2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston va AQSh hamkorlikning yangi qirralarini belgilab oladi

 

15-17-may kunlari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoshma Shtatlariga rasmiy tashrifi kutilmoqda. Toshkentning Vashington bilan siyosiy muloqoti haqida nimalarni bilmoq lozim, ikki mamlakat yetakchilarining navbatdagi uchrashuvi qanday istiqbollarni ochadi ushbu maqola ana shu mavzuga bagishlangan.

Qoshma Shtatlar Ozbekiston mustaqilligini birinchilardan bolib tan olgan, 1992 yil 19 fevralda esa mamlakatlarimiz ortasida diplomatiya munosabatlari ornatilgan. Otgan davr mobaynida Ozbekiston Amerika munosabatlari ozining majmuaviyligi, uzoq muddatli va kop qirraligi bilan ajralib turdi. Siyosiy muloqot xalqaro huquqning umum etirof etilgan, ozaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan.

100 dan ziyod hujjatlardan iborat iborat bolgan etiborga molik shartnoma-huquq zamini kop qirrali hamkorlikni amaliy jihatdan hayotga tadbiq etishga komaklashmoqda. 2002 yilda imzolangan Ozbekiston Respublikasi va Amerika Qoshma Shtatlari ortasida Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari togrisidagi Deklaratsiya ikki tomonlama munosabatlarda belgilovchi orin tutmoqda.

Songgi ikki yil aloqalar faollashuvida misli korilmagan davr bolib qoldi. Ikki davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning ochiqlik, barcha yonalishlardagi aloqalarni kuchaytirish, ularni aniq-ravshan mazmun bilan toldirishni namoyon etgan siyosiy irodasi tufayli ozaro ishonchning yuqori  darajasiga erishildi.

Birgina 2017 yilning ozida Ozbekiston va AQSh yetakchilari ikki marotaba  - Ar-Riyod shahrida bolib otgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti hamda sentabr oyida Nyu-Yorkda bolib otgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida uchrashdilar. Shuningdek, davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirish yuzasidan qatiy intilishni  namoyon etganlari holda muhim ahamiyatga ega bolgan voqealar munosabati bilan telefon orqali muloqotda boldilar hamda ozaro tabriknomalar almashdilar.

Hamkorlikka tizimli mazmun bagishlash hamda erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan hayotga tadbiq etish maqsadida Ozbekistonda Qoshma Shtatlar bilan ozaro manfaat kasb etadigan barcha sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish boyicha keng qamrovli Yol xaritasi amalga oshirilmoqda.

Amerika hukumatining eng muhim idoralari vakillaridan iborat turli darajalardagi delegatsiyalar muntazam ravishda Ozbekistonga keladi. Har yili otkaziladigan siyosiy maslahatlashuvlar doirasida ozaro hamkorlik izchil hayotga tadbiq etilmoqda.  Bunday maslahatlashuvlar hamkorlikning dolzarb masalalari boyicha amaliy mexanizm bolib qoldi.

Ikki mamlakatning qonunchilik organlari ortasida ham  samarali aloqalar yolga qoyilgan. Masalan, otgan yili Ozbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasining Amerika Qoshma Shtatlariga tashrifi tashkil etildi, AQSh Kongressi Vakillar palatasining azosi Trent Kelli boshchiligidagi Amerika kongressmenlari guruhi respublikamizga keldi.

Ozbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan keng qamrovli islohotlar yana bir ozaro yaqinlashtiruvchi omillardan boldi. Amerika ijtimoiy-siyosiy doiralari mamlakatimizda olib borilayotgan ozgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib borishmoqda va qollab-quvvatlashmoqda. Vashingtonning bu boradagi nuqtai nazari turli minbarlardan bir necha marotaba bayon etildi. Shu orinda Davlat kotibi yordamchisining inson huquqlari, demokratiya va mehnat masalalari boyicha orinbosari Rendi Berri boshchiligidagi delegatsiya yaqinda respublikamizda bolib, islohotlarning borishi va ularning natijalari togrisidagi batafsil malumotlar bilan tanishganini eslatib otish ham maqsadga muvofiqdir.

