2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga hamda inson salomatligiga oid qonun loyihalari muhokama qilindi

 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 5-iyul kuni bolib otgan navbatdagi majlisida deputatlar mamlakatda tadbirkorlik faoliyati kafolatlari uchun huquqiy asos bolib xizmat qiladigan hamda inson salomatligini taminlashga qaratilgan dolzarb qonun loyihalarini korib chiqdilar.

Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ota dolzarbligi bois, dastlab siyosiy partiyalarning quyi palatadagi fraksiyalari hamda Ozbekiston Ekologik harakati yigilishlarida korib chiqilgan va qizgin muhokamalarga sabab bolgandi.

Ana shunday qizgin muhokamalarning mantiqiy davomi bolgan majlisda deputatlar oz ishlarini fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada jonlantirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanishni yolga qoyish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi oqishda muhokama qilishdan boshladilar.

Takidlab otilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi dehqon xojaliklari va tomorqa yer uchastkalarining ozaro farqli xususiyatlarini belgilash, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanish borasidagi masuliyatini oshiradi, fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining bu boradagi jamoat nazorati tizimini kuchaytirishga olib keladi.

Shundan song deputatlar tadbirkorlik subyektlarining mustaqilligini yanada mustahkamlash va xususiy mulk daxlsizligini taminlash maqsadida Jinoyat va Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodekslarga ozgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi oqishda muhokama qilishga otdilar.

Qonun loyihasi bilan xususiy mulk huquqini, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xojalik faoliyatini taftish qilish tartibini, litsenziyalash togrisidagi qonun hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari togrisidagi qonun hujjatlarini buzish, tadbirkorlik subyektlarini homiylik qilishga undash va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish hamda tadbirkorlik subyektlaridan qonun hujjatlarini buzgan holda ortiqcha hujjatlar talab qilib olish, umuman qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish belgilanmoqda.

Kun tartibiga birinchi oqishda kiritilgan Inson azolari, toqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqidagi qonun loyihasi deputatlarning ota talabchanlik, ehtiyotkorlik bilan fikr bildirishlari barobarida qizgin bahs-munozaralarga sabab boldi.

Takidlanganidek, qonun loyihasi bilan inson azolari va toqimalari transplantatsiyasining shartlari, tartibi tibbiyot fanlari va amaliyotlarining zamonaviy yutuqlari asosida belgilab berilmoqda. Shuningdek, transplantatsiyani amalga oshirish maqsad va shartlari, transplantatsiya va konservatsiya obyektlari, donorlar doirasi, donor va retsipiyentning huquqlari hamda donorlardan azo va toqimalarni olish shartlari aniq korsatib otilmoqda. Masala nafaqat tibbiyotga taalluqli, balki inson hayotiga bevosita daxl qiladigan muolajalar bilan bogliq bolganligi sababli umuman dunyo amaliyotida mazkur masalaga yondashuv birdek emas. Ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqilayotganda barcha fikrlar, xorijiy mamlakatlar tajribalari organildi. Xususan, inson organlarini kochirishga qonunan ruxsat etilgan AQSH, Kanada, Germaniya, Fransiya, Isroil, Hindiston, Avstraliya, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlarning qonunchiligi tahlil qilindi. Bugungi kunda dunyoda har yili 200 mingdan ortiq organ kochirib otkazish amaliyoti bajarilmoqda. Turkiya va Saudiya Arabistonida har yili 4 mingga yaqin shunday amaliyotlar otkazilmoqda.

Deputatlarning fikriga kora, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon standartlariga moslash, koplab insonlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi. Qizgin bahslar yakunida qonun loyihasi birinchi oqishda qabul qilindi.

Songra deputatlar tadbirkorlik faoliyati sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirishga va soddalashtirishga, ruxsat berish ishlarining shaffofligini taminlashga hamda biznes yuritishda ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirishga, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qildilar.

Mazkur qonun loyihasi bilan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bolishi bilan bogliq faoliyat, kochma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirish tolqinlarini tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat korsatish, shuningdek, neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari faoliyatning ayrim turlari bilan shugullanish huquqini beradigan barcha litsenziyalarning amal qilish muddati cheklanmagan holda berilishi kozda tutilgan.

Deputatlarning takidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taminlashga xizmat qiladi.

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Matbuot xizmati

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018