2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Kelgusida rahbarlar tanlov asosida saralab olinadi

 

Har uch yilda boshqaruv kadrlarni saralash boyicha Taraqqiyot tanlovi otkaziladi. Prezident dasturi boyicha uch oylik kursdan song ular rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish togrisidagi qarorni imzoladi. U istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini taminlash, shuningdek, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga komaklashishga qaratilgan.

Hujjat bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ozbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Buyuk kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boyicha Taraqqiyot respublika tanlovini otkazish togrisidagi taklifi maqullandi.

Tanlovda tayanch oliy malumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bolgan (45 yosh ham qoshilgan holda) Ozbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va ortacha oylik ish haqi saqlab qolinadi. Tanlov goliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti tolanadi. Bunda tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi.

Tanlov goliblari Akademiya hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-talim markazi bazasida tegishli sohaga oid vazirliklar, idoralar, yirik kompaniyalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislar hamda olimlar ishtirokida otkaziladigan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka otashni oz ichiga oladigan Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boyicha Prezident dasturi"ga muvofiq uch oylik kurslarda oqiydi.

Qarorda tanlov goliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash yuzasidan chora-tadbirlarni korish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat boyicha kotarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari Prezident devonining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshirilishi belgilandi.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018