2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston: Ixtiralarni tijoratlashtirishdan barcha birdek manfaatdor

Biz dunyo tamadduniga ulkan hissa qoshgan Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugbek, Al-Xorazmiy kabi buyuk allomalar avlodimiz. Ularning ixtirolarini butun dunyo tan olgan, hatto hozirgi kunda ham ulardan keng foydalanib kelinadi.

Bugungi kunda ham ana shunday ulug allomalarimiz izdoshlari tomonidan koplab ixtirolar kashf etilayotir. Joriy yil yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollabquvvatlash yili deb elon qilinishida ham ana shunday ezgu maqsad mujassam. Ilmiy ishlanmalar, innovatsion goyalarni ishlab chiqarishga joriy etib, taraqqiyotga erishish asosiy ustuvor vazifa qilib olindi.

Lekin bu borada olib borilayotgan say-harakatlar kutilgan samarani beryaptimi? Afsuski, yoq. Xosh. nega? Buning sabablari nimada korinadi?

Raqamlar ushbu savollarga oydinlik kiritadi: 2014 2018 yillar davomida mamlakatimizda Davlat budjetidan ilmiyamaliy, innovatsion goyalar va ishlanmalarni moliyalashtirish uchun 800 mlrd. som mablag ajratilgan (OR MB kursi 19.07.2018 da, 1$= 7787.81 som). Natijada 700 dan ortiq ixtirolar patentlangan.

Tan olish kerak, ushbu ixtirolarni sotish, ulardan daromad olish masalalariga yetarlicha etibor qaratilmadi. Otgan 5 yil davomida atigi 18 ta ixtiro tijoratlashtirilgan. Bu umumiy hisobda, boryogi, 5 foizni tashkil qiladi, xolos.

Hal qilinishi va etibor qaratilishi lozim bolgan ana shunday masalalar sabab davlatimiz rahbarining Ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish boyicha qoshimcha choratadbirlar togrisidagi qarori qabul qilindi. Hujjatda ilmiyamaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni ishlab chiqarishga jadal joriy etish, ilmiy hamda ilmiytexnikaviy faoliyatning istiqbolli yutuqlarini ilgari surish, buning uchun yangicha tizimni tatbiq etish vazifalari ustuvor qilib olingan.

Darhaqiqat, fan, talim, amaliyot va ishlab chiqarishni birbiridan ajratib bolmaydi. Shunday tadrijiy va yaxlit tizimda ishlangandagina biror natijaga erishish mumkin. Ilmni, ixtirolarni tijoratlashtirishdan esa olimlar, ilmiytadqiqot institutlari, oliy talim dargohlari, ishlab chiqarish korxonalari, umuman, davlat hamda jamiyat ham birdek manfaatdor.

Dunyoda onta yirik farmatsevtika kompaniyasi daromadining 10 20 foizigacha bopgan miqdorini fanni rivojlantirishga yonaltirar ekan, deydi Osimlik moddalari kimyosi instituti direktori Shomansur Sadullayev. Olimlar oldiga birorbir dorini yaratish vazifasi qoyiladi va shu asosda kompaniya katta daromad topadi. Bundan korish mumkinki, ilmiyamaliy, innovatsion goya va ishlanmalar tayyorlansa, ular ishlab chiqarishda qoplanilsa, bizda ham xuddi shunday natija bolishi aniq. Qarorning mohiyati ham shunda.

Kim ham oz goyasini, ixtirosini sotib, undan pul ishlashni xohlamaydi, deysiz? Yurtimizda ishlanmalar, ixtirolardan daromad olishning hadisini olgan ilmiytadqiqot muassasalari, olimlar ham yoq emas. Mamlakatimizda ana shunday istiqbolli ixtirolarga ega ilmiytadqiqot muassasalari talaygina bolsada, biroq shu paytgacha ularning mehnat mahsulini ishlab chiqarishga joriy etish ishlari tizimli yopga qoyilmagan edi.

Shu bois ham qarorga kora, vazirliklar va idoralar tomonidan shartnoma asosida sotib olinadigan tijoratlashtirishga moljallangan eng ilgor ishlanmalar royxati tasdiqlanmokda. Unga asosan, 15 ta ilmiy muassasaning 43 ta ishlanmasini tijoratlashtirish ishlari boshlanadi.

Shu paytgacha ilm ahli biror ixtirosini ozi yaratardi, uni qollash harakatini qilardi, tijoratlashtirishni ham ozi oylar edi, deydi Bioorganik kimyo instituti direktori orinbosari Abbosxon Torayev. Qarorga binoan, olimlar ilm bilan shugullanishi, yaratilgan ishlanmalarni tijoratlashtirishga tegishli vazirlik va idoralar, soha xodimlari masul qilib belgilandi. Bu ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizdagi ilmiy muassasalarda ishlab chiqarishda qollab, yaxshigina daromad korish mumkin bopgan ixtirolar talaygina. Jumladan, qaror ilovasiga kiritilgan 43 ta ishlanmaning 4 tasi Ilgor texnologiyalar markazi olimlari tomonidan yaratilgan. Markaz olimlari tomonidan oltin konlarida foydalaniladigan faollashtirilgan komir olish texnologiyasiga patent olingan.

Shuningdek, endilikda Davlat budjetidan ilmfan moddasi boyicha ajratilayotgan mablaglarni yonaltirishda ham yangiliklar boladi. Yani shu yonalishga beriladigan mablaglarning 20 foizi 40 mlrd. som davlatxususiy ilmiy klasterlarini yaratishga, ilmiytexnikaviy tadqiqotlarning mamlakat iqtisodiyoti sohalari va mintaqalari ehtiyojlariga moslashtirilishiga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga, ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishga, ekspertizalar otkazishga, budjet mablaglari oluvchilari faoliyatiga tegishli maslahatchilar hamrohlik qilishiga, xalqaro standartlarga muvofiq biznesrejalarini tayyorlash uchun grantlar ajratishga yonaltiriladi.

Qarorda ilmiy izlanishlar olib borayotgan va muayyan natijalarga erishgan olimlarni moddiy qollabquvvatlash masalasiga ham jiddiy etibor qaratilgan. Xususan, 2018 yil 1 oktyabrdan patentlashtirilgan intellektual mulk obektlari mualliflariga eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida, ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan mualliflar va ilmiy jamoaga 40 hamda 30 foizi doirasida bir martalik mukofotlar ham beriladi.

Qarorga asosan, ilmiy muassasalar tomonidan yaratilgan ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat natijalari, fundamental tadqiqotlar natijalari belgilangan tartibda royxatdan otkazilganidan song majburiy ravishda tijoratlashtirilishi belgilab qoyildi.

Tanganing ikki tarafi bor, deyilganidek vaqtida tijoratlashtirish ishlarini yolga qoymagan masullarga oylik daromadining 30 foizi miqdorida jarima qollash tartibi ham kozda tutilgan. Shu bilan birga, muassasalar ilmiy kengashlariga ishlab chiqarish siri (nouxau) yoki tijorat siri rejimida ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlarining intellektual natijalarini qoriqlash togrisida qaror qabul qilish vakolati ham berilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi esa yangi ixtirolar va ishlanmalar haqidagi malumotlarni Innovatsiyalarning virtual yarmarkasi interfaol internetportalida elon qilib boradi.

Xullas, endilikda olimlarimizning yutuqlariga mahliyo bolib otirishi emas, balki ulardan unumli foydalanib, moddiy daromad olib, ilmfanni yanada rivojlantirish vaqti keldi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018