2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Boyovutda kop tarmoqli sanoat majmuasi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida kop tarmoqli sanoat majmuasi NCG ENGINEERING Boyovut kompaniyasi poydevoriga ramziy tamal toshi qoyildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish, faol investitsiya siyosati yuritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani takidlandi.

Prezidentimizning 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasiga tashrifi chogida ozaro hamkorlik masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliya-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilingan edi. Tashrif doirasida tashkil etilgan Ozbekiston Janubiy Koreya biznes forumi koreyalik ishbilarmonlarning yurtimizga bolgan qiziqishini yanada oshirdi.

Janubiy Koreyaning KOR NCG ENGINEYERING SO., Ltd. kompaniyasi Boyovut tumanida togridan-togri investitsiya kiritish orqali keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat zonasi tashkil qilish va ishchi-xodimlar uchun aholi turar joy punkti barpo etishni maqsad qilgan.

Ushbu loyiha 2018-2023 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deydi Boyovut tuman hokimi O.Ashurmatov. Tashkil etiladigan kop tarmoqli sanoat majmuasida qiymati 300 million AQSH dollari miqdoridagi sarmoya evaziga 100 dan ziyod ishlab chiqarish korxonasi ishga tushiriladi. Bu esa 10 mingdan ortiq ish orni yaratish imkonini beradi.

Kop tarmoqli sanoat majmuasi poydevoriga ramziy tamal toshi qoyish tadbirida milliy ananamizga kora, doshqozonda osh damlanib, dasturxon yozildi. Sanatkorlarning kuy-qoshiqlari yigilganlarga bayramona kayfiyat bagishladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018