2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Aziz Abduhakimov: Sayyohlarga xush kayfiyat ulashish asosiy vazifamizdir

 

Bundan uch oy ilgari davlatimiz rahbari tomonidan turizmni rivojlantirishga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilingan edi. Shundan beri xorijlik sayyohlarni mamlakatimizga jalb etish uchun qanday ishlar amalga oshirildi? Ularning soni ortdimi? Shu haqda muxbirimiz Turizmni rivojlantirish Davlat qomitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan suhbatlashdi.

Loyihani amalga oshirishning ilk uch oyida qanday natijalarga erishildi?

Ozingizga yaxshi malumki, Isroil, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolariga Ozbekiston hududida 30 kunlik vizasiz tartib ornatildi, 39 ta davlat fuqarolariga esa turistik vizalarni berish tartibi soddalashtirildi. Bu ishlarning barchasi mamlakatimizda sayyohlar oqimining kopayishiga olib keladi.

Aksariyat jurnalistlar mendan boshqa mamlakatlar uchun ham vizasiz tartib soddalashtiriladimi, deb kop sorashadi. Biroq bu masalani hal etishda nafaqat Tashqi ishlar vazirligi va huquq-tartibot idoralari ishtirok etishi, balki turistik infrostrukturani rivojlantirish sohasidagi boshqa muhim masalalarni hal etish ham talab etiladi.

Mazkur masalani hal etish hukumat qarorlarida ham kozda tutilgan. Ammo otelerlar, restoratorlar, tematik va dam olish parklari quruvchilari uchun berilgan soliq imtiyozlaridan bunday qisqa muddatda natija kutish mumkin emas. Bu yonalishda bajarilgan ishlar bir necha yillardan keyin oz samarasini korsatadi.

1 iyuldan boshlab, elektron vizalar tartibining ishga tushishi ham mamlakatimizga keladigan sayyohlar sonining oshishiga xizmat qiladi. Soddalik va qulaylik xorijiy mehmonlarni mamlakatimizga jalb etishning eng samarali usullaridan biridir. Ozimizning hamyurtlarimiz ham mamlakatimiz boylab faol sayohat qiladigan bolishdi. Ommaviy axborot vositalari yordamida ularning sayohatga bolgan qiziqishini orttirishga erishdik. Juda kopchilik sayohatga chiqish istagi borligini baralla elon qilmoqda. Sayohatning ham qiziqarli, ham foydali yangidan-yangi shakllari yuzaga kelmoqda.

Anjumanlar, oquv seminarlari otkazilishi kozda tutilgan joylarga jamoa bilan birga borilganda, mazkur shaharning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar uyushtirilmoqda, kongilli hordiq chiqarish tashkil etilmoqda.

Sayohat qilishni istagan ozbekistonliklar, yuridik shaxslar uchun sayohatni tashkil etgan tashkilotlarga taqdim etilgan soliq imtiyozlari tez orada oz samarasini korsatadi, deb hisoblayman. Mamlakatimiz boylab amalga oshiriladigan turistik sayohatlarning tolovidan soliq olinmaydi.

Yaqinda axborot saytlaridan birida Davlat turizm qomitasi ozining ikki tomonlama statistikasini yuritishni boshlaganligini oqidim. Bu gap qanchalik togri? Agar rostdan shunday bolsa, nima uchun bunday yol tutilmoqda?

Bu haqiqatan ham shunday. Uzoq yillardan beri statistik hisobni Xalqaro turistik tashkilotning metodologiya va tavsiyasi asosida yuritib kelmoqdamiz. Bu degani mamlakatimizga tashrif buyurgan har bir xorijlik fuqaro turist deb hisoblanadi. Har yili mamlakatimizga ikki milliondan ortiq odam tashrif buyuradi. Ularning kopchiligi yaqinlari, qarindoshlarinikiga kelishadi. Kelib mehmonxonada yashovchilarni hisoblaydigan bolsak, yiliga 200 mingdan ortiq odam restoranlarda ovqatlanadi. Bu esa biz kabi turistik mamuriyatlar mehmonlar uchun mamlakatimizda yana qanday qulayliklarni yaratish lozimligi haqida yana bir karra tasavvurga ega bolishimiz kerakligini bildiradi.

Turistik oqimni kuchaytirish chora-tadbirlari natijasida Samarqand, Buxoro, Qarshi tez yurar poyezdlariga, mahalliy yonalishdagi aviareyslarga chipta olish qiyinlashib qoldi. Mehmonxonlarda ham vaziyat shunday, ularning 80 % mehmonlar bilan tolgan.

Shuning uchun hozirda mehmonxona va restoranlar ehtiyojini aniq va ravshan korsatib beruvchi Xalqaro turistik tashkilot metodologiyasi asosida mazkur xizmatni rivojlantirish boyicha oz shaxsiy hisobimizni yuritmoqdamiz.

Demak mamlakatimiz turistlarni qabul qilish boyicha songgi nuqtaga yetib keldi. Kelajak qanday boladi? Axir bitta mehmonxona qurish bilan barcha muammolar hal bolmaydi-ku?

