2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Farmatsevtika korxonasida yangi sex

Namangan shahridagi Kamol Med Farm masʻuliyati cheklangan jamiyatida yangi ishlab chiqarish sexi ish boshladi. Bu mustaqilligimizning 27 yilligiga munosib tuhfa boʻldi.

Kamol Med Farm korxonasida tibbiyot spirti, kamfora, menovazin, yod, borat kislotasi, salitsil kislotasi kabi oʻnlab turdagi spirtli eritmalar ishlab chiqariladi. Joriy yilning 1 avgust holatiga 5 milliard 652 million soʻmlikdan ziyod yoki 11 million 115 ming qadoqdan koʻproq tibbiyot preparatlari ishlab chiqarilgan. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi oyiga oʻrtacha 350-380 million soʻmni tashkil etmokda.

Yangi ishga tushirilgan sexda Xitoyning Zhejiang Jiangnan Pharmaceutical Machinery Co.Ltd kompaniyasi texnologiyasi asosida yillik 17,8 million qadoq tabletka, 1,6 million qadoq tibbiyot kapsulasi, 4 million qadoq sasha-paket ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.

Hozirda korxonada omeprazol, siproflaksatsin, atsiklovir, sinepar, ambroksol, person, essenseale forte N, koldrem kabi oʻnlab turdagi tabletkalarning namuna partiyalari ishlab chiqarilib, farmokologiya roʻyxatidanoʻtkazish uchun topshirilgan. 2018 yilning toʻrtinchi choragidan boshlab kamfora moyi, 2019 yildan esa zaytun, achchiq bodom, sedana moylarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Korxona mahsulotlari shu yerning oʻzida SHIMADZU Europa GmbH kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, qiymati33,9 ming dollar boʻlgan uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy laboratoriyada sifat sinovidan oʻtkaziladi.

Prezidentimizning 2017 yil 7 noyabrdagi Farmatsevtika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmoni soha taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqdi, deydi korxona rahbari D.Xolmirzayev. Unda mahalliy dori vositalarining xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini izchil yoʻlga qoʻyish, aholi va sogʻliqni saqlash muassasalarini arzon hamda sifatli dori vositalari bilan taʻminlash koʻzda tutilgan. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida chet eldan olib kelinayotgan xomashyo va uskunalar boj toʻlovidan ozod etilgan. Bu esa faoliyatimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etayotir.

Bu imkoniyat va imtiyozlardan foydalangan holda joriy yilning toʻrtinchi choragidan boshlab 4 turdagi tabletka, 3 turdagi kapsula hamda ichish uchun granulalar hamda 4 turdagi biologik faol qoʻshimchalar, shu bilan birga Namangan viloyatining 2016-2019 yillarda sanoat potensialini rivojlantirish dasturiga asosan mazkur korxonada mahalliy dorivor oʻsimliklardan substansiyalar, inyeksion preparatlar, surtma (maz) va shamchalar (suppozitoriya) ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, korxona mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan boʻlib, ushbu dastur ijrosini taʻminlash maqsadida xorijdan tibbiyot paxtasi va dokani oqlash, boʻyash va tozalash uskunalari keltirilib ishga tushirildi, Bunga 1 million 140 ming dollardan ziyod sarmoya yoʻnaltirildi.

D.Xolmirzayevning soʻzlariga koʻra, 2019 yilda ishlab chiqarish hajmi 2018 yilga nisbatan 4-4,5 barobarga ortib, 32 qoʻshimcha ish oʻrni yaratiladi. Hozirda korxonada 60 nafarga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Bu yerda ishlab chiqarilgan dori-darmon mahsulotlari mamlakatimiz isteʻmol bozoriga yetkazib berilmoqda.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018