2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti AQSHga keldi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018-yil 15-may kuni ilk rasmiy tashrif bilan Vashingtonga keldi.

AQSH poytaxtidagi Endryus aeroportida Ozbekiston Respublikasi Prezidentini AQSH rasmiy vakillari kutib oldi.

Bolajak oliy darajadagi muloqotga ikki tomon ham katta etibor bilan qaramoqda. AQSH mamuriyati Ozbekiston Prezidenti tashrifini tarixiy voqea sifatida baholamoqda.

Tashrifning asosiy tadbirlari 16-17 may kunlariga belgilangan. 16-may kuni Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, song kengaytirilgan tarkibda bolib otadi.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda Ozbekiston AQSH hamkorligining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. Vashingtonda davlatimiz rahbari, shuningdek, AQSH Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar otkazadi.

Rasmiy tashrif yakunida ikki mamlakat Prezidentlari Ozbekiston va Amerika Qoshma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi deb nomlangan Qoshma bayonotni imzolashi, shuningdek, turli sohalarda ozaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan 40 dan ortiq hujjatlar toplami qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018