2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Iqtisodiyotda hisob-kitoblar holatini yaxshilash barqarorlik omili

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-aprel kuni iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitob tizimini takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni kamaytirish boyicha korilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bagishlangan yigilish otkazildi.

Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarida nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tolov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yonalishdagi chora-tadbirlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, tolov intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2017-yil 29-maydagi Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda istemol qilish sohasida tolov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoniga muvofiq, bu borada yangi tizim yaratildi. Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. Bu sohada toplanib qolgan jiddiy kamchilik va muammolarni bartaraf etish borasida muhim qadam boldi.

Yigilishda davlatimiz rahbari uzoq yillardan beri hisob-kitob tizimiga etibor qaratilmay kelingani, iqtisodiyot tarmoqlarida pul oqimlari samarasiz boshqarilgani va nomutanosib taqsimlangani oqibatida qarzdorlik holatlari kopayib ketganini takidladi.

Buni bartaraf etish boyicha songgi vaqtlarda qator choralar korildi. Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida Ozbekneftgaz va Ozbekenergo aksiyadorlik jamiyatlarining umidsiz debitor qarzlari hisobdan chiqarildi. Ozagrokimyohimoya aksiyadorlik jamiyatining kreditor qarzdorliklari byudjet ssudalari orqali kamaytirildi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini yoqilgi-moylash mahsulotlari bilan uzluksiz taminlash uchun neftni qayta ishlash korxonalarini moliyaviy soglomlashtirish maqsadida salmoqli mablaglar ajratildi.

Soliqlarni taqsimlash tizimi qayta korib chiqilishi orqali neftni qayta ishlash korxonalari ixtiyorida yiliga 670 milliard som (OR MB kursi 18.04.2018 da, 1$= 8077,26 som), elektr stansiyalari hisobida 100 milliard som mablag qoldirildi.

Fermer xojaliklari bir necha marta tugatilishi va qayta tashkil etilishi hisobiga tijorat banklari yoqotgan likvidlikni qoplash uchun mablag yonaltirildi.

Monopol korxonalarning yuqori likvidli 27 turdagi mahsulotlarini faqat elektron birja savdosi orqali ichki bozorga sotish mexanizmlari yolga qoyildi, davlat tomonidan ularning narxini deklaratsiya qilish tartibi bekor qilindi.

Biroq, shunga qaramasdan, joriy yil 1-mart holatiga kora, iqtisodiyot tarmoqlarida jami debitor va kreditor qarzdorlik otgan yilga nisbatan mos ravishda 16 foiz va 13 foizga oshgan. Muddati otgan debitor qarzdorlik yil boshiga nisbatan 60 foizga kamayishiga erishilgan bolsa-da, otgan yilgi qarzdorlikdan 2,7 barobar kop.

Jami debitor qarzdorlikning salmoqli qismi yoqilgi-energetika kompleksiga togri kelmoqda. Ushbu sohadagi debitor qarzdorlik yil boshiga nisbatan 16 foizga oshgani kuzatilgan. Mashinasozlik va paxtani qayta ishlash kompleksida 13,7 foizga, qurilish va transport masalalari kompleksida 20 foizga oshgan.

Birgina Ozbekneftgaz va Oztransgaz aksiyadorlik jamiyatlari tizimida muddati otgan debitor qarzdorlik 460 milliard somga yetgan. Ozbekenergo aksiyadorlik jamiyatida 341 milliard somlik muddati otgan qarzdorlik hosil bolgan. Ozavtosanoat, Ozbekiston temir yollari, Ozkimyosanoat aksiyadorlik jamiyatlarida ham debitor qarzdorlik yuqoriligicha qolmoqda.

Biror tashkilotga rahbar tayinlandimi, u ishni hisob-qitob tizimini tartibga solishdan boshlashi kerak. Bizda esa aksincha, texnik-iqtisodiy tomoni bilan shugullanishga kirishadi. Iqtisodiyotda qarzdorliklarni kamaytirish boyicha tizimni ozgartirish davri keldi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari fermer xojaliklarining soliq borasidagi qarzdorligini ham kamaytirish zarurligiga etibor qaratdi. Chunki mashina-traktor parklari tomonidan korsatilgan xizmatlar uchun tolovlarni amalga oshirishning joriy mexanizmi tasirida fermer xojaliklarining Ozagroservis aksiyadorlik jamiyati oldidagi qarzdorligi oshib bormoqda.

Soliq va kadastr idoralari ortasida ozaro hamkorlik samarali yolga qoyilmagani oqibatida soliq idoralari bazasida 212 ming gektar yerga ega 3 ming 247 fermer xojaligi haqidagi malumot mavjud emas, kadastr idoralarida royxatga olingan 405 ming 508 turar va noturar joy obyekti soliq idoralarida hisobga olinmagan. Buning oqibatida byudjetga yagona yer soligi boyicha 1,8 milliard som tushmasdan qolgan.

Hozirgi kunga qadar 1 million 100 mingdan ortiq turar joylarning kadastr hujjatlari mavjud emas va bu obyektlar soliq bazasida hisobga olinmasdan kelmoqda.

Joriy yil 1-aprel holatiga kora, byudjetdan tashqari maqsadli jamgarmalardan soliq qarzdorligi ham yuqori.

Oz navbatida, 2015-2017 yillarda korxonalarga soliq imtiyozlari asossiz taqdim qilingani natijasida byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamgarmalarga 49,2 milliard som undirilmagan. Bundan tashqari, bojxona omborlarida 90,5 million dollarlik tovarlar 3 yildan ortiq muddat davomida saqlab kelinmoqda.

Iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning aniq hisobi hanuzgacha mavjud emasligi, davlat idoralari ortasida elektron hamkorlik va malumot almashuvi yolga qoyilmagani, soliq, bojxona nazorati tizimi yetarlicha tartibga solinmagani, qarzdorlikni undirish tizimi samarasizligi, mazkur sohada ornatilgan javobgarlik choralari mansabdor shaxslar va fuqarolarning tolov intizomiga sozsiz rioya etish borasidagi masuliyatini oshirish uchun yetarli emasligi ushbu qarzdorliklar kelib chiqishining asl sabablari hisoblanadi.

Yigilishda Prezidentimiz Bosh vazir orinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni qisqartirish, tuman, viloyat va respublika darajasida soliq organlari, banklar, xizmat korsatuvchi va boshqa idoralar ortasida har oy yakuni boyicha ozaro qarzdorlik holatini solishtirib borish tizimini joriy etish, solishtirmalar asosida qarzdorlik ahvolini Vazirlar Mahkamasi komplekslarida har oyda jiddiy muhokama qilish, davlat idoralari ortasida elektron hamkorlik va malumot almashuvini yolga qoyish borasidagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018