ПОСОЛЬСТВО РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН В КЫРГЫЗСКОЙ РЕСПУБЛИКЕ

ПОСОЛЬСТВО РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
В КЫРГЫЗСКОЙ РЕСПУБЛИКЕ

Амир Тимур
      В  УЗБЕКИСТАНЕ  2018  ГОД  ОБЪЯВЛЕН  ГОДОМ  ПОДДЕРЖКИ АКТИВНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА,   ИННОВАЦИОННЫХ ИДЕЙ И ТЕХНОЛОГИЙ                         НЕЗАВИСИМОСТИ  УЗБЕКИСТАНА  –  27  ЛЕТ                            УЗБЕКИСТАН  –  СТРАНА  ОГРОМНЫХ  ЭКОНОМИЧЕСКИХ  И  ИНВЕСТИЦИОННЫХ  ВОЗМОЖНОСТЕЙ 

 

Главная

Узбекистан

Президент

Внешняя политика

Экономика

Законодательство

Туризм

Посольство

Yangiliklar

Новости

News

Мультимедиа

Консульские вопросы

Виза в Узбекистан

Контакты






































 

GISMETEO: Погода по г.Ташкент
GISMETEO: Погода по г.Бишкек

 

 Y a n g i l i k l a r

O'zbekistonda gripp tarqalishiga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi

 

 

Joriy yil 1-avgustga qadar muddatda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda gripp va boshqa o'tkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo'yish, davolash bo'yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish, ilg'or xorijiy ilmiy ishlanmalarni va yangi yuqori samarali vositalarni joriy etish tajribasini o'rganish, keyinchalik innovatsion ishlanmalar natijalarini sog'liqni saqlash amaliyotiga joriy etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi kutilmoqda. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan hujjatda shunday deyiladi. 

Shuningdek, 1 sentabrga qadar muddatda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining o'quv dasturini takomillashtirish choralari, jumladan o'quv jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, gripp va boshqa o'tkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo'yish va davolash chuqur o'rganilishi amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. 

Hujjat bilan 2019 yil 1 martga qadar muddatda 2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida gripp va boshqa o'tkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlar dasturining loyihasi ishlab chiq​ilishi ma`lum qilinmoqda. 

Ma`lum bo'lishicha,  Sog'liqni saqlash vazirligining gripp va boshqa o'tkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo'yish va davolash sohasidagi ishlari qoniqarsiz, deb topil​gan. Shunga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi hamda boshqa mas`ul idoralarning gripp va boshqa o'tkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish bo'yicha asosiy vazifalari​ qayta belgilab berilgan:

- umumjahon va mintaqaviy sanitar-epidemiologik holatning doimiy tahlili hamda monitoringini olib borish, mamlakatda gripp va boshqa o'tkir respirator infeksiyalarning tarqalishi tendensiyalari hamda keng tarqalishi mumkin bo'lgan holatlarni prognoz qilish; 

- gripp va boshqa o'tkir respirator infeksiyalar muammolari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazish hamda ularni muvofiqlashtirish, vaksinalar, virusga qarshi vositalar va himoya vositalarining, ushbu kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo'yish hamda davolashning innovatsion usullarini ishlab chiqish va joriy etish; 

- sog'liqni saqlash muassasalari va aholini zarur hajmda dolzarb vaksinalar, virusga qarshi vositalar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan o'z vaqtida ta`minlash va ularning zaxirasini shakllantirish; 

- gripp va boshqa o'tkir respirator infeksiyalarning kompleks profilaktikasini, birinchi navbatda, yuqtirish va og'ir oqibatlarga chalinish xavfi yuqori bo'lgan aholi toifasining umumiy vaksinatsiyasini tashkil etish orqali amalga oshirish; 

- keng tarqalishi mumkin bo'lgan gripp va boshqa o'tkir respirator infeksiyalarning ilk epidemiologik belgilarini aniqlash va kelgusida aholi o'rtasida kasallanishni kamaytirish uchun kompleks shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish.

 

Manba: Kun.uz

 

 

События и даты

 

Независимости Узбекистана 27 лет


2018 год объявлен в Узбекистане Годом поддержки предпринимательства, инновационных идей и технологий




Проблемы Аральского моря


Всемирное культурное наследие «Мерос»


Туризм


Общество


Экономика


Культура


Спорт


Фотогалерея


На главную страницу

 

© www.uzbekistan.kg  2018

На верх