2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Strategik sheriklik darajasiga kotarilgani Ozbekiston bilan Tojikiston Prezidentlari uchrashuvining eng muhim natijalari boldi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 2018-yil 18-avgust kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Samarqand viloyatida oliy martabali delegatsiya tashrifiga alohida tayyorgarlik korilgan. Kochalar ikki mamlakat davlat bayroqlari, xalqlarimizning dostligi tarannum etilgan shiorlar bilan bezatilgan.

Tashrif dasturidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilish, Ulugbek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi, Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasi va boshqa tarixiy yodgorliklarni kozdan kechirish orin olgan.

* * *

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurdi.

Emomali Rahmon Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti qabriga gul qoyib, hurmat bajo keltirdi. Islom Karimov xotirasi yod etilib, Quron tilovat qilindi.

Mazkur majmua davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish togrisidagi qarori asosida 2017-yilda bunyod etilib, xalqimizning buyuk Yolboshchimizga cheksiz hurmat-ehtiromining yorqin ifodasi sifatida obod etildi. Bu yerda qisqa fursatda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, Hazrati Xizr masjidiga monand maqbara va ayvon qad rostladi. Maqbara va ayvon devorlariga Quron oyatlari, hadislar hamda Islom Karimovning hikmatli sozlari yozilgan.

Majmuani har kuni minglab yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar ziyorat qiladi. Ular orasida Tojikistondan keladigan mehmonlar ham kopchilikni tashkil etadi.

Emomali Rahmon Islom Karimov buyuk davlat arbobi, dunyo tan olgan ulkan siyosatchi bolganini takidlab, u nafaqat Ozbekiston, balki mintaqa davlatlari taraqqiyoti, xavfsizligi uchun ham muhim tashabbuslar bilan chiqqanini qayd etdi. Shu jihatdan Islom Karimov butun mintaqa xalqlari xotirasida abadiy qoladi.

* * *

Afrosiyob Samarqand shahar tarixi muzeyi 1970 yilda tashkil etilgan. Muzey qadimiy Afrosiyob shaharchasida Samarqandning qadimiy, mogullar istilosigacha bolgan qismida joylashgani uchun ham shunday nomlangan.

Bu yerda asosan, Afrosiyob tepaliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan noyob tarixiy ashyolar saqlanadi. Ular Samarqandning qariyb uch ming yillik tarixidan hikoya qiladi.

Ikki davlat rahbarlari muzey eksponatlari bilan tanishdi. Oliy martabali mehmonga tarixiy davrlarga monand yaratilgan muzey zallari va eksponatlarning tarixi haqida atroflicha malumot berildi.

Muzeyda namoyish etilayotgan qadimiy ashyolar Samarqandning yuqori darajadagi madaniy, siyosiy, diniy va ishlab chiqarishdagi hayotini yaqqol yoritadi. Muzeyda Samarqandning moddiy madaniyatini yorituvchi sopol, shisha, tosh, metall va naqshlardan iborat boy toplamlar saqlanadi. Bular qariyb 20 mingdan ortiq osori-atiqalarni tashkil qiladi. Bu eksponatlarning asosiy qismi muzeyning 11 zalidan iborat ekspozitsiyalarida namoyish etilmoqda.

Prezident Emomali Rahmon mazkur muzey Samarqandning tarixi va otmishi haqida yorqin tasavvur uygotuvchi maskan ekanini takidladi.

Shuningdek, oliy martabali mehmon Mirzo Ulugbek muzeyi va rasadxonasida ham bolib, buyuk ajdodimizning ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdi.

* * *

Ozbekiston Prezidenti hamrohligida Registon majmuasiga tashrif buyurgan Tojikiston Prezidenti mazkur majmua nafaqat Samarqandning yuragi, balki butun dunyo xalqlarining hayrat va havasini uygotadigan mojiza ekanini takidladi.

Tojikiston Prezidentiga majmuadagi uch muhtasham obida Mirzo Ulugbek, Sherdor va Tillakori madrasalarining bunyod etilish tarixi va ularni asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar haqida malumot berildi.

Buyuk sohibqiron Amir Temurning nabirasi, shoh va sulton Mirzo Ulugbek tomonidan XV asrda bunyod etilgan madrasada Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari olimlar dunyoning turli mintaqalaridan kelgan tolibi ilmlarga saboq bergan. Shu jihatdan bugungi kunda yurtimizdagi oliy talim tizimi asoslari Mirzo Ulugbek madrasasi bilan boglanishi bejiz emas. Ayni paytda mazkur tarixiy inshootda xalqaro konferensiyalar, turli nufuzli korgazmalar otkazilmoqda.

XVII asrda Samarqand shahar hokimi Yalangtosh Bahodir Mirzo Ulugbek madrasasiga monand Sherdor va Tillakori madrasalarini bunyod etgan.

1997-yildan buyon Registon dunyo sanat ahlining katta sahnasiga aylanmoqda. Bu yerda har ikki yilda Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali otkazilmoqda. Ushbu nufuzli musiqa anjumanida tojikistonlik sanatkorlar muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Tojikiston rahbari bu yerda namoyish etilgan milliy hunarmandlik mahsulotlari korgazmasini tomosha qildi. Usta va hunarmandlar ishini kuzatib, ularning mehnatiga yuksak baho berdi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Registon maydonida esdalik uchun suratga tushdilar.

Oliy martabali mehmon davlatimiz rahbari hamrohligida buyuk sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi.

* * *

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurdi. Sohibqiron bobomiz ruhi pokiga Quron tilovat qilindi.

Malumki, Amir Temur mintaqamizdagi onlab olkalarni ishgol qilib, ulkan imperiya barpo etgan. Qoshni mamlakatlar, jumladan, hozirgi Tojikiston hududi ham ushbu davlat tarkibida bolgan. Shu jihatdan, Sohibqiron tarixi xalqlarimiz uchun umumiydir.

Mehmonlarga Amir Temur hayoti, ushbu maqbara qurilishi haqida sozlab berildi.

Tojikiston Prezidenti ozi uchun Amir Temur va temuriylar davlati tarixiga oid yangi jihatlarni kashf etganini takidladi. Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

* * *

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning mamlakatimizga davlat tashrifi yakunlandi.

Samarqand xalqaro aeroportida uni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoydi. Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ozbekiston bilan Tojikiston ortasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga kotarilgani, turli sohalarga doir 27 ta hujjat va savdo shartnomalari imzolagani tashrifning eng muhim natijalari boldi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018