Mehmonxonalar tarmogi, umumiy ovqatlanish nuqtalari va boshqa turistik infrastruktura obektlarini rivojlantirish bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biri bolib qolmoqda. Turli mijozlar ehtiyojidan kelib chiqib, turli darajadagi muassasalar barpo etishimiz lozim. Bizga jahon standartlariga mos bolgan mehmonxonalar zarur. Bunday inshootlarni yaratish uchun xorijiy investorlarni jalb etishimiz kerak.

Ayni kunlarda bu masala yuzasidan qoshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Qisman, mehmonxona qurish uchun xususiy yer maydonlarini berish rejalashtirilmoqda. Sayohat maroqli va qiziqarli bolishi uchun motellarni, mehmonxonalarni, xostellarni kopaytirish lozim.

Turistik oqim kam joylarda ularni barpo etish ortga surib bolmaydigan ishdir. Biz narx-navo siyosati haqida bosh qotirishimiz kerak. Shu orinda Yoshlar ittifoqining kollejlarning sobiq yotoqxona binolarini xostel sifatida qayta jihozlashganini misol keltirish mumkin. Ilk variantlar juda zor chiqdi! Bu yoshlar tomonidan tashkil etilgan talabgir budjet variantidir.

Bugungi kunda Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaharlar nafaqat chet elliklarning, balki ozbekistonliklarning ham diqqatini oziga jalb etmoqda. Ular eng mashhur turistik brendlar hisoblanadi.

Xorijlik mehmonlar sonining ortishi hisobga olingan holda oteler va restoratorlar xizmatining narxi ham oshadi. Tadbirkorlarmizda turistik infrastrukturani rivojlantirish vositalari paydo boladi.

Biroq bunday narx-navo siyosati ozbekistonliklarning turistik faolligini toxtatib qoyadi. Buning oldini olish, chet ellik fuqarolarning ommaviy ravishda tashrif buyurishi ortganda hamyurtlarimizning erkin sayohat qilishlari uchun ularga imkoniyat yaratib berishimizga togri keladi. Bizda bunday imkoniyatlar mavjud Qoraqalpogiston respublikasi, Fargona vodiysi, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy viloyatlarida turistik infrastruktura tez suratlar bilan rivojlanmoqda.

Bu yonalishlarni rivojlantirish turistlarning sayohatga bolgan qiziqishini orttiradi. Buxoro, Samarqand va Xivaga qilingan sayohat orqali kop bora quloqqa chalingan narsalarni oz kozi bilan korish imkonini beradi. Sayohat vaqtida tushgan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish esa har qanday reklamadan ham zor natija beradi. Shu bilan birga Buxoro, Samarqand va Xiva hamyurtlarimiz uchun narx-navosi togri keladigan turistik shaharlar bolishi lozim. Chet ellik turistlar kamayadigan mavsumda yurtdoshlarimiz uchun maxsus mehmonxona va restoranlar narxini arzonlashtirish imkoniyati paydo boladi.

Siz ijtimoiy tarmoqlardagi fikr-mulohazalarni kuzatib borasizmi? Ular orasida koplab negativ holatlar haqidagi izohlarni oqish mumkin, ularning soni tobora ortib bormoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni nafaqat men, balki qomitamizning barcha jamoa azolari kuzatib borishadi. Fikr-mulohazalar muammolar kopligini korsatmoqda, biz esa ularni hal etishga harakat qilmoqdamiz.

Professional, yuqori darajali gidlarning yetishmasligi eng dolzarb muammolardan biridir. Ularni oliy talim muassasasida tarbiyalash juda qiyin, buning uchun odamda tugma iqtidor bolishi kerak. Ular nafaqat tarjimon, balki kuchli psixolog bolib, turistning nima demoqchi ekanligini yaxshi anglashi talab etiladi. Psixologiyadan tashqari, tarixdan yaxshi xabardor bolishi kerak. Ming afsuslar bolsinkim, mazkur soha vakillarining aksariyat qismi bu talablarga javob bermaydi, bu esa sayohatchilarda noxush taassurot uygotadi.

Bu muammoni hal etishning asosiy yoli axborot-kommunikatsiya texnologiyasi boldi. Bugungi kunda bu borada QR texgologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Tarixiy yodgorliklarga maxsus taxatachalar ornatildi. Smartfon yordamida yodgorlik haqida taxtachaga yozilgan barcha malumotlarni oqish mumkin. Hozirda IT kompaniyalari bilan audio va video gidlarni yaratish boyicha amaliy ish olib bormoqdamiz.

Bazi bir izohlarni oqiganimda, xayolimga Xalqimizga xos bolgan mehmondostlik qayoqqa yoqolib boryapti? degan oy keladi. Nima uchun oramizda hali ham yodgorliklar oldida navbat kutishni istamay, mehmonlarga qopol munosabatda bolayotgan odamlarni uchratish mumkin? Keling, chet ellik sayohlarda Ozbekiston haqida yaxshi xotiralar qolishiga erishaylik. Axir mehmondostlik, bagrikenglik qon-qonimizga singib ketgan ming asrlik anana-ku! Xorijlik sayyohlarga uyimizga kelgan mehmon kabi munosabatda bolaylik.

Biz xontaxta jurnalistikasi kabi yana bir muammoga duch keldik. Juda koplab noprofessional maqolalar chop etilmoqda, yozilmoqda. Biz tanqid tarafdorimiz, tanqid bolmasa, rivojlanish bolmaydi, biroq mavzu haqida yetarli tushunchaga ega bolmagan jurnalistlar bu haqda fikr yuritishmoqda. Bu esa sohaning rivojlanishiga tosqinlik qiladi. Songgi vaqtlarda registratsiya masalasi dolzarb mavzuga aylandi.

Turistlar uchun registratsiyani bekor qilish haqida chaqiriqlar paydo boldi. Ortoqlar, biror nimani gapirishdan oldin oylab koring! Agar shunday yol tutsak, xavfsizligimiz qanday taminlanadi? Biz ham registratsiyani soddalashtirish, mehmonlar uchun ortiqcha tashvish keltirmaslik tarafdorimiz. Hozirgi vaqtda huquq-tartibot idoralari bilan mazkur masalani hal etish yuzasidan hamkorlikda ish olib bormoqdamiz.

Aksariyat jurnalistlarning maqolasida bugungi kun mavzusi yoq, ular siyqasi chiqib ketgan naqorotlarni takrorlashmoqda. Bu esa oz navbatida mamlakatimiz turistik xizmati bozori jozibadorligining oshishiga salbiy tasir korsatadi. Vaziyatni ijobiy tomonga ozgartirish maqsadida jurnalistlarning obektiv materiallar tayyorlashini qollab-quvvatlash uchun tahririyatlarning xizmat safarlarini moliyalashtirmoqdamiz.

Siz tadbirkorlar diqqatini nimaga koproq qaratgan bolardingiz? Ular turizmni rivojlantirishning qaysi yonalishiga oz hissalarini qoshishlari mumkin?

Yuqorida aytib otilgan barcha sohalarga oz hissalarini qoshishlari mumkin. Asosan turistik xizmat va infrastrukturani rivojlantirish lozim. Hozircha men biror yonalish nomini aniq aytolmayman. Mehmonxona va restoranlardan tashqari sayohatchilarni zeriktirmasligimiz kerak. Bu yerda ijodiy jamoalar, aktyorlar va xonandalar faoliyatidan unumli foydalanish zarur.

Bundan tashqari suvenir mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bogliq muammolarimiz ham mavjud. Turistlar oz yurtlariga ananaviy pichoqlar, mato va sopoldan boshqa hech nima olib ketishmayapti. Turistik infrastruktura rivojlangan boshqa davlatlarga etibor bering, ularning urf-odatlari, ananalariga bogliq bolmagan qanchadan-qancha, xilma-xil suvenirlari bor. Esdalik sovgalari sayyohga ozi dam olgan joyning bir bolagini olib ketish imkoniyatini hadya etadi. Bizda esa aynan shu mahsulot tanqis. Hurmatli tadbirkorlar, aynan shu muammoga etibor qaratishingizni istayman, bu borada imtiyozlar allaqachon taqdim etilgan.

Shoping-turizmni rivojlantirish kerak. Bu nafaqat suvenir va zamonaviy buyumlar savdosi, balki yangi brendlarni yaratish masalasini hal etish demakdir. Biz chiroyli zargarlik buyumlarini taqdim etish imkoniga egamiz, zamonaviy liboslar, aksessuarlar yaratishimiz lozim, bu yerda tadbirkorlarga oz fantaziyalari qol keladi.

Ozbekiston haqidagi bosma nashrlar yetishmaydi. Mavjudlarida esa sayyohlar uchun mavjud bolgan imkoniyatlar oz aksini topmagan.

Bir paytlar milliy va hududiy brendlarni yaratish togrisida kop gapirilgan edi. Negadir songgi paytlarda bu haqda hech qanday gap-soz yoq. Axir bu Xalqaro turizm bozorida mamlakatni tanitishning eng qulay imkoni emasmi?

Shuni takidlashim joizki, brend qisqa fursatlarda yaratilmaydi. Bu yonalishda bir qancha hududlarimizda brend yaratishga urinishlar boldi. Ammo ular muvaffaqiyatli yakun topmadi. Ayni paytda brendlarni yaratish ustida olib borayotgan ishlarimiz mamlakatimizni Xalqaro turizm bozorida tanitishga, nufuzini oshirishga qaratilgan.

Bugungi kunda Ozbekiston chet ellarda eng xavfsiz turistik yonalishlardan biri sifatida nom qozongan. Biz bundan unumli foydalanishimiz lozim. Dunyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan mehmonlarimiz soni oshaversin, ular oz yurtlariga mamlakatimiz haqidagi iliq xotiralar bilan qaytishsin. Biz xorijlik turistlarga xush kayfiyat ulasha olsakgina kozlagan maqsadimizga erishamiz!

 

 

Manba: ut.uz

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018