2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Yana bir guruh Afgoniston yoshlari Termizga keldi

 

 

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi huzuridagi Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazida qoshni davlatdan oqish istagida kelgan bir guruh yoshlarni tantanali kutib olish marosimi bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Afgoniston boyicha maxsus vakili I.Irgashev, oliy va orta maxsus talim vazirining birinchi orinbosari D.Nabiyev, Afgoniston Prezidentining MDH va Rossiya davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boyicha maxsus vakili M.Sh.Korgar, Ozbekiston Temir yollari aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi orinbosari A.Kamolov, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi huzuridagi Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazi talabasi A.Aziziy va boshqalar Ozbekiston bilan Afgoniston ortasidagi hamkorlik, yaqin qoshnichilik va azaliy dostlik aloqalari yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini alohida takidladi.

Joriy yil mart oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi Afgoniston boyicha Toshkent xalqaro konferensiyasi Afgonistonda tinchlik ornatish, barqaror rivojlanishni yangi bosqichga kotarish istiqbollarini belgilab berdi.

Shu orinda aytish lozimki, ikki qoshni davlat tomonidan yana bir strategik loyihani amalga oshirish taklifi ilgari surilmoqda. Bu ozbek mutaxassislari barpo etgan va Afgonistonning tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan Hayraton Mozori Sharif temir yolini Hirotgacha davom ettirish loyihasidir. Bunday ulkan bunyodkorlik ishi royobga chiqarilgach, qoshni davlatda soha mutaxassislariga katta ehtiyoj paydo boladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan talim muassasasida qoshni davlat ehtiyojlari inobatga olingan holda, 17 oliy va 16 orta maxsus, kasb-hunar talimi yonalishi oquv rejalarining modullashtirilgan shakli ishlab chiqilib, qoshni mamlakat yoshlarining ozlari tanlagan kasb sirlarini chuqur organishi uchun barcha sharoityaratilgan, deydi Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi huzuridagi Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazi rahbari O.Roziyev. Ularga mamlakatimiz oliy talim muassasalarining malakali professor-oqituvchilari saboq bermoqda. Oquv markazida oliy talim muassasalari korporativ tarmogi orqali Elektron talim tarmogiga ulanib, Ozbekistonning istalgan oliy talim muassasasi olimlari va mutaxassislari tomonidan videokonferensiya orqali masofadan turib mashgulot otkazish imkoniyati ham mavjud.

Markazning kop qavatli muhtasham oquv binosi, talabalar turar joyi, axborot-resurs markazi, sport zali va maydonchalari, oshxona afgonistonlik talabalar uchun xizmat qilmoqda. Binoda kimyo va fizika kabi fanlarni chuqur ozlashtirish, temir yol transporti tizimini puxta organish uchun lingafon xonalari, laboratoriyalar tashkil etilgan. Maishiy, savdo va boshqa xizmatlar korsatadigan shoxobchalar faoliyat yuritmoqda.

Axborot-resurs markazi iqtisodiy-texnik va ijtimoiy-gumanitar yonalishlardagi fanlar boyicha yetarli oquv va yordamchi darsliklar, badiiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, Ozbekistonda ishlangan 50 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlar, audio toplamlar disklari bilan toldirilgan. Elektron kutubxona tizimiga lotin alifbosidagi 700 dan ziyod elektron adabiyot joylashtirilgan.

Ayni paytda oquv dargohida 96 nafar afgonistonlik ogil-qiz ozbek tili va adabiyoti mutaxassisligi boyicha kasb sirlarini organmoqda.

Markazda bizning ozbek tili va adabiyoti oqituvchisi kasbini chuqur organishimiz uchun yetarli qulaylik bor, deydi Faryob viloyati Andxuy tumanidan oqishga kelgan Javod Shodmon. Darsdan bosh vaqtimizda turli togaraklarda ishtirok etyapmiz. Men kompyuter savodxonligi va ingliz tili togaragiga qatnashib, oz bilimimni yanada mustahkamlayapman. Afgonistonda ozbek tili uchinchi davlat tili sanaladi. Biroq, bu tildan saboq beradigan mutaxassislar juda kam. Bu yerda oqishni tugatgach, Vatanimga borib, yoshlarga oz ona tilimdan saboq bermoqchiman.

Bu yil markaz yanada kengaytirilib, yozgi oshxona va novvoyxona, hammom va kir yuvish binosini yangidan qurish rejalashtirilgan. 300 orinli qoshimcha yotoqxona barpo etiladi. Oquv-ishlab chiqarish ustaxonasi rekonstruksiya qilinib, yangi bino bunyod etiladi. Afgonistonlik talaba-yoshlarning oqishi, kasb organishi, bosh vaqtini mazmunli otkazishi uchun qoshimcha sharoitlar yaratiladi.

Bir olam orzular bilan tinch va osoyishta Ozbekistonga kelgan 35 nafar afgon yoshlari temir yol transporti yonalishi mutaxassisligi boyicha oqishga qabul qilindi. Ular ikki yil davomida soha sirlarini puxta egallab, malakali mutaxassis bolib yetishadi.

Afgonistonning Shibirgon shahridanman, deydi 21 yoshli Abdullo Hamidiy. Avvalo, Amudaryo boyida bizni hurmat-izzat bilan non-tuz tutqazib kutib olgan ozbekistonlik va afgonistonlik talabalarga minnatdorlik bildiramiz. Ozbekistonda temir yol tarmogi boyicha oqib, malakali mutaxassis bolish baxti nasib etayotganidanjudayam xursandman.

Tadbir ishtirokchilari talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Sanatkorlar ishtirokidagi konsert dasturi tadbirga ozgacha shukuh bagishladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018