2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston arxeologlarining hayratomuz kashfiyoti

 

Samarqand viloyati hududida Dargom kanalining chap qirgogida ilk orta asrlar davriga tegishli Samarqand hukmdorlarining yozgi saroyi topildi.

Ushbu shohona saroy Kofirqala nomli arxeologik yodgorlikda joylashgan bolib, turli yillarda yodgorlikning turli uchastkalarida stratigrafik xarakterdagi kichik qazishma ishlari amalga oshirilgan, 2001 yildan boshlab esa 16 gektarli qadimgi shaharning 76x76 metrlik Arki alosi maydonida Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining arxeologlari keng qamrovli arxeologik qazishma ishlarini olib borishmoqda. Natijada qadimgi shaharning qala qismida (Arki alosida) 2017 yilda monumental memoriy majmua ochildi. Milodiy V-VI asrlarga tegishli majmuada Samarqand ixshidlarining (hukmdorlarining) davlat arxivi va yozgi saroyi joylashgan bolib, yongin tufayli vayronaga uchragan arxivdan noyob davlat hujjatlari (davlat boshqaruviga oid xujjatlar, elchilik xatlari, davlatlar aro shartnomalar va boshqalar) bulla deb atalgan taxtakachlarda sugdiy yozuv namunalari topildi. Saroyning yogoch kalonnali (ustunli) korkam xonalaridan birida uch yarusli sufa, sufa ustida esa shersifat korinishidagi taxtiravonda hukmdor otiribdi. Xonaning devorlari oyma yogoch panno shaklidagi rasmlar galereyasi bilan bezatilgan. Uning olchamlari 124x141 sm., pannoning ozi ikkita keng doskadan iborat bolib, ular temir tutqich bilan biriktirilgan. Old tomondan taxtalarda zardushtiy insonlar suratlari tort qavatga joylashtirilgan. Kompozitsiyada jami 46 ta odam shakli tasvirlangan (ularning uchtasi shartli korinishda, yuqoridan chap qismidagi ikkita shakl arang korinadi, ong tomondagi shaklning faqat qoli korinadi). Kompozitsiyaning asosiy mavzusi sher shaklida taxtda otirgan bosh Ilohga sajda qilishdir. Ehtimoldan uzoq emas, bu zardushtiylikning bosh mabudasi buyuk xudo Nana bolishi mumkin. Odamlar uning huzuriga turli xil sovgalar bilan kelganlar. Pastki qavatda musiqachilar galareyasi tasvirlangan. Undan keyingi pastki qavatda yana qollarida turli xil sovga-salomlar bilan kelgan ziyoratchilar suratlari tiz chokkan holda aks ettirilgan. Pastki qavat suratlar galareyasi markazida muqaddas olov ramzi Altar joylashgan bolib, muqaddas altarga bir tomondan ogzi latta bilan boglangan erkak topinmoqda, ikkinchi tomondan esa ayolsifat figura altar oloviga hushboy aramat osimlik kukunini sepmoqda.

Ushbu muqaddas shohona zal va zardushtiylik mabudalarining eng uluglaridan biri, buyuk Nana surati yogochga oyib ishlangan devoriy panno VIII asr boshlarida arablarning Qutaybo binni Muslim boshchilligidagi harbiy qoshini tomonidan yoqib yuborilgan.

Bunday kop qirrali aniq suratlar kompozitsiyasi Orta Osiyo arxeologiya tarixida birinchi marta uchradi, bu dunyo ahamiyatiga molik noyob kashfiyotlar sirasiga kiradi. Hozirda qazish ishlari davom etmoqda.

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matbuot xizmati

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018