2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi boyicha qaror qabul qildi

 

Markaziy bank boshqaruvi bugun, 28-aprel kuni otkazilgan yigilishda iqtisodiyotdagi mavjud va kutilayotgan ozgarishlardan kelib chiqib, qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz miqdorida ozgarishsiz qoldirishga qaror qildi.

Istemol narxlari osish suratlarining sekinlashishiga qaramasdan, inflyasiya darajasini 2018-yil uchun prognoz korsatkichlari doirasida bolishini taminlash boyicha xatarlar saqlanib kolmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Asosiy istemol tovarlari narxlari hamda valyuta almashuv kursining barqarorlashuvi tasirida iqtisodiyotda inflyasion kutilmalar pasayib borayotgan bolsa-da, inflyasiyaning kutilayotgan darajasi yuqoriligicha qolmoqda.

Istemol baholari indeksi (IBI) usuli boyicha hisoblangan inflyasiya darajasi 2018 yilning yanvar oyidagi 2,7 foizlik korsatkichdan song, fevral va mart oylarida 1,1 foizgacha pasayib, prognoz korsatkichlari doirasida boldi.

Ushbu sharoitlarda, 2018-yil uchun inflyasiyaning prognoz korsatkichlariga katiy pul-kredit siyosatini davom ettirish orqali erishiladi. Shuningdek, raqobat muhitini yaxshilanishi, tashqi-savdo faoliyatini liberallashtirilishi hamda qishloq xojaligi sohasini isloh qilish boyicha korilayotgan amaliy choralar ichki narxlar barqarorligini taminlashga xizmat qilmoqda.

Markaziy bank tomonidan inflyasion xatarlarni baholashda makroiqtisodiy siyosatdagi tarkibiy ozgarishlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bolgan ehtimoliy xatarlar ham inobatga olinib, umumiy talab miqdori hamda iqtisodiyotning istemol sektorida narxlarning keskin oshib ketishini oldini olish maqsadida pul-kredit siyosatining inflyasiyani jilovlashga qaratilgan yonalishi saqlab qolinadi.

 

Manba: Xabar.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018