Ekspertlarning qayd etishlaricha, Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan Ozbekiston kopgina sohalardagi ulkan salohiyati bilan Qoshma Shtatlarning mintaqadagi siyosatida obektiv ravishda ota muhim orin tutadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qoshni mamlakatlar bilan ozaro munosabatlarni ozgartirish boyicha tashlangan jiddiy qadamlar Vashingtonda katta qiziqish uygotdi. Amerika boshqaruv doiralari Markaziy Osiyoda mutlaqo boshqacha siyosiy muhitni shakllantirishga imkon bergan rasmiy Toshkentning yangi tashqi siyosiy yolini tola qollab-quvvatlashini bayon etdilar. 

Masalan, 2017-yil dekabrida davlatimiz rahbari va Prezident Donald Tramp ortasida bolib otgan telefon orqali muloqot chogida AQSh Prezidenti Ozbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qoshnilik munosabatlarini rivojlantirish va kooperatsiyani faollashtirishga qaratilgan, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan ochiq va konstruktiv tashqi siyosatini olqishladi.

Tomonlar 2015 yil noyabrida Markaziy Osiyoning besh davlati va AQSh tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining Samarqandda bolib otgan uchrashuvida asos solingan AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari (S5+1) formatidagi muloqotni qollab-quvvatlaydi. Hozirgi paytga qadar ushbu mexanizm doirasida allaqachon besh marotaba uchrashuv otkazildi, uning oxirgisi joriy yilning yanvarida Nyu-Yorkda bolib otdi. 

Vashingtonning Afgonistondagi hozirgi strategiyasi ham Amerika siyosatida Ozbekiston yonalishining ahamiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Afgonistonga xavf-xatar manbasi emas, balki uzoq muddatli va ozaro manfaatli mintaqaviy hamkorlik uchun imkoniyat sifatida qarayotgan Ozbekistonning yangi yondoshuvini Qoshma Shtatlarda olqishlashdi.

Shu boisdan ham Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuida Afgoniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini otkazish togrisidagi tashabbusi Oq uyda yakdillik bilan qollab-quvvatlangani ajablanarli emas. Prezident Donald Tramp mamlakatimiz rahbariga yollagan maktubida Ozbekiston Prezidentining mintaqaviy yondashuvga doir tashabbusini qollab-quvvatlashi, bu esa oz navbatida vaziyatni tinch muzokaralar yoli bilan hal qilish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiy, jumladan, Afgoniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirishini qayd etdi.

Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan say-harakatlaringiz katta muvaffaqiyatlar keltirdi. Otgan yili noyabr oyida Samarqandda bolib otgan konferensiya butun Markaziy Osiyo boylab istiqbolli hamkorlik muhitini yaratdi, dekabr oyidagi Prezident Ashraf Gani bilan uchrashuvingiz esa mustahkam hamkorlik va taraqqiyotga zamin hozirlab berdi, deyiladi AQSh mamuriyati rahbarining maktubida.

Toshkent forumida AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar boyicha orinbosari Tomas Shennon boshchiligidagi motabar delegatsiya ishtirok etdi. Davlat kotibi orinbosari oz chiqishida mazkur konferensiya oz vaqtida otkazilayotgani va bu tadbir dolzarb ahamiyatga ega ekanligini takidladi. Biroz keyinroq esa mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusida diplomat Kobuldagi muloqot Toshkentga kochdi va  xalqaro maqom kasb etdi, deya bayonot berdi.

Umuman olganda, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning Vashingtonda bolajak uchrashuvi Ozbekiston va Qoshma Shtatlarning yaqin yillarga moljallangan munosabatlaridagi ustuvorliklarni belgilash bilan birga ikki tomonlama hamda kun tartibidagi xalqaro hamiyatga molik masalalar yuzasidan soat millarini togrilab olish imkonini beradi. Ekspertlarning baho berishlaricha, ushbu tashrifning natijalari Ozbekiston Amerika strategik muloqotini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga imkoniyat yaratishi barobarida  ular har ikki mamlakat manfaatlariga hamda XXI asrning bugungi xalqaro munosabatlari realliklariga tola javob beradi. Shuningdek, bu vazifa yaqinda mamlakatimiz Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasining orta muddatli istiqbolda asosiy xorijiy sheriklar bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishdagi ustuvor yonalishlarga hamohangdir.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018