari Ozbekiston tashqi siyosatining ozgarmas yonalishi ekanini takidladi.

Bir yilda ozaro 70 ta delegatsiya tashrifi amalga oshirilgani, 21 marta hududlararo uchrashuvlar otkazilgani aloqalarning bugungi surati va miqyosidan dalolat beradi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatlarimiz ortasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizdan ziyod osgan. Hali oldinda yana yirik loyihalarimiz kop, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbari bilan uchrashuvdan mamnunligini takidlab, mamlakatlarimiz hamkorligida koplab samarali loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Otgan yili Rossiyaga tashrifingizdan keyin hammasi ijobiy tomonga ozgardi. Sizning tashabbusingiz bilan chegaralardan otishda yashil yolak tashkil etilgani natijasida Ozbekiston meva-sabzavotlarini yetkazib berish qariyb 36 foiz oshdi. Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, dedi Vladimir Putin.

Lukoyl kompaniyasi Ozbekistonga 7 milliard dollar investitsiya kiritgani, joriy yil aprelda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga tushirilgani qayd etildi. Rosatom Atom energiyasi boyicha davlat korporatsiyasi bilan energetika sohasida sheriklik va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olingani takidlandi.

Joriy yilning kuzida Ozbekistonga oliy darajadagi tashrif kutilmoqda. Shuningdek, Toshkentda ilk bor Ozbekiston va Rossiya hududlararo forumini otkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda ushbu muhim tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish, buning uchun vazirlik, kompaniya va hududlar ortasidagi aloqalarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Muloqot chogida tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

* * *

Ozbekiston Prezidenti Xitoy rahbari bilan uchrashuv otkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sindao shahrida otayotgan SHHT sammiti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.

Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni Xitoyga tashrifi bilan qutlab, Ozbekiston bilan keng kolamli strategik sheriklik va kop formatli hamkorlikka katta ahamiyat qaratishini takidladi.

Prezidentimiz Shanxay hamkorlik tashkilotiga muvaffaqiyatli raislik va Sindao sammiti yuqori darajada tashkillashtirilgani bilan Xitoy rahbarini tabrikladi.

Ozbekiston bilan Xitoy munosabatlari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga kotarilgan. Ozaro manfaatli hamkorlik barcha muhim sohalarni qamrab olgan va izchil rivojlanib bormoqda. 2017-yilda ikki mamlakat ortasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarni tashkil etgan.

Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokida 700 dan ziyod korxona, qator kompaniyalar vakolatxonalari ochilgan. Ozaro hamkorlikda sanoat, yuqori texnologiyalar, neft-gaz, kimyo, transport va logistika, toqimachilik, qishloq xojaligi kabi sohalarda koplab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda Ozbekiston Xitoy hamkorligining bugungi holati atroflicha tahlil qilindi. Iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport kommunikatsiyalari, yuqori texnologiyalar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Buning uchun ikki mamlakat hududlari ortasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar tashkiloti, SHHT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ozbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yolida keng kolamli strategik sheriklik va ozaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligi qayd etildi.

* * *

Shavkat Mirziyoyev Narendra Modi bilan uchrashdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev SHHTning Sindao sammiti doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Hindiston xalqini Shanxay hamkorlik tashkilotiga tola azo bolgani, SHHT davlat rahbarlari uchrashuvida yangi maqomda qatnashayotgani munosabati bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur uchrashuv avval erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini takidladi.

Narendra Modi Ozbekiston Hindistonning SHHTga azolikka qabul qilinishini qollab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu Ozbekiston bilan hamkorlikni ham ozaro, ham mintaqaviy miqyosda rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini qayd etdi.

Uchrashuvda Ozbekiston bilan Hindiston ortasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm kabi yonalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari korib chiqildi.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki davlat ozaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligi qayd etildi.

* * *

Ozbekiston va Afgoniston Prezidentlari muzokara otkazdi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sindao shahrida Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gani bilan muzokara otkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston xalqi qardosh va qoshni Afgonistonda tinchlik barqaror bolishidan manfaatdor ekanini takidladi.

Joriy yil Toshkentda otgan konferensiyadan keyin butun dunyoda Afgonistonda tinchlik ornatish boyicha katta harakatlar boshlangani mamnuniyat bagishlaydi. Barcha tushunyaptiki, buning yakkayu yagona yoli muloqot. Ushbu uchrashuvimiz shu borada fikr almashish, mamlakatlarimiz uchun muhim masalalarni muhokama qilish uchun ayni muddaodir, dedi davlatimiz rahbari.

Ashraf Gani ikki davlat ortasidagi siyosiy muloqot keyingi paytlarda jadal faollashganini qayd etdi.

Ozbekistonga tashrifim doirasida erishilgan kelishuvlar tez suratlarda amalga oshirilayotganini alohida takidlamoqchiman. Afgoniston masalasi boyicha yirik anjuman otkazganingiz uchun xalqimiz va hukumatimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman. Bu masalaga shaxsan etiboringiz siyosiy yechimlarga yol ochdi, dedi Afgoniston Prezidenti.

Mamlakatimiz Afgonistonda muhim iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirmoqda. 2002 yildan buyon Afgonistonga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. Surxon Puli Xumri yangi elektr tarmogining ishga tushirilishi natijasida bu quvvat yanada ortadi.

Hayraton Mozori Sharif temir yolini Hirotgacha davom ettirish yana bir istiqbolli loyihadir. Bu Afgoniston iqtisodiyotini tiklash uchun katta hissa qoshib, mamlakatning tranzit salohiyatini oshiradi, yangi ish orinlari yaratadi.

Gumanitar aloqalar ham jonlandi. Shu yilning yanvar oyida Termiz shahrida Afgon fuqarolariga talim berish markazi ish boshladi. Hozirgi kunda bu maskanda 100 nafarga yaqin afgonistonlik yigit-qizlar talim olmoqda.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz ortasